O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishni yozish uslubi



Download 23,09 Mb.
bet138/152
Sana20.07.2022
Hajmi23,09 Mb.
#828477
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152
Bog'liq
O\'ZB TARIX SIRTQI 3-KURS 2021 MAJMUA

4. Bitiruv malakaviy ishni yozish uslubi
Malakaviy ish qo’lyozma shaklida yoki kompyuterda bajarilishi mumkin. Kompyuterda tayyorlangan ishning umumiy hajmi 14 shriftda 1,5 intervalda 60-80 betdan iborat bo’lishi kerak. Malakaviy ishning hajmiy o’lchamlari va tarkibiy reja namunasi ilovalarda ko’rsatilgan.
Malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil ishini tashkil etish
qobiliyatiga bevosita bog’liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba kalendar grafik tuzishdan boshlaydi. Kalendar grafikda reja asosida boblar va paragraflar bajarilish ketma ketligi va muddatlari ko’rsatiladi (Ilova ). Kalendar grafikda talaba bajaradigan quyidagi ishlar aks ettirilishi lozim:
mavzu bo’yicha adabiyotlarni tanlash va tanishib chiqish;
malakaviy ishning dastlabki rejasini tuzish;
tanlab olingan adabiyotlarni chuqur o’rganish va yig’ilgan materiallarni qayta ishlash;
malakaviy ishning oxirgi variantdagi rejasini tuzish;
malakaviy ishni matnini yozish;
malakaviy ishni rasmiylashtirib dastlabki himoyaga olib chiqish.


Bitiruv malakaviy ishni bajarishning asosiy vazifalari

Malakaviy ishning qo’lyozma nusxasi tugatilgach, ilmiy rahbar ruxsati bilan kompyuterda teriladi.


Qo’lyozma matnini kompyuterga tushirish jarayonida ketma-ketlik buzilmasligiga jiddiy e’tibor berish kerak. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi. Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda xorij tilida kelgirilgan so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g’ri holda to’laligicha yozilishi kerak. Malakaviy ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular analitik va ish jadvallariga bo’linadi. Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib beruvchi umumiy xulosalar va sharxlarni talab etadi. Malakaviy ishda analitik materiallarning ko’p bo’lishi ma’lum darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharxlab berish, statistik ko’rsatkichlar tizmini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligani ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan hollarda jadvalning nomi albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning davomi» deb yozib qo’yilishi kerak. Malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak. Bobning nomidan keyin paragraf nomi yoziladi.
Malakaviy ish talabaning istagi bo’yicha o’zbek, rus va xorijiy tillarda yozilishi mumkin.
Betlarning tartib raqami varaqning yuqori o’ng tomoniga qo’yiladi.
Malakaviy ishning sar varag’i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi (Ilova ) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
malakaviy ish nomi 16 shriftda;
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 12 shriftda;
malakasi 12 shriftda;
kafedraning nomlanishi 12 shriftda;
ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh. Tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Malakaviy ishni Times New Roman shriftida bajarish maqsadga muvofikdir.
Malakaviy ish A4 shaklidagi qog’ozning chap tomonidan 2.5 sm, o’ngdan 1.5 sm, yuqori va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Tugallangan malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan taqriz beriladi (Ilova ).
Ba’zi materiallar malakaviy ishning oxirida ilova sifatida berilishi mumkin. Malakaviy ish tipografiya talablariga mos ravishda muqovalangan bo’lishi lozim.
Mavzuni bayon qilishda avvalambor bu mavzuni mohiyatini ochib berish, ikkinchidan qo’yiladigan masalalar va ularni yoritilishi bir biriga bog’liq holda bo’lishi lozim. Shu bois malakaviy ishga qo’yilgan asosiy talablardan biri tanlangan mavzuni chuqur va qamrovli bayon qilish, ko’rilayotgan savollarni uzviy bog’liqlikda yoritib berish. Malakaviy ishda ko’riladigan savollar uning maqsadini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning mavzusiga taaluqli bo’lmagan mant va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha paragrflarda g’oya birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda malakaviy ishning birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jixatlari yoritiladi. Unda talaba shu mavzuni nazariy jixatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari va shu soxadagi fikrlarini o’rganganligini, mazmuniy va mantiqiy jixatdan tadqiqot qilinayotgan mavzuga o’z fikrini bildira olishini ko’rsata olishi juda muhim sanaladi. Biror fikr yoki ta’riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular o’z asliga to’g’ri xolda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida (........) keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani yangi qirralarini ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Shu bilan birga agar o’rganilayotgan mavzu bo’yicha korxonaning ma’lumotlari tijorat siri bo’lib talaba berilmagan va shunga o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot bazasini o’zgartirish huquqiga ega.
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maksadga maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyixalash va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi kalendar grafigini nazorat qilish kafedra hamda dekanat tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik, ilm, injenerlik ishi, arxitektura va boshqa shunga o’xshash o’z hususiyatiga ega yo’nalishlarda bajariladigan malakaviy ishlar (loyixalar)ga, ularnig chizmalariga qo’yiladigan talablar tegishli o’quv uslubiy birlashmalar (assosiasiyalar) tomonidan belgilanadi.

Download 23,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish