Bog'liq Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism
10.2-rasm. Ikkitalik induktorli generator turi: a) Magnit oqiminig grafigi; b) Generatorning tuzilishi; c) Stator va rotor tishlarining o’zaro joylashishi; 1-stator magnit o’zagi; 2-qo’zg’atish chulg’ami; stator chulg’ami; 4-val; 5-rotor magnit o’zagi
Induktorli generatorlarda stator va rotor tishlari ma’lum bir nis-batda bo‘ladi:
Z1= 2 Z2 m q , (10.1)
bu erda:m – fazalarsoni;q – bir qutb va bir fazaga to‘g‘ri keluvchi pazlar soni; Z2– rotortishlarisoni.
Stator va rotorda tishlar bo‘lganligi sababli, magnit oqimi qutb bo‘-linmasida birxilda tarqalmaydi. Uning ko‘proq qismi rotor tishi stator tishi ostiga to‘g‘ri kelgan qismida joylashsa, oqimning kam qismi esa rotor pazi stator tishi ostiga to‘g‘ri kelgan joyda bo‘ladi.
10.3-rasm. Bir xil qutbli induktorli mashina: 1- qo’zg’atish chulg’ami; 2- rotor vtulkasi; 3- rotor magnit o’zagi; 4- statorchulg’ami; 5- stator magnit o’zagi; 6- qo’zg’atish chulg’ami magnit oqimi; 7- podshipnik qalqoni; 8- Yakor chulg’ami-1; 9- yakor chulg’ami-2
Magnit induksiya o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi. Uning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi B yakor chulg‘amlarida EYK ni hosil qiladi. Bu EYK ning davri rotorning tish bo‘linmasi bo‘yicha buri-lishga bog‘liq bo‘lib, chastotasiquyidagicha topiladi:
f1=Z2 n/60. (10.2)
10.4-rasm. Har xilqutbli induktorli mashina: 1- stator chulg’ami; 2- qo’zg’atish chulg’ami; I,II,III,IV- stator va rotor tishlari to’g’ri keladigan magnit zonalar
Uch fazali induktorli generatorda yakor chulg‘amining har qaysi faza-siga stator qutblarining bitta jufti to‘g‘ri keladi. Qo‘zg‘atish chulg‘ami ikki qutbli magnit maydonni hosil qiladi, ya’ni bu chulg‘am paydo qilgan har qaysi qutb statorning uchta qutbidan tashkil topgan (uch qismga bo‘lingan). Stator qo‘shni qutblarining tishlari rotor tishlariga nisbatan 1/6 tish bo‘-linmasiga siljigan, shuning uchun rotor 1/6 tish bo‘linmasiga burilganda magnit oqimning maksimumi bitta qutbdan boshqasiga ko‘chadi. Rotor ay-langanda yakor chulg‘amining har bitta fazasida bir fazali mashinadagi kabi chastotasi f1 = Z2 n/60 (bunda z2 – rotor tishlarining soni) bo‘lgan EYK:
E = 4,44 f1wakch.aФmax, (10.4)
hosil bo‘ladi, lekin qo‘shni fazalarning EYK vaqt bo‘yicha 120 ga siljigan bo‘ladi. (3.10) da Ф()max= 0,5 (Ф()max– Ф()min) – bitta qutb magnit oqimining o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi.
Nazorat savollar:
Sinxron kompensatorlar nima uchun qo‘llaniladi?