Hayyom 1048 iyulda Xurosonning Nishopur shahrida mayda hunarmand oilasida
dunyoga keldi. Dastlab u Balxda o’qidi va o’smirlik yillarida Movarounnahrga
kelib, Buhoro va Samarqandda ishladi. Uning to’la ism-sharifi G’iyosiddin
Abulfatx Umar ibn Ibrohim al-Hayyomi an-Naysaburiy (Nishopuriy) dir. U
u bilan yaqin do’st tutindi. Maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq, Hayyom shoirona
tabiati va o’tkir zehnliligi bilan bo’lajak vazirda o’ziga nisbatan chuqur hurmat
geometriyaga bog’lab yechishni sistemali ravishda o’z asarlarida bayon qildi.
Nishopurlik bu ulug’ matematik «Evklid kitoblarining qiyin postulatlariga izohlar»
yozib u postulatlardagi airim hollarni umumlashtirishga va mukammallashtirishga
Hayyomning matematik asari, asosan, uchinchi darajali tenglamalarni yechishga
bo’lib, u mazkur sohadagi yutuqlarni Marv va Isfahon rasadxonalarida ishlab
yurgan paytlarida qo’lga kiritdi. Isfahondagi astronomik rasadxona 1076 yili
Hayyomning iltimosiga ko’ra, Malikshoh tomonidan qurdirilgan edi. Mazkur
rahbarlik qildi. Oqibatda olim o’z astronomik kuzatishlari asosida «Malikshohning
astronomik jadvallari» («Malikshoh ziji») ni yozdi. «Malikshoh ziji»ning bir
nusxasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Bu «zij» da Quyosh, Oy va
boshqa sayyoralarning harakatiga hamda ularga tegishli ma’lumotlardan tashqari,
33
kalendarning islohiga tegishlidir.
Keyinchalik Quyosh hijriy (yoki shamsiy hijriy) kalendari nomi bilan
tanilgan, Hayyom tuzgan ushbu kalendar uzoq tarixga ega bo’lib, uning kelib
chiqishida qadimiy Ezdigerd III kalendarining erasining (boshi 632 yilning 16
iyuniga to’g’ri keladi) ta’siri katta bo’ldi. Kalendar erasining boshi hisoblangan bu
kun Eronda Sosoniylar sulolasining oxirgi podshosi Ezdigerd III ning taxtga
o’tirish vaqti bilan bog’liqdir. Ezdigerd III kalendarida yil 12 oydan iborat bo’lib,
dastlabki 11 oyi 30 kundan, 12-si esa 35 kunli edi. Binobarin, bu solnomada
yilning o’rtacha uzunligi 365 kunga teng qilib olingan edi.
1.
Ezdigerd kalendarida oylar – farvardin, urdibihisht, hurod, tir, murod,
shahrivar, mehr, abon, azor, dai, bahman va isafandarmuz kabi nomlar bilan
yuritilib, yil boshi bahorgi tengkunlikka (Grigoriy kalendari bo’yicha 21 martga)
to’g’ri kelardi. Biroq bu kalendarda yilning uzunligi, haqiqiy quyosh yilining
uzunligi – tropik yildan salkam 0,25 sutkaga kamligidan, yillar o’tishi bilan uning
yilboshisi bahorgi tengkunlikdan chetlashishi, aniqrog’i ilgarilab ketishi kuzatildi
va 120 yilda xatolik qariyb bir oyga yetishi aniqlandi. Mazkur hatolikni tuzatish
uchun Ezdigerd III kalendarida 120 yilda 13-oy qo’shimcha qilib kiritildi.
Hususan, 120-yili qo’shimcha qilingan 13-oy, kalendarning birinchi oyi
farvardindan keyin qo’yilib, farvardin II nomi bilan ataldi. 240-yili kiritilgan 13-
oy, ikkinchi oy – urdibihishtdan keyin qo’yilib, urdibihisht II deb, 360-yilning 13-
oyi yesa, uchinchi oy–hurdoddan so’ng hurdod II deb ataldi va hokazo.
Afg’oniston hukumatining rasmiy kalendari ham Quyosh hijriy kalendari
bo’lib, uning asosida 1911 yili Eron bilan birgalikda qabul qilingan «Burjiy
kalendar» yotadi. Eslatilganidek bu kalendarda oylarning nomi zoydak yulduz
turkumlarining nomlari bilan hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon,
aqrab, qavs, jaddi, dalv va hut deb yuritilib, ularda kunlarning soni 29, 30, 31 va
ba’zan hatto 32 kun bo’lar edi. Shuning uchun ham bu kalendardan foydalanish
katta noqulayliklarga ega bo’lgan. Oqibatda 1958 yilga kelib (Quyosh hijriy
kalendari bo’yicha 1337 yili), afg’on kalendari ma’lum darajada Eronning Quyosh
hijriy kalendarigi yaqinlashtirildi. Buninig uchun qadimda 32 kunlik javzo oyi
kunlarning soni 31 kuniga tushirilib, o’ninchi oy- jaddi oddiy yillari 29 kunga,
kabisa yillari esa 30 kunga teng bo’ladigan qilib qayta isloh qilindi. Natijada uning
dastlabki olti oyi (hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula) Eron kalendariga
kabi 31 kundan qilinib, keyingi jaddidan boshqa besh oyi (mezon, aqrab, qavs,
dalv, va hut) 30 kundan qilib joriy etildi. Bundan ko’rinishicha, kabisa yillari har
ikkala -eron va afg’on kalendarlari bo’yicha sanalar to’la mos kelgani holda, oddiy
yillarida ohirgi ikki oy dalv va hut sanalari bir-birdan bir kunga farq qiladi.
Umar Hayyom birinchi marta geometriya bilan algebraning aloqasi
to’g’risidagi hamda algebraik tenglamalarni geometrik tushuntirish va yechish
34
haqidagi masalani qo’ydi.
«Evklid kitobining qiyin postulatlariga sharhlar» nomli geometriyaga
bag’ishlangan asari uch kitobdan iborat: «Parallellarning haqiqiy ma’nosi va
ma’lum shubhalar haqida», «Munosabatlar, proporsiyalar va ularning haqiqiy
ma’nosi haqida», «Nisbatlarni tuzish va ularni tekshirish haqida». Evklid V
postulatini isbotlashga urindi, bunda asoslaridagi burchaklarning biri va yon
tomonlari
o’zaro
teng
bo’lgan
to’rtburchakdan,
keyinchalik
«Sakkeri
to’rtburchagi» deb atalgan to’rtburchakdan foydalanilgan, geometrik tushunchalar
taraqqiyotida juda katta rol’ o’ynadi. Oyning orqa tomonidagi bir kraterga uning
nomi berilgan.
1069-1071 yillarda «Al-jabr va almuqobola masalalarining isboti haqida»
asarida kubik tenglamalarni yechishni sistemali ravishda bayon etadi. Bu
tenglamalarni ildizlarini u ikki konus kesmalarining kesishish nuqtasi ko’rinishda
izlaydi (sonli yechishlarni izlamaydi). Kvadrat va kubik tenglamalarni 24 hil
ko’rinishda klassifikatsiyalaydi.
1.
Sodda tenglamalar sinfi
.
)
6
;
)
5
;
)
4
;
)
3
;
)
2
;
)
1
3
3
2
2
3
2
Do'stlaringiz bilan baham: