10-Maruza Induktorli mashina
Reja:
Induktorli generatorlar.
An’anaviy sinxron generator.
Uch fazali induktorli generator
Induktorli generatorlar sinxron generatorning ko‘rinishlaridanbirihisoblanib, juda katta chastotali EYK ga ega bo‘ladi. YUqori chastota (1000-10000 Hz) xo‘jalik turlarining ko‘pgina sohalarida, shuningdek, induksion qizdirishda, metallarni elektr yoyi bilan eritishda, elektr payvandlashda, detallarni yuqori chastotali elektr energiya bilan qizdirib ishlov berishda, yuqori tezlikli elektr yuritmalarida va boshqalarda ishlatiladi.
An’anaviy sinxron generatorning yakor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYK ning chastotasi f =pn/60 bilan aniqlanadi. Chastota f ni, aylanish chastota n ni oshirish hisobiga ko‘paytirish mumkin, lekin uni rotorning mexanik mustahkamligi cheklab qo‘yadi. Juft qutblar sonini ko‘paytirib, chastotani oshirishda esa qutb bo‘linmasining o‘lchamlari o‘zgaradi. Shuning uchun an’anaviy konstruksiyali sinxron generatorlar f=400 Hz bo‘lgan chas-totalarda ishlab chiqariladi. Yuqori (f=400 Hz) chastotalarni olish uchun esa induktorli generatorlar ishlatiladi.
Induktorli generatorlar katta quvvatli sinxron generatorlar
Uchu nqo‘zg‘atgichbo‘lib ham xizmat qiladi. Masalan, quvvati 2700 kVA bo‘lgan uch fazali kontaktsiz induktorli generator (3.8, a-rasm) katta quvvatli TВВ seriyali turbogeneratorlarning qo‘zg‘atgichi sifatida qo‘llaniladi. Bugenerator ishlab chiqargan katta chastotali EYK to‘g‘rilagich orqalio‘zgarmasgaaylantirilib turbogeneratorning qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi.
10.1-rasm. Katta quvvatli TВВ seriyali turbogeneratorning qo‘zg‘atgichi sifatida ishlatiladigan quvvati 2700 kVA bo‘lgan uch fazali kontaktsiz yuqori chastotali induktorli generator (a) (bunda: 1 – stator; 2 – rotor; 3 – gaz sovitgich) va uning elektromagnit sxemasi (b) (bunda: 1 – 1’, 2 - 2, 3 – 3’ – qutblar; 4– yakor chulg‘ami; 5 – rotor; 6 – qo‘zg‘atish chulg‘ami)
Induktorli generatorning statori alohida po‘lat plastinalardan yig‘i-ladi. Stator po‘lat o‘zagi pazlarida chulg‘amlar joylashtiriladi. Pazlar ochiq yoki yarim yopiq shaklda bo‘ladi. Rotor po‘lat o‘zagialohida-alohida plastinalardan yig‘ilib, undagi pazlargahech qanday chulg‘am o‘rnatilmaydi, shuning uchun ham induktorli generatorlar kontaktsiz hisoblanadi.
Statorda yakor chulg‘ami va qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtiriladi. Yakor chulg‘ami stator po‘lat o‘zagi tishlariga o‘raladi. qo‘zg‘atish chulg‘ami esa har xiljoylashishi mumkin. Qo‘zg‘atish chulg‘amining joylashishigaqarab induktorligeneratorlar bir xil qutbli (10.1rasm) va har xil qutbli (10.2, a va 10.3rasmlar) turlarga bo‘linadi.
Har xil qutbli generatorlarda qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altagi statordagi kata pazlarda joylashtiriladi (3.8, b-rasm) va har xil qutblar ketma-ketkeladi. Shuning uchun ham bunday generatorlarga har xil qutbli generatorlar deyiladi.
Bularda qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi stator va rotor paketlarining bir xil ishorali qutbidan boshqa ishorali qutbiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |