O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


  Xulosa va tavsiyalar



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana29.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#76707
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Matematik olimlarining fanning rivojiga qo‘shgan hissalari

 


 

48 


Xulosa va tavsiyalar 

Zamonaviy  tarix  izlanishlari  shuni  aniqladiki,  G’arbiy  Yevropada  Rim 

cherkovi tayziqi ostida fan butunlay tanazzulga  uchrab, uzoq vaqt taraqqiy etmay, 

olti  asr  mobaynida  turg’un  turib  qolgan  edi.  O’sha  davrda  fanga  Sharqda,  aynan 

Markaziy osiyolik Bag’dod, Xorazm akademiyasi va G’aznada faoliyat ko’rsatgan 

mahalliy olimlar hamda ularning davomchilari jon baxsh etganlar. 

Hozirgi  kunda  qadimiy  Ma’mun  akademiyasi,  undagi  allomalar  hayoti  va 

ijodini  o’rganish  juda  muhim.  Zero,  mazkur  tarix  sahifalarini  o’rganish  bizga, 

bebaho  meros  qoldirgan  buyuk  allomalarimizga  ehtiromgina  bo’lib  qolmay,  balki 

halqimizning  jahon  tamadduniga  qo’shgan  benazir  hissasi  kelajak  avlod  ongida 

munosib  vorislik  va  milliy  g’urur  hissini  ham  shakllantiradi.  Shu  ma’noda 

O’zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  1997  yil  11 

noyabridagi  Xorazmda  “Ma’mun  akademiyasini  qayta  tashkil  etish  to’g’risida”gi 

P-1880 sonli farmoni ayni muddao bo’ldi. 

Xiva  shahrida  qayta  tashkil  etilgan  “Ma’mun  akademiyasi”  bugungi  kunda 

o’z salohiyatini yuksaltirib bormoqda. Bu yerda tashkil etilgan “Arxeologiya, tarix, 

falsafa”,  “Til  va  adabiyot”,  “Biologiya  muammolari”  kabi  bo’limlarda  olimlar 

to’qqiz 


yo’nalish 

bo’yicha 

ilmiy-amaliy 

tadqiqotlar 

olib 

borishmoqda. 



Akademiyaning  Rossiya,  Qozog’iston,  Eron,  Turkiya  va  boshqa  bir  qator  horijiy 

mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarining tobora mustahkamlanayotgani 

ham  mazkur  maskanning  obro’li  ilmiy  markazlardan  biri  bo’lib  qolishiga  ishonch 

uyg’otadi. 

Chunonchi,  Xorazm  “Ma’mun  akademiyasi”  1000  yilligining  keng 

miqyosida  nishonlanishi  Respublikamizda  madaniy-ma’rifiy  ishlarni  yanada 

jonlanishi  va  mazkur  sohaga  oid  ishlarni  yanada  rivojlanishiga  samarali  hissa 

qo’shib kelmoqda. 

Ushbu  malaka  ishini  bajarish  davomida  o’zimiz  uchun  qimmatli  bo’lgan 

juda qiziqarli va o’rganish uchun loyiq bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni to’pladik va 

quyidagi xulosaga keldim: 

-  Osiyo  mamkalakatlari  (Ular  orasida  O’rta  Osiyo  ham  bor,  ammo  aynan 

o’zbek allomalari alohida o’rinda turadi) insoniyat uchun hamma tomonlama, ya’ni 

madaniyatda  ham,  ma’naviyatda  ham,  ilmda  ham  rivojlanish  beshigi  bo’lgan  deb 

bemalol aytish mumkin ekan.  

- biz, yoshlar o’zbek millatiga mansub bo’lganimizdan doimo mag’rur bo’lib 

yurishimiz  lozim,  chunki  biz  dunyo  ilmiga  ta’mal  toshini  qo’igan  Abu  Ali  ibn 

Sino,  Al-Xorazmiy,  Ahmad  Al-Farg’oniy,  Umar  Hayyom,  Mirzo  Ulug’bek  kabi 

minglab buyuk alloma bobokalonlarning vorislarimiz.  

-  bizning  buyuk  olimlarimizning  ming  yillar  mobaynida  ham  o’z 

ahamiyatini  yo’qotmagan  ilmiy  ishlarini  iloji  boricha  chuqurroq  o’rganish  lozim. 



 

49 


Zero,  bu  ishlar  har  gal  o’rganilganda  ularning  yangi-yangi  qirralarini  ochish 

mumkin  ekan.  Shu  o’rinda  aytish  mumkinki,  dunyo  olimlari  bundan  1000  yillar 

avval bajarilgan ibn Sino ishlarini hali to’la o’rganib bo’lanlari yo’q.  

-  Abu  Ali  ibn  Sino,  Al-Xorazmiy,  Ahmad  Al-Farg’oniy,  Umar  Xayyom, 

Mirzo  Ulug’bek  kabi  allomalarning  ilmiy  ishlarini  mo’jizaga  qiyoslash  mumkin. 

Chunki,  bugungi  kunda  kompyuterga  asoslangan  texnologiyalar  yordamida 

bajarish mumkin bo’lgan ishlarni ular qo’llarida qalam bilan sham yog’dusida hech 

qanday maxsus vositalarsiz bajarishgan va bu ishlar yetarlicha darajadagi aniqlikda 

hal qilingan.  

- o’tmish olimlarimizning ishlarini tahlil qilish uchun bitta bitiruv malkaaviy 

ishn yetarli yemas. Chunki olimlarimizning bundan 1000 yillar avval yaratgan  har 

bir asarlarining o’zi bugungi kunda alohida tadqiqot ishiga xalos bo’lishi mumkin.  

Ushbu  malaka  ishida O’rta Osiyolik bir qator allomalar haqida fikr  yuritdik 

va ayrim jihatlari haqida mulohaza yuritdik, holos. Barcha olimlarimiz va ularning 

ilmiy ishlarini bir joyga jamlash bajarish mumkin bo’lmagan ishlardan hisoblanadi.  

Alloma  bobolarimizning  ilmiy  merosining  hali  ochilmagan  qirralari 

talaygina.  Buyuk  vatandoshlarimiz  bebaho  ma’naviy  hazinasining  ochilmagan 

tomonlari  kelajakda  o’z  kasbining  yetuk  mutaxassisi,  izlanish  yo’lida  olim  bo’lib 

yetishadigan  yuksak  ma’navijatli,  komil  inson  darajasida  tarbiyalanayotgan  siz 

yoshlardan o’z yechimini kutib qoladi. 

Vatanimiz  mustaqilligi  bizning  oldimizga  alloma  bobolar  ruhini  shod  etib, 

buyuk  tarixiy  haqiqatlarni  tiklash  uchun  nihoyatda  katta  istiqbollarni  ochib 

bermoqda.  Allomalarmizning  ilmiy  merosi  ularni  o’rganib,  ilmiy  mo’jizalardan 

bahramand bo’lish, ruhni ko’tarish, amaliyotda qo’llash va boyitish uchun, bebaho 

ilm  hazinamizga  tayanib  yangi-yangi  kashfiyotlarni  yaratish  uchun  katta  manbaa 

hamdir.  Shu  ma’noda  tarix  zarvaraqlarida  o’z  nomlarini  qoldirishga  erishgan 

barcha  allomalarimizning  qilgan  kashfiyotlari  va  ilmiy  ishlari  bugungi  va  kelajak 

avlodlarning tafakkur olamiga oltin qanot bo’lishi shubhasiz. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

50 



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish