O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limvazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti qo‘lyozma huquqi asosida uo`K


BOB. QUYOSH MODULINI MATLAB AMALIY PAKETIDA MATEMATIK MODELINI QURISH VA TAHLIL QILISH



Download 17,28 Mb.
bet19/34
Sana24.03.2022
Hajmi17,28 Mb.
#508241
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
Alternativ Desertatsiya

BOB. QUYOSH MODULINI MATLAB AMALIY PAKETIDA MATEMATIK MODELINI QURISH VA TAHLIL QILISH.



3.1. Buxoro viloyati hududining quyosh energiyasi resurslar salohiyatini baholash.
Termodinamik usulda quyosh nuri energiyasini energiyaning boshqa turlariga aylantirishga doir amaliy va ilmiy-tekshirish ishlari O’zbekistonda 1920 - yillarda boshlangan edi. 1929 - yilda tamaki eksrtaktini yig’ilgan quyosh nuri yordamida bug’lantirish amalga oshirilgan. 1930 - yilda quyosh nuriga isitiladigan tajribaviy issiqxona qurilgan. 1934 - yilda esa Toshkentda geliotexnika labaratoriyasi, 1934 – yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika – texnika institute tarkibida galiotexnika labaratoriyasi tashkil etildi. Unda quyosh suv isitish qurilmalari, meva quritgichlar, quyosh pilla ivitgichlari va quritgichlari, oltingugurtni quyosh nurlari yordamida suyultirish qurilmalari ishlab chiqarildi va amaliyotga tadbiq etildi. 1946 – yilda Toshkentga ko’gusining diametri 10 metr bo’lgan paraboloid quyilma yasaldi. Bu qurilma xonalarni isitish va havoni mo’tadillashtirish, bug’ hamda muz olish va boshqa tadqiqotlar o’tkazishga yordam beradi. 1978 – yilda Buxoro shahrida geliosuvistgichlar va geliooshxonlarni ishlab chiqaradigan birinchi gelioapparat zavodi qurildi [26].
1963 – yilda yuqorida aytib o’tilgan geliotexnika labaratoriyasi asosida Geofizika bo’limi tashkil etildi. Bu bo’limda quyosh nuri energiyasini termodinamik usul bilan energiyaning boshqa turiga aylantirish ishlari natijasida mustaqil quyosh energiyasi qurilmalarida foydalaniladigan 0,5 – 2,0 kVt quvvatli Stirling sikliga asoslangan issiqlik dvigatellarini, mexanik energiya bilan birga sovuqlik hosil qiluvchi mujassamlashgan Stirling mashina va gidravlik porshenli suv ko’targichlarni barpo qilish imkoniyati tug’ildi.
Past haroratli quyosh qurilmalaridagi issiqlik jarayonlarini o’rganish tufayli xonadonlarni issiq suv bilan ta’minlash tizimlari uchun quyosh suv isitgichlari yaratilgan. Turar-joy kommunal xo’jaliklarni issiqlik bilan ta’minlash uchunishlatiladigan quyosh va yoqilg’i energiyalari yordamida ishlovchi issiqlik ta’minoti tizimlarining optimal ish tartibi aniqlandi, quyosh energiyasidan foydalanib issiq suv va issiqlik bilan taminlanadigan bir nechta tajrubaviy ko’p qavatli uylar qurildi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish uchun havo isitgichlari, quyosh energiyasini yigib, o’zida saqlab turadigan turli issiqlik akkumliyatorlari yordamida isitiladigan issiqxonalar, sho’r suvni chuchuklashtiruvchi quyosh qurilmalari, temir-beton qurilish materiallarini bug’lovchi qurilmalar, shaxsiy xo’jaliklarda foydalanishga mo’ljallangan quyosh meva quritgichlari yaratildi.
To’plangan quyosh nuri bilan bemorlarni davolaydigan tibbiyot qurilmalari, qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lariga ekishdan oldin zaharli kimyoviy moddalarni qo’llamagan holda to’plangan impulisli nur bilan ishlov beruvchi va natijada hosildorlikni oshiruvchi qurilmalar yaratiladi va amalda foydalanish uchun topshiriladi. Quyosh energiyasi va biogazni ishlatuvchi chorvachilik energetika majmuasining alohida loyihasi taklif qilindi.
O’zbekistonda yuqori haroratli materialshunoslikka oid tadqiqotlar 1976 – yildan keng ko’lamda o’tkazila boshlandi. Bu tadqiqotlarda to’plangan quyosh nuri bilan materiallarga ishlov berish usuli asos qilib olindi.
Keyingi yillarda tadbiqiy fanlar, birinchi navbatda materialshunoslik fani tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida quyosh energiyasini to’plovchi katta qurilmalar – kata konsentratorlarga e’tibor yanada kuchaydi. Bunday qurilmalar yordamida yangi materiallarni yaratish, materiallar xossalarini yaratish uchun ularni nur yordamida qayta ishlash, materiallarning issiqlik xossalarini o’rganish, monokristallar o’stirish, o’ta sof materiallar olish, yangi yaratilgan texnik qismlarni kompleks sinovdan o’tkazish kabi muhim ishlarni amalga oshirish mumkin. Keyingi yillarda o’tkazilgan tadqiqotlar esa ularni astrofizikaga oid masalalarni yechishda ham ishlatish mumkinligini ko’rsatgan.
1978 – yilda issiqlik quvvati 1000 kvt bo’lgan Katta quyosh sandoni (pechi) ishga tushirildi. Bunday qurilma shu vaqtga qadar dunyoda faqat Odeyo (Fransiya) shahridagina bor edi. Bu qurilma haqli ravishda O’zbekistonning faxri hisoblanadi. Bu qurilmaga dunyoning ko’plab mamlakatlarda qiziqish katta [27].
1993 – yilda “Fizika – quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida Materialshunoslik ilmiy-tekshirish instituti tshkil etildi.
2000-2002 – yillarda Buxoro va Samarqanddagi yaylovlarda quduqlardan chorva hayvonlarini sug’orish uchun suv tortib chiqaradigan, qo’y junini qirqish elektr qaychilari va cho’pon qunalg’alarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi fotoelektrik qurilmalar ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi.
2003-2014 – yillarda mamlakatimizning yuzlab qishloq virachlik punkitlarida, fermer xo’jaliklari va boshqa muassasalarda quyosh fotoelektr stansiyalar va quyosh suv isitish kollektorlari ishga tushirildi.
Demak, O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha yetarli tadqiqotlar o’tkazilib, keragicha tajriba to’plangan. Binobarin, jannatmakon yurtimizda quyosh energiyasidan keng foydalanish uchun yetarli sharoit bor va imloniyat bo’lgan taqdirda undan foydalanmaslik oqilona ish bo’lmas edi.
O’zbekiston energiya ta’minoti bo’yicha jahonda nufuzli o’rinlardan birini egallasada, o’z tabiiy, geografik xususiyatlariga ko’ra muqobil energiya manbalaridan foydalanishga muhtoj. Chunki hozircha mingga yaqin aholisi kam, borish qiyin bo’lgan va uzoqda joylashgan (cho’l, sahro va tog’ zonalari) aholi punktlari, uch mingdan ortiq cho’pon qunalg’alari elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan yetarlicha ta’minlanmagan. Bu joylarda bir milliondan ortiq vatandoshlarimiz yashaydilar. Quyosh nuri energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilmalar yordamida ularni elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan ta’minlash mumkin.
Respublikamizning janubiy viloyati Buxoro hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari yuqori ekanligi olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda aniqlangan. Shu jumladan mintaqada markazlashtirilgan elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan aholi punktlari va fermer xo’jaliklarini uzluksiz va ishonchli energiya bilan ta’minlashda quyosh energiyasidan foydalanishni baholaymiz.
3.1-rasmda Buxoro viloyati iqlim haroratining yillik o’rtacha ko’rsatgichlari keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlarga asosan Buxoro viloyatida 300 kun quyoshli kun bo’lib, harorat yoz oylarida o’rtacha 35 0C bo’lishi aniqlangan [27, 28].


Download 17,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish