Uch fazali chiziqli zanjirlarda nosimmetrik rejimlarni hisoblash uchun simmetrik tashkil etuvchilar uslubi qo’llaniladi, chunki nosimmetrik EYUKi, toklar va kuchlanishlar mavjud murakkab masalani shu zanjirning o’zini simmetrik rejimlarda osonroq hisob bilan amalga oshirish mumkin. Bu uslub yanada muhimroq ahamiyatga ega bo’ladi, qachonki zanjirning qarshiliklari toklarning nosimmetriklik xarakteriga bog’liq qollarda, ya'ni zanjirning qarshiliklarining qiymati turli simmetrik tashkil etuvchilarda turli qiymatga ega bo’lgan hollarda hisoblanadi. Uch fazali elektr zanjirda aylanuvchi elektr mashinalar – generatorlar va dvigatellar mavjud bo’lsa, bu holat yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib simmetirik mashinada (konstruktiv jihatdan)
Z1 ≠ Z2 ≠ Z0 (10.6) bo’ladi.
Agar to’yinish natijasida yuzaga keladigan zanjir nochiziqligini e'tiborga olmasdan, o’rniga qo’yish printsipini qo’llab, zanjirni simmetrik tashkil etuvichlar uslubidan foydalanib hisoblash mumkin. Z1, Z2, Z0 larni mashinaning konstruktiv parametrlarga qarab hisoblash qiyinchilik kasb etmaydi, chunki bu rejimlar simmetrik rejimlar uchun aniqlanadi, xususan Z1 va Z2 magnit maydon aylana bo’yicha harakatlanganda hisoblanadi.
Chulg’amlarda nosimmetrik toklar bo’lganda fazalarning qarshiligini hisoblash qiyin masaladir, qarshilikning nosimmetrik toklar xarakteriga bog’liqligi murakkab funktsiya hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakka, agar elektr zanjir simmetrik bo’lsa, ya'ni har bir simmetrik tashkil etuvchi uchun barcha fazalarning qarshiligi bir xil, unda tokning nol tashkil etuvchisi EYuKning faqat nol tashkil etuvchisi orqali, tokning to’qri tashkil etuvchisi EYUKning faqat to’g’ri tashkil etuvchisi orqali va tokning teskari tashkil etuvchi EYuKning faqat teskari tashkil etuvchisi orqali aniqlanadi. Aylanuvchi mashinalari mavjud zanjirlarda toklarning eng keskin ravishdagi nosimmetrikligi zanjirda yuz bergan qisqa tutashuvlar paytida yuz beradi. Shuning uchun simmetrik tashkil etuvchilar uslubi, energetik tizimlardagi qisqa tutashuvlarni hisoblash uchun keng qo’llaniladi. Nosimmetrik qisqa tutashuvlar generatorlar uchun eng og’ir avariyaviy ishlash rejimlari hisoblanadi va odatda tok hamda elektromagnit momentlarning katta qiymatlargacha oshib ketishiga olib keladi. Uch fazali tizimlarda asosan uch ko’rinishdagi nosimmetrik qisqa tutashuvlar mavjud:
Ikki fazali qisqa tutashuv. Bunday qisqa tutashuvda nisbatan katta bo’lmagan zarbaviy tok va barqaror qisqa tutashuv toki yuzaga keladi. Lekin fazalararo qisqa tutashuv mexanik yuklamalar vaqtida juda og’ir kechadi. Aylantiruvchi elektromagnit moment ikki fazali qisqa tutashuvda maksimal qiymati 6,6 n.b. o’tkinchi va. barqaror rejimlarda esa 2 n.b tashkil etadi. Stator tokining aperiodik tashkil etuvchisining so’nishi Ta2≈ 0,414 sekundga teng vaqt doimiysi bilan ro’y beradi.
Bir fazali qisqa tutashuv nisbatan engil kechadigan nosimmetrik rejim bu tizimning neytraliga bir fazali qisqa tutashuvi hisoblanadi. Generator – tizimning neytralga bir fazali qisqa tutashuvi tok va aylantiruvchi momentlarning qiymati bo’yicha, generatorning neytralga bir fazali qisqa tutashuvi bilan tizimning neytralga bir fazali qisqa tutashuvlarining oraliq rejimi hisoblanadi. Stator tokining zarbaviy qiymati va maksimal aylantiruvchi elektromagnit moment bu rejimda mos ravishda 15,1 n.b. va 4,85 n.b. ga teng. Stator tokining aperiodik tashkil etuvchisining so’nishi 0,28 sekundga teng vaqt doimiysi bilan ro’y beradi.
Ikki fazali generator neytraliga qisqa tutashuv va generator - tizimning umumiy neytralga ikki fazali qisqa tutashuvida toklar 13,1 n.b. Qiymatlargacha oshadi. Ikki fazali generator neytraliga qisqa tutashuvda elektromagnit momentning maksimal qiymati 5,67 n.b., generator - tizimning umumiy neytralga ikki fazali qisqa tutashuvda momentning maksimal qiymati 6,2 n.b. ga teng.
Yuqorida keltirilgan kattaliklarni uch fazali qisqa tutashuvdagi kattaliklar bilan solishtirish shuni ko’rsatadiki, hamma ko’rib chiqilgan nosimmetrik qisqa tutashuvlar bitta generatorning salt ishlash rejimidagi uch fazali qisqa tutashuvga nisbatan, zarbiy stator tokining qiymati bo’yicha (generator – tizimning umumiy neytralga bir fazali qisqa tutashuv, generator neytraliga ikki fazali qisqa tutashuv), yoki aylantiruvchi elektromagnit moment qiymati bo’yicha (tizimning neytraliga ikki fazali qisqa tutashuv) yoki bir vaqtning o’zida ikkala kattalikka nisbatan (generator neytraliga ikki fazali qisqa tutashuv) ancha og’ir hisoblanadi.
Nosimmetrik barqaror qisqa tutashuvlar sinxron generatorning chegaraviy nosimmetrik rejimlari bo’libgina qolmay balki uning kattaliklarini tajriba yo’li bilan aniqlashga ham xizmat qilishi mumkin. Aslida sinxron mashina simmetrik qurilma emas. Shuning uchun nosimmetrik rejimlarda mashinaning tok va kuchlanishlari yuqori garmonik tashkil etuvchilarga ega. Lekin mashinani simmetrik qurilma deb hisoblab statorning faza zanjirlaridagi tok va kuchlanishlarni birinchi garmonikalarini aniqlash uchun simmetrik tashkil etuvchilar uslubidan foydalanish mumkin. Ushbu dissertatsiyada ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan noayon qutbli sinxron generatorning nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlari maxsus jixozlangan stendda ko’rib chiqilgan. Keyinchalik asosiy nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlarida mashina o’zini tutishining tahlili va natijalari keltirilgan. Yuqorida keltirilgan izlanishlar uslubining tahlilidan shuni aytib o’tish mumkin: simmetrik zanjirlarda har bir nosimmetrik rejim uchun mustaqil ravishda hisob kitob qilish mumkin, bu aylanuvchi elektr mashinalar mavjud uch fazali zanjirlarni simmetrik tashkil etuvchilar uslubi bilan hisoblashda asosiy afzallik hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1.Sinxron taxogenerator nima?
2.Rotori sirpanuvchi sinxron elektr mashinalar qo‘llanilishi?
3.Rotori sirpanuvchi sinxron elektr mashinalarishlash prinsipini gapiring.
4.Doimiy magnitli sinxron dvigatellarning o‘ziga xos xususiyatlari.
5.Doimiy magnitli sinxron dvigatellarningafzallik va kamchiliklari?
6.Gibrid qo‘zg‘atishli sinxron generatorlar haqida tushuncha bering.
7.Gibrid qo‘zg‘atishli sinxron generatorlarafzallik va kamchiliklari?