Bitiruv malakaviy ishi t u shuntiri shxat I



Download 3,07 Mb.
bet1/21
Sana02.07.2022
Hajmi3,07 Mb.
#729464
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Bobokalonov Sh.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh VAZIRLIGI

TOShKENT ARXITEKTURA QURILISh INSTITUTI


BINO VA INShOOTLAR QURILIShI FAKULTETI


“QURILISh TEXNOLOGIYaSI VA UNI TAShKIL ETISh” KAFEDRASI


BITIRUV MALAKAVIY IShI


T U Sh U N T I R I Sh X A T I

Bitiruv malakaviy ishning mavzusi: “Jomboy tumanida quriladigan 7 qavatli 1-qavati jamoat binosi bo‘lgan 54 xonodonga mo‘ljallangan turar joy binosini loyihalash”.


Bitiruvchi __ – __ BIQo‘ guruh talabasi Bobokalonov Sh


Kafedra mudiri U.S. Axmadiyorov






MUNDARIJA







Kirish........................................ ........................................ ..............

5.

1.

ARXITEKTURA-QURILISh QISMI: ...........................................

12.

1.1.

Loyixalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar........................................

12.

1.2.

Bosh tarx...............................................................................................

12.

1.3.

Arxitekturaviy yechim..........................................................................

14.

1.4.

Qurilish konstruksiyalarini tavsifi.............................................

16.

2.

QURILISh JARAYoNLARI TEXNOLOGIYaSI QISMI: .........

20.

2.1.

Qurilish ishlab chiqarish usulini tanlash.....................................

21.

2.2.

G‘isht terish ishlari uchun texnologik xarita.................................

21.

2.3.

Ehtiyojga mos qurilish ashyolarini hisoblash...................................

23.

2.4.

Devorlarni g‘ishtdan qurish uchun qorishmalar...............................

37.

2.5.

Mehnat xarajatlari kalkulyatsiyasini tuzish.................................

40.

2.6.

Brigadada g‘isht teruvchilar sonini va bo‘linma uzunligini hisoblash................................................................................................

41.

2.7.

Ishlarni bajarish uchun mexanizmlarni tanlash.............................

50.

3.

QURILIShNI TAShKIL ETISh VA REJALAShTIRISh QISMI: ............ ............ ............ ............ ............ ............ ............ ....

58.

3.1.

Yig‘ma tuzilmalar jadvali................................. ..............................

58.

3.2.

Ishchilarning mehnat sarfi, mashina – smenalarga talablar hisobi va taqvimiy grafikning ko‘rsatkichlarini aniqlash jadvali. ..............................................................................................

60.

3.3.

Qurilish mashinalari va kichik mexanizmlarga ehtiyojni aniqlash. jadvali. ................................. ...........................................

74.

3.4.

Qurilish materiallari ,tuzulmalari va yarim tayyor maxsulotlariga bo‘lgan yextiyojini aniqlash jadvali. ............. .....

76.

3.5.

Qurilish bosh tarxini hisoblash.......................................................

83.

4.

MEHNATNI MUHOFAZA QILISh VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QISMI: …………………………………….….

99.

4.1.

“Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi”. ShNQ 2.01.02-04 talablari asosida odamlarni binodan evakuatsiya qilish ...….

99.

4.2.

Aholini liftlar yordamida evakuatsiya qilishning hisoblangan vaqti …...………...……...………...………...…...…....…...….

104.
.

5.

Xulosa……...………...………...……...…………...……...………

106.

6.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: ………...………......………

108.

Kirish
Qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, qurilishning barcha bosqichlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida:
Respublikamizda arxitektura va qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda uning turlarini kengaytirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «... milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ... iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ...» kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan, qurilish tarmog‘ini binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli material va konstruksiyalar bilan ta’minlash maqsadida mahalliy xom ashyodan foydalanib, energiya tejamkor loyihalash va qurish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi» Farmoni, 2016 yil 28 sentabrdagi va PQ-2615-son «2016-2020 yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi, 2016 yil bundan tashkari 21 oktabrdagi PQ-2639-son «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi.

2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son «2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida», 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ -2909-son qarori, 2017 yil 1 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2936 son qarori.


2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ -3151 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 maydagi “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu bitiruv malakaviy ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
O‘zbekistonda arxitektura va qurilish sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu sohaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbob-uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda eng ilg‘or texnologiyalar asosida mahalliy xom ashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar olinmoqda.
Bugungi kunda, respublikamiz Prezidentining oqilona siyosati natijasida ko‘plab chet el kompaniyalari O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muxitga qiziqish bildirib, O‘zbekiston arxitektura va qurilish, arzonlashtirilgan turar joylarni loyihalash va qurishni rivojlantirish uchun mablag‘ kiritmoqdalar.
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2028 yil 31 dekabrga qadar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda, shu jumladan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bosqichida keltirilgan xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga ruxsat etiladi: mahalliy loyiha-qidiruv tashkilotlarini jalb etgan va milliy normativ hujjatlarga nomutanosib bo‘lgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni ta’minlash bo‘yicha maxsus texnik shartlarni ishlab chiqqan holda, xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarining moslashtirilishi; zarur hollarda moslashtirilgan loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan jalb qilingan mustaqil xorijiy mutaxassislar va konsultantlar xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari, ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalaridan qat’iy nazar, buyurtmachi (investor) tomonidan qoplanishi;
b) 2020 yil 1 iyuldan: soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari (ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar) asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
v) 2020 yil 1 sentabrdan: soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari (ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari (qurilishi tugallangan ob’ektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi hamda boshqa mezonlar) asosida qurilish ishlari hajmlari va ob’ektlariga muvofiq tabaqalashtirilgan holda avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
g) 2021 yil 1 yanvardan: qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining xarid tartib-taomillarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini baholashda ularning elektron reytingi ma’lumotlaridan foydalanish va boshqa elektron tizimlar bilan integratsiyalash imkoniyatini hisobga olgan holda, elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshiriladi; qurilish sohasida o‘tkaziladigan davlat xaridlarida elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar (ish tajribasi, moliyaviy barqarorligi, shtatida ma’lumotlari "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan malakali xodimlarning mavjudligi va boshqa mezonlar) bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish pudrat tashkilotlarining ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi; davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ruxsat berishda elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarning dastlabki malakaviy baholashdan o‘tishi, shuningdek, tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etishi talab etilmaydi; davlat buyurtmachilari va davlat xarid sub’ektlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlarning loyiha hujjatlari kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan muddatlarda energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi shart; qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillarida g‘olib deb topilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari ishlar (xizmatlar) narxining kamida o‘ttiz foizini o‘z kuchi bilan bajarishi bo‘yicha talab joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yilda Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, loyihalashtirish, qurilish - montaj ishlarida davlat xaridlari hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash bo‘yicha tartib - taomillarni elektron tizimga o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin: qurilish sohasidagi davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi; elektron tanlov (tender) (keyingi o‘rinlarda — tanlov) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi; tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi; tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
Davlat buyurtmachilari qurilish sohasidagi tanlovlarni maxsus axborot portali operatorlari orqali onlayn rejimda o‘tkazilishini ta’minlasin. Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin. Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda. O‘zbekistonda turar joy va sanoat ob’ektlarini loyihalash, qurish va qayta jihozlash rivojlanishining zamonaviy bosqichida xom ashyoni eksportga chiqarish bilan chegaralanib qolmasdan, chetdan keltirilib va respublikamiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish