29
2. 3§. Al-Farg’oniy hayoti va ijodi
VIII asrning oxiri IX asrning boshlari Qutayba ibn Muslim bosqini halifa
Ma’mun davri, Farg’ona o’lkasi arab halifaligining Sharqiy viloyatiga aylangan
zamonlar. Ana shunday murakkab tarixiy bir davrda - 798 yilda Ahmad ibn
Muhammad al-Farg’oniy Farg’onaning Qubo, hozirgi Quva shahrida tavallud
topgan.
Boshlang’ich ma’lumotni mahalliy sharoitda olgan. Birinchi ustozi
tomonidan “iqtidorli ilimi tolib” deb e’tirof etilgan bo’lajak olimni xalifalikning
ilmli hamda madaniy ishlar markazi hisoblangan Bog’dod shahriga “Doril ulm” ga
tahsil olish uchun yuborishga qaror qilinadi va u o’z bilimini boyitish maqsadida
Farg’onadan bilim izlab chiqib ketadi. Tadqiqotchilarning ma’lumot berishicha,
Ahmad Al-Farg’oniy Bog’dodga Farg’onaning o’sha davrdagi poytaxti bo’lgan
Ahsikat (hozirgi eski Ahsi) shahridan katta karvonga qo’shilib, “Buyuk ipak yo’li”
orqali - Xo’jand, Zarafshon, Xuroson, Hamadon, Isfahon shaharlari hamda Dajla
va Frot daryolari oralig’idagi hududdan o’tuvchi olis yo’l safari, Madaniyat us-
salom (Bog’dod) shahriga ketganligi aytiladi. Ahmad Al-Farg’oniyning
Farg’onadan qachon va necha yoshda chiqib ketganligi tarixi manbalarda
uchramaydi.
Ahmad Al-Farg’oniy Yer kurrasining doiraviy uzunligini, diametri va
radiusini aniqlagan. Yer meridianlari haqidagi bilimlarga asos solgan va samodagi
yulduzlarga mukammal tasnif bergan. Chuqur matematik tadqiqotlar natijasida,
yunon samoshunoslari eplay olmagan samoviy jismlarning balandligi va ulargacha
bo’lgan masofalarni o’lchash jihozi-usturlob qurish hamda foydalanish ilmining
birinchi mukammal nazariyasini yaratgan olim sifatida allaqachon jahon ilm ahli
tomonidan e’tirof etilgan. U Bag’dod rasadxonasida ko’pgina kashfiyotlar qildi.
Jumladan, 840 yil ilgari Quyosh tutilishini oldindan bildi va bu haqda ilmli
kuzatishlar olib bordi. Alloma 1022 yulduzni o’lchab, tasvirladi.
Ahmad Al-Farg’oniy Yerning dumaloqligini shunday dalillar bilan
isbotlardiki, ular o’z qimmatini hali ham yo’qotgan emas. Masalan: bir hil osmon
yoritgichlarini har hil vaqtda ko’tarilishi, tutilishini har hil joidan ko’rinishi va
hokazolar ana shunday dalillardandir.
Bog’doddagi o’lchashlar natijasi halifani qanoatlantirmaganini sababi shuki,
SHammosiya rasadxonasi tekis yerda joylashgan edi. Kuzatishlar aniqroq bo’lishi
uchun esa, odatda, rasadxona balandlikda barpo qilinadi. Damashqda kuzatish
uchun qulay joyi tanlanadi. Kuzatish ishlari Qasiyun tog’ida olib boriladi. Buning
uchun Holid Qasiyun tog’idagi Dair–Murron monastrining devoriga kvadrant
o’rnatadi va to’la bir yil davomida Al-Farg’oniy rahbarligida o’sha yerda kuzatish
olib boradi. Bu kuzatishlar natijasida 832 yil uchun eng katta og’ishni 230 33’57’
deb topadi. Bu esa o’z davri uchun ancha aniqlikdagi miqdor edi.
30
Shunday qilib, Bag’dodda ishlagan Markaziy osiyolik olimlar yevklit
tekisligining osmon ekvatoriga og’ish burchagini o’z davri uchun katta aniqlik
bilan topdilar. Xolidning ishtiroki bilan Ye rmeridiani bir darajasining uzunligi
Mosul yaqinidagi Sinjor sahrosida o’lchanib arab miliga, ya’ni qarib 112
kilometrga teng deb topildi.
Bu ham o’z davri uchun katta aniqlik edi. Bu o’lchashlarda Yahyo ibn
Aksom, Abbos Al–Javhari va Ahmad Al–Farg’oniylar ishtirok etganlar
Asturlob
Quyosh va Oy tutilishi
Ahmad Al-Farg’oniy rahbarligida Ahmad ibn Muso hamda uning aka-
ukalari Banu Muhammad, Al-Hasanlar (Muso ibn Shokir o’g’illari) bilan
birgalikda 832-833 yillarda Sindjar sahrosi, Kufaning Tot degan joyda lifa
Ma’munning topshirig’i bilan Yer meridiani bo’ilab, kenglik darajalari orasini
muvaffaqijatli ravishda o’lchashgan. Bag’doddagi “Bob at-Toq” (Toq darvozasi)
degan joi 33º20’ shimoliy kenglikda yekanligini juda to’g’ri aniqlashgan.
Yerning sharsimon shakliga egaligi borasidagi Ahmad Al-Farg’oniy
qarashlarini oradan 800 yil o’tib amalda isbotlagan mashhur sayoh Xristofor
Kolumb, Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi Ahmad Al-Farg’oniy
hisoblarining to’g’riligiga to’la ishonch hosil qildim, degan dasthat qoldirgan. Bu
e’tirof bobokalonimiz, millatimiz ilmi salohiyatiga berilgan munosib bahodir.
Ahmad Al-Farg’oniy o’zining yaqin do’sti va shogirdi marvlik Mavrudiy
bilan birga dengiz bo’yidagi tog’ perpendikulyarini trigonometrik yo’l bilan
aniqlash usulini o’ilab topgan. Unga qadar Yer aylanasi uzunligini o’lchashda eng
kamida Yer aylanasi yoyining 1 gradusicha (tahminan 3 km) masofani qadamlab
o’lchab chiqish orqali aniqlangan. Uning bu usuli Yer aylanasi uzunligini
o’lchashda astronomiya fani tarixida alohida ahamiyatga egadir.
Chizmadan foydalanib, Yer radiusi va aylana uzunligini qanday
31
o’lchanganligini ko’rib chiqaylik. Rasmda ko’rsatilgan AB=x tog’ning balandligi,
OB va OK=R Yer radiusi va α burchakni bilgandan so’ng quydagi amallardan
foydalanib, Yer radiusi va aylanasi uzunligini aniqlash qiyin bo’lmaydi.
Shakldan ko’rinib turibdiki, burchakning kosinusi
h
R
R
A
cos
ga teng. Demak,
h
R
R
cos
cos
cos
h
R
R
cos
cos
R
R
h
)
cos
1
(
cos
R
h
Shunday qilib,
cos
1
cos
h
R
ni hosil qilamiz.
Xristofor Kolumb 1442 yilda “Santa-Mariya“ nomli kema yetakchiligida
uchta kema bilan dunyo okeanlari osha qilgan sayohati davomida Ahmad Al-
Farg’oniy yaratgan dunyo xaritasidan keng foydalanganligini alohida e’tirof etgan.
Ispaniyaning Kolumbiya kutubxonasida mashhur sayyohning noyob bir
dastxati mavjud bo’lib, unda Kolumb o’z sayohatlari va tadqiqotlarida Al-
Farg’oniyning ilmli merosiga tayanib ish ko’rganligini ko’rsatib o’tgan.
Ahmad Farg’oniy o’zining astrolyabiya haqidagi asarida mashhur Klavdiy
Ptolemeyning «Planisfera» asarida bayon qilingan, lekin isboti berilmagan uchta
geometrik teoremaning isbotini beradi.
Stereografik proeksiyalarning eng muhim hossalarini Ptolemei ta’riflagan,
lekin isbotini Al-Farg’oniy bergani uchun, ularni Ptolemey-Farg’oniy teoremalari
deb atashni lozim topdik. (Matematikada teoremalar, odatda ularni isbotlagan olim
nomi bilan ataladi.)
Birinchi teorema. Janubiy qutbdan o’tmaydigan aylananing stereografik
progressiyasi aylanadan iborat.
Ikkinchi teorema. Sfera ustidagi chiziqlar orasidagi burchak bu chiziqlar
progressiyasi orasidagi burchakka teng.
Uchinchi teorema. Sferaning qutbdan o’tadigan o’q atrofidagi aylanma
harakatiga progressiyasi tekisligining aylanma harakati mos keladi.
Har uch teorema ham bevosita astrolyabiya nazariyasida tadbiqqa ega
ekanligi tushunarli.
Birinchi teoremadan ekliptika va sayyoralarning orbitalari astrolyabiyada
32
aylana bilan tasvirlanishi kelib chiqadi. Shu hossaga muvofiq, Osmon sferasining
ufqqa parallel kesimlardan iborat aynanalar proeksiyalari ham aylanadan iborat
bo’ladi. Ular astrolyabiyaning almuqantarotlari deyiladi. Ikkinchi teorema
keyinchalik kartografiyada katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ahmad Al-Farg’oniy arab tilida astronomiya, jo’g’rofiya va matematikaga
oid bir qancha asarlar yozgan. Ular ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan,
biroq turli sabablar bilan aksariyati bugungi kungacha saqlanib qolmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |