2. 2§. Al-Xorazmiy ijodi va uning maktabi
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850yil) tabobat ilmining sultoni,
matematika fanining asoschisi, geografiya, tarix va astronomiya kabi fanlarning
rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Hindlarning o’nli sistemasini birinchi bo’lib
tadbik qilgan, algebra faniga asos solgan buyuk astronom, Ma’mun zijjini ham
tuzgan qomusiy olim hisoblanadi. U Bag’dod rasadxonasiga va Bag’dod Ma’mun
akademiyasiga rahbarlik qilgan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tahminan 780 yillar
boshida Xorazmning Xiva shahrida dunyoga keldi. U butun dunyo ilm olamini
zabt etgan qomusiy olimdir. Xorazmiyning riyoziyot va falakiyot ilmiga asos
solgani o’z zamonasida ham, hozir ham tan olingan.
Al-Xorazmiy ilmga yoshligidan mehr qo’ydi. O’z–o’zidan ayonki, dastlabki
xat-savodni tug’ilgan kentida chiqardi, madrasalarda ta’lim oldi, tinmay mutoala
qildi. Bo’lg’usi yirik olim mantiqiy fikrlash malakasini oshirgach, asosiy e’tiborni
til o’rganishga qaratdi. Natijada Xorazm tili bilan bir qatorda turk, arab, fors,
sankrit, yahudiy tillarini puxta egalladi.
Xuddi shu davrda, ya’ni 813 yillar arafasida al-Ma’mun halifalik qilgan
davrda iste’dodli qomusiy olim al-Xorazmiyni halifalik poytaxti Marvga, so’ngra
Bag’dodga lutfan taklif qilinadi. Olim bu taklifni qabul qiladi, u yerda ilm egallash
24
va uni shogirdlariga o’rgatish bilan mashg’ul bo’ladi. Uning bu faoliyati, inson
sifatida ham, olim sifatida ham bag’ri kengligi juda katta obro’ keltirgan.
Al-Xorazmiy Bag’dodga ilm markazi, Sharqning dastlabki akademiyasi-
»Bayt ul-Hikma» (Donishmandlar uyi, kutubxonalar, observatoriyalar va boshqa
ilm-ma’rifat tarmoqlari) ni boshqargan. Mahalliy olimlar bilan bir qatorda Sharq
mamlakatlaridan tashrif buyurgan Ahmad al-Fargoniy, Ahmad ibn Abdulloh
Marvaziy singari yetuk allomalar al-Xorazmiy rahnomoligida keng ko’lamdagi
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va to’g’ri yo’lga qo’yishgan.
Al-Xorazmiy arifmetika, algebra, falakiyot, handasa, jug’rofiya, tarix va
boshqa fanlar bo’yicha jiddiy kuzatishlar olib bordi.
Al-Xorazmiy avval Halifa al-Ma’mun (813-833yy), so’ngra al-Mutasim
(833-842 yy) va al-Vosiq (842-847 yy) saroylarida ishladi. Bu yerda olimning
ilmiy faoliyati ravnaq topdi.
Olimning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al
Majusiydir. Bu yerda ismning Abu Abdulloh Muhammad qismi islomga
o’tganligida beriladigan an’anaviy ismdir. Ibn Muso, Musoning o’g’li demakdir,
al-Majusiy laqabiga ko’ra Xorazmiyning ajdodlari ma’jusiy kohinlaridan, ya’ni
mug’lardan bo’lib, islomning otasi qabul qilganligi ko’rinadi.
Ayrim
tadqiqotchilarning
fikricha,
Bag’dodda
astronomiya
bilan
shug’ullanishga turtki bo’lgan sabablardan biri bag’dodliklar hindlarning bilimidan
xabardor bo’lganliklaridir. Bu dalil haqida va Xorazmiyning unda tutgan o’rni
haqida XIII asrning tarixchisi Ibrohim ibn al-Kiftiy (1172-1248 yil) quyidagicha
habar beradi: «Ibn Odamiy deb ma’lum bo’lgan al- Husain ibn Muhammad ibn
Hamid zzining «Terilgan marjon» atalgan katta zijjida hikoya qiladiki, 156
(melodiy 773) yili Halifa al-Mansur oldiga Hindistondan bir kishi keldi. U
yoritgichlarning harakatlari va ularning chorak daraja uchun hisoblangan
kardarajalardan tuzilgan tenglamalari va yoritgichlar bilan bo’ladigan boshqa
samoviy hodisalar, chunonchi tutilishlar, ekliptika (darajalarining chiqishlari va
boshqalar haqidagi Sindhind deb ataluvchi hisobdan habardor edi… Bu
ma’lumotlar bir necha boblik kitobda keltirilgan edi. U (al-Husain) aytadiki, o’sha
(hind) kitobni hind podshohlaridan bo’lmish Figar ismli podshoga mansub
kardarajalar hisobiga qisqartirgan. Bunda kardarajalar minutlar uchun hisoblangan
edi. Al-Mansur arablar sayyoralar harakati (masalalarida) asos qilib olsin deb, bu
kitobni tarjima qilish va unga ko’ra kitob yozishni buyuradi. Bu ishga Muhammad
ibn Ibrohim al-Fazoriy kirishdi va u yozgan kitob astronomlar orasida «Katta
Sindhind» deb ataldi. Ushbu kitobni Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy qisqartirib, o’z zijjini tuzdi. Bu (zij) islom mamlakatlarida mashhur
bo’ldi. Bunda u Sindhinddagi o’rtacha (planetalar)ga tayanadi, lekin tenglamalar
va (Quyosh) og’ishi masalasida unga muholif bo’ldi. Shuning uchun u
25
tenglamalarni forslar masxabiga ko’ra, Quyosh og’ishini esa Ptolemey masxabiga
ko’ra aniqladi. Unda u taqribiy hisoblashlarning ajoyib usullarini ihtiro qildi,
garchi bunda uning geometriya fani bo’iycha zaifligidan dalolat beruvchi ayrim
hatoliklar mavjud bo’lsa ham. Zamon axlining Sindhind tarafdorlari bu kitobni
ma’qulladilar va uni tezda boshqa mamlakatlarga tarqatdilar. Zamonamizning
sinchkov kishilari unga tuzatish kiritib, hatto hozirgi kunda ham foydalanib
kelmoqdalar».
Shunday qilib, Ibn al-Kiftiy keltirgan xabar Xorazmiyning Bag’dodga
kelgan davri haqidagi eng ilk va aniq guvohlikdir. Xorazmiy Bagdodga kelib, u
yerda Qutrabbul mahallasida yashagani haqida xabar bor. U «Baytul-Hikmat»ning
kutubxonasiga mudirlik qiladi.
Xorazmiy Ma’mun akademiyasida olib borilgan ilmiy kuzatishlarda faol
qatnashadi. Xususan Bag’dodning Shammosiya mahallasi rasadxonasidagi
astronomik kuzatishlar Xorazmiy va Yahyo ibn Abu Mansur boshchiligida olib
borilgan.
Olimning ijodi haqidagi ma’lumotlar ham uning hayoti to’g’risidagi
ma’lumotlar kabi juda kam. Saqlangan ma’lumotlarga ko’ra, Xorazmiyning
qalamiga mansub asarlarining soni o’ndan ortiq:
1. Arifmetik asar, lotincha Algoritmi de nomero inbarim («Algoritmi hind
hisobi haqida») nomi bilan ma’lum. Asarning arabcha nusxalari saqlanmagan.
2. Al-kitob al-muhtasar fi hisob al-jabr val-muqobala («Al-jabr al muqobala
hisobi haqida qisqacha kitob»)
3. «Ziji al-Xorazmiy» («Xorazmiy ziji») arabcha nusxada saqlanmagan.
Asarning 1007 yili ispaniyalik arab astronomi Maslama al-Majritiy qayta ishlagan
nusxasidan XII asrda Adelard Bat bajargan lotincha tarjimaning nusxalari mavjud.
4. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning ajoyib ishlaridan, astrolob
yordamida azimutni aniqlash («Zara if min amal Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy ta rif as-samt bil-asturlob») yagona arabcha qo’lyozmasi Istambulda
Ayo Sufiyo kutubxonasida 4830 (13 raqamli inventar 198B-200a varaqlar, hijriy
620 -yili ko’chirilgan) raqam bilan saqlanadi. Ruscha tarjimasi nashr etilgan.
5. Marmar haqida kitob (Kitob ar-ruhoma)
6. Tarix kitobi.(Kitob at-tarix.)
7. Abu Maslama al-Majridiy o’zining «G’oyat al-hakim» nomli asarida
Xorazmiyning astromagik ma’noga ega asaridan parcha keltiradi. Bu asar
saqlanmagan.
8. «Yahudiylarning eralari va bayramlari haqida risola.» (Risola fi istihroj
tarix al-yahud va a edihim) kalendarlarga ta’luqli. Bu asar professor Ashrof
Ahmedov tomonidan tarjima qilingan.
9. Suratil arz kitobi («Kitob suratil-ard)-Xorazmiy «Geografiya»si,
26
professor A. Ahmedov tarjimasi.
10. Asturloblar bilan amal tutish haqida kitob («Kitob al-amal bi-l-
asturlobot.»
Xorazmiy nomini tarixda qoldirgan asarlaridan biri-»Al jabr val muqobala»
risolasidir. Asar nazariy va amaliy qismdan iborat. Ikkinchi qismida turli xo’jalik –
turmush, savdo va yuridik masalalar (Yer o’lchash, meros bo’lish) ga algebra
metodlarini joriy qilish ko’riladi, yangi algebraik usul bayon qilinadi.
Xorazmiy o’sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat
tenglamalarni jamlab, ularni hozirgi kunda matematik belgi (simvol) orqali
ifodalash mumkin bo’lgan quyidagi olti tipga keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |