hadlarining ishorasini o’zgartirgan holda, ularni bir tomondan ikkinchi tomonga
o’lchash qoidalari jamlangan. Uchburchak, to’rtburchak, doira, ko’pburchak,
ko’paytirilganiga teng, ya’ni Muhammad al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard»
(«Yerning surati») nomli geografiyaga oid noyob qo’lyozma asari 1878 yilda
27
Qohirada topildi. Xorazmiy bu asarni yaratishda Ptolomeyning «Geografiyadan
qo’llanma» asariga asoslangan. Asarda 637 ta muhim joylar, 209 ta tog’ning
geografik tafsilotlari berilgan, daryolar, dengizlar va okean havzalarining shakli,
ularda joylashgan orollarning muhim koordinatalari bilan bayon qilingan.
Al-Xorazmiy astronomiya sohasida ham ancha ish qilgan. U Bog’dod
rasadxonasida o’tkazilgan kuzatishlar asosida va hindlarning astronomik
jadvallarini har tomonlama tanqidi tahlil qilib, yangi «Astronomik jadvallar» ni
tuzdi. XII asrda bu asar arab tilidan lotin tiliga Adelard Batskiy tomonidan tarjima
qilinib, bir necha asr davomida undan foydalanilgan.
837 yilda Xorazm rahbarligida Yer kurrasi kattaligini aniqlash maqsadida
Yer maydonining bir gradusini o’lchab chiqildi. Buning uchun Mesopatamiyada
shimoli kenglikning 350 va 360 lari orasida chiziqli masofa bevosita o’lchov
tizimchasi bilan meridian yo’nalishida aniqlanib, burchak o’lchash yulduzlar
meridian balandliklarini kuzatish asosida bajarilgan deyiladi. Meridian gradus
uzunligi 562/3 arab miljasiga, ya’ni o’rta hisobda 112 kmga teng qilib olingan.
Natija aniq bo’lib, undan tashqari o’lchash usulining o’zi ham katta ilmiy
ahamiyatga ega deydi.
Dastlabki trigonometriyaga oid Bog’dodda yozilgan asarlardan biri Al-
Xorazimga tegishli bo’lib, unda sinus va tangenslarning o’zgarish qonuniyatlari
ko’rsatilagan. Uning trigonometrik jadvali o’sha zamon jadvallaridan farq qiladi.
Xorazimning «Usturlob haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Tarix
risolasi», «Musiqa risolasi» kabi asarlar yozganligi to’g’risida ma’lumotlar bor,
ammo ular bizgacha yetib kelmagan.
Xorazmiyning algebra fan tarixidagi roli nihoyatda ulkandir. Algebrada u
boshlab bergan yo’nalishni keyingi davr matematiklari davom ettirib, yuqori
pog’onalarga ko’tardilar. Umar Hayom Xorazimini boshlab bergan algebradagi
yo’nalishni davom ettirib, geometrik algebra usulini yanada chuqur o’rganib
takomillashtirdi. U konus kesimlar yordamida kubik tenglamalarni yechish usulini
Sharq algebrasiga kiritdi.
Mashhur matematik va astronom Jamshid Koshiy (14-15 asr) esa o’zining
1427 yilda yozilgan «Muftoh Al-Hisob» nomli asarida bu usulni yanada
takomillashtiradi. Shu bilan birga Koshiy ijodida Xorazmiy boshlab bergan Sharq
algebrasi va umumiy matematikasi o’zining yuqori pog’onasiga ko’tarildi.
Koshiy o’nli kasrlarni Simon Stiven (1548-1622 yil) dan 150 yil oldin,
N’yuton binomini N’yutondan oldin, to’rtinchi darajali natural sonlar qatorini
Ferraridan oldin, shuningdek Ruffinning ildizlar haqidagi kashfiyotini undan oldin
kashf qilgan buyuk allomadir.
Shuning uchun Muso Al-Xorazmiyni «Matematika fanining otasi» degan
sharafli nomga tamomila loyiq deymiz. Insoniyat undan matematika fanini yaratib