2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zining shavkatli tarixi bilan fahrlanmoq ko’hna
dunyoning anchayin xalqlariga nasib etmas. Bu borada o’zbek degan qadimiy
millat shonu shavkatli ota – bobolari, sharifa momolari, buyuk allomalari bilan
qiyomatgacha iftihor qilishga ming, ming karra haqlidir.
Buyuk matematik, astronom va geograf, hozirgi zamon aljabr (algebra)
ilmining otasi Muhammad al-Xorazmiy, “Shaix ur – rais”, “Donishmandlar
sultoni”, “Tabiblar shohi” kabi buyuk va mo’tabar nomlarga sazovor Sharq
Uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino, buyuk
astronom, matematik va geograf “al-Fraganus”, “Alfraganus” nomlar bilan
mashhur, qomusiy olim Ahmad al Farg’oniy, necha zamonaviy ilmlarga asos
solgan “Qomusiy bilimlar sohibi” umumjahon fani va madaniyatiga bebaho hissa
qo’shgan Abu Rayhon Beruniy, ikkinchi Arastu nomi bilan mashhuri jahon,
falsafa, musiqa va matematika singari poydevorni tiklagan Farobiy, Navoiy ta’biri
bilan aytganda, ko’zi oldida osmon past bo’lgan Mirzo Ulug’bek, islom madaniyati
va fani iqlimida juda katta o’rin tutgan Imom al-Buhoriy, Ahmad Yassaviy, turkiy
adabiyot sultoni hazrat AlisherNavoiy, ham qalam, ham jang maydonida
ko’rsatgan jasorati bilan mashhur Bobur Mirzo shu tuproq farzandlaridir.
Tarixdan ma’lumki, ilm-fan, madaniyat va san’at rivojlangan jamiyatda har
jihatdan taraqqiy etish, yuksalish bo’lgan. Qolaversa, yani xususiyat ma’lum
davlatning jahonga chiqishida, tanilishida asosi omillardan biri bo’lgan, desak
mubolag’a bo’lmaidi. Bu jarayonda o’z iqtidori, bilimi va ilmi, badiy ijodi bilan
ilm hazinasini kashfiyot durlari bilan boitgan Sharqu g’arb olimlarining hissasi
beqiyosdir. Ular yaratgan asarlar yani kunda ham olamni anglash, inson va borliq
o’rtasidagi muammolarni hal etish, dini va dunyovi bilimlarni boyitishda
dasturulamal vazifasini o’tab kelayotir.
Sharqning buyuk qomusiy olimlari Ahmad al-Farg’oniy, Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, ulug’ so’fiylar-Ahmad
Jassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, So’fi Olloyyor, Jaloliddin Rumiy, Bahouddin
Naqshband va yana ko’plab mutafakkirlarning ilg’or umuminsoniy g’ojalari ilm-
ma’rifat, adab ahliga to’laqonli ravishda yetkazilmoqda. Bu esa yosh avlodning har
tomonlama yetuk, komil insonlar bo’lib ulg’ayishida o’lkan ahamiyat kasb etib,
ularda zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirmoqda.
Fan masalalarini muvaffaqiyatli tahlil va tadqiq etgan, taraqqiyot, ya’ni
astronomiyaga oid bilimlarning ilk tadqiqotchilaridan bo’lgan buyuk Sharq
matematigi va jamoat arbobi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek ham xalqimizning
suyukli dilbandi va donishmandidir. U qoldirgan ilmiy-fundamental meros nafaqat
o’z davrida, balki ayni vaqtda ham o’z qimmatini yo’qotmay, jahon fani rivojiga
3
bemisl ulush qo’shib kelyapti. Allomaning serqirra ijodi bugungi fanimizning turli
tarmoqlarida o’rganilayotganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi.
1994 yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga
muvofiq, Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi davlatimiz miqyosida,
shuningdek, BMT tomonidan xalqaro ko’lamda keng nishonlandi. Olim ilmiy
merosini yanada chuqur o’rganish fanimiz uchun jangi yutuqlarni olib keladi.
Shunday ekan, ushbu tekshirishimizda Mirzo Ulug’bek va uning maktabining
tabiyy-ilmiy va falsafiy qarashlarini imkon qadar o’rganishni lozim, deb topdik.
Mustaqillik sharofati bilan Vatan tuyg’usi, ona-zamin tushunchalari
tamomila muqaddas tuyg’uga aylanmoqda va bu jarayon umumdavlat miqyosidagi
hujjatlarda, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning nutq,
maqola va asarlarida o’z ifodasini topgan. SHuning uchun ham jangicha g’oja,
jangicha tafakkur va siyosiy – milliy tushunchalarni, vatanparvarlik g’ojasini, yani
vaqtda milliy ong, milliy uyg’onish, milliy g’urur va dunyoqarashni shakllanishida
buyuk allomalar hayoti va faoliyatini o’rganish yoshlar tarbiyasida g’oyat katta
ahamiyat kasb etadi.
Maktab matematika kursini o’qitishda buyuk allomalar me’rosidan
foydalanish o’quvchilarni vatanparvarlik, buyuk allomalar me’rosiga hurmat,
kelajakka ishonch, ota-onaga va Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalashdamuhim
ahamiyatga ega. Bizga ma’lumki respublikamizda yangi 11 yillik umumiy o’rta
ta’lim joriy qilindi va shu asosda barcha fanlar qatori maktab matmatika kursining
dasturlari ham qaytadan ko’rib chiqilib yangidan tuzildi. Ammo bu o’quv dasturida
berilgan mavzularni o’qitish bo’yicha o’zbek tilida nashr qilingan uslubiy
adabiyotlarni yetarli deb bo’lmaydi. Mana shu muammoni ma’lum darajada hal
qilish va to’ldirish maqsadida biz yuqoridagi mavzuni malaka ishi sifatida
tanladim.
Do'stlaringiz bilan baham: