O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limvazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti qo‘lyozma huquqi asosida uo`K


Quyosh energiyasidan foydalanib chuchuk suv olish



Download 17,28 Mb.
bet16/34
Sana24.03.2022
Hajmi17,28 Mb.
#508241
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
Alternativ Desertatsiya

2.3. Quyosh energiyasidan foydalanib chuchuk suv olish

Quyosh suvchuchutkichlari sho’r suvdan chuchuk (ichimlik) suv olishga mo’ljallangan qurilmalardir.


Ma’lumki chullarning ko’p qismida er osti suvlari serob. Bu suvlarni u yoki bu yo’l bilan chiqarib olish mumkin, lekin ular sho’r bo’lgani uchun iste’molga (ichish, choy va ovqat tayyorlashga) va chorvani sug’orishga yaramaydi. Okean va dengiz (ba’zi ko’llar) suvlari xam shunday.
1 l yomg’ir suvida 300 mg gacha aralashmalar bor. Inson 1 litrida 1 - 1,5 grammgacha tuzi bulgan suvni ichishi mumkin. Qizilqum va Qoraqumda yer osti suvlarining 1 litrida 25 grammgacha tuz bor (Qorakalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) [23].
Suv chuchutishning asosiy usuli - bu suvni bug’lantirish va bug’ni kondensatsiya qilishdir. Agar bu ish yoqilg’i (o’tin, ko’mir, gaz, elektr energiyasi va x-k.) xisobiga amalga oshirilsa, bu usul juda qimmatga tushadi. Shuning uchun suv chuchitishni quyosh energiyasidan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu birinchidan, tekin energiya, ikkinchidan, o’tin qalab o’tirish va nazorat kilib turishni talab kilmaydi, hech qanday yoqilg’iga zarurat yo’k va ekologik jihatdan toza. Quyosh nuri energiyasidan foydalanuvchi suv chuchitkichlarning ko’plab turlari bor. Ulardan eng soddasi quyosh havo isitkichi asosida ishlovchi kurilmadir. Uning tuzilishi quyidagicha: 1 - quti, uning bir tomoni baland, bir tomoni pastrok, ichi kora rangga bo’yalgan, 2 - qutining tubi, 3 – sho’r suv, 4 - chuchuk suv oqib tushadigan yarimnay, 5 - shisha, 6 – sho’r suv quyiladigan voronka (karnay), 7 - kondensatsiyalashgan suv tomchilari, 8 - chuchuk suv to’planadigan idish.

2.5 – rasm. Quyosh energiyasidan foydalnib chuchuk suv olish qurilmasi.

Bu qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha: qutining ichi kora rangga bo’yalgani uchun u issiqlikni yaxshi yutadi. Avval chuchitkich janubga (quyoshga) qarab o’rnatiladi, ichiga yetarli mikdorda sho’r suv quyiladi. Shisha orqali quyosh nurlari chuchitkich ichiga o’tgach, uning devorlari, va sho’r suvda yutiladi, natijada uning ichida temperatura ko’tariladi. Temperatura ko’tarila borib, suv bug’lana boshlaydi. Bug’lanish shu darajaga yetadiki, shisha oyna va sho’r suv orasidagi hajmda havo bilan bug’ aralashmasi hosil bo’ladi. Shisha tashqi muhit va xavo-bug’ aralashmasi chegarasida bo’lgani uchun uning ikki sirtida ikki xil temperatura bo’ladi. Ya’ni ichkarida bug’- havo aralashmasining temperaturasi katta, tashqi havoning temperaturasi esa kichik bo’ladi. Shuning uchun suv bug’lari shishaning ichki devorida kondensatsiyalana boshlaydi, ya’ni suv tomchilari 7 hosil bo’ladi. (Sovuq vaqtlarda uylarning deraza oynalari “terlashi”ni eslang). Hosil bulgan suv tomchilari shishaning ichki sirtidan oqib qiya o’rnatilgan maxsus yarimnayga 4 tushadi va idishga 8 to’planadi. Kondensatsiyalanish jarayoni sekinlik bilan sodir bo’lgani uchun nay uchidan chuchuk suv tomchi-tomchi bo’lib tushadi.


Yoz oylarida bu qurilmada kuniga har bir kvadrat metr yuza hisobiga 3-4 litr chuchuk suv olish mumkin.
Bug’lanish yuzasini oshirish, ya’ni chuchuk suv olish unumdorligini oshirish uchun qiya-zinali va regenerativ suv chuchutkichlar turlari qo’llaniladi. Bundan tashqari, quyosh nurlarini to’plash qurilmalari - konsentratorlardan foydalanish ham suv chuchutkichlar unumdorligini keskin oshiradi.
Quyosh oshxonasi:
Quyosh oshxonasi quyosh uchog’i, quyosh qozoni, quyosh tandiri, quyosh kurasi kabi qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bunday qurilmalarning turlari nihoyatda ko’pdir.
Eng sodda quyosh qozoni (ovqat pishirgich) turlaridan ba’zilari quyida ko’rsatilgan: 1 - quyosh energiyasini to’plovchi paraboloid shakldagi konsentrator, 2 - ovqat yoki suv qaynatishga mo’ljallangan qozon (idish), 3 - qozonning (idishning) og’zini zich kilib yopib qo’yadigan sterjenlar, 4 - qozonga solingan suyuqlik, 5 - qozonning tubi, 6 - qozonning klapani, 7 - qurilmaning tirgaklari.




    1. rasm. Quyosh oshxonasi tashqi ko’rinishi.

Quyosh qozonining ishlash prinsipi quyidagicha: quyosh nurlari paraboloid shakldagi botik sferik kuzgudan qaytib, uning fokus tekisligida yorug’ dog’ shaklida to’planadi [24]. Shu fokus tekisligida qozonning tubi joylashtirilgan. Demak, qozon tubiga quyosh nurlari yig’iladi va uning isishi natijasida temperaturasi ko’tarilib, qozon ichidagi suyuklik temperaturasi ham ortib boradi. Qozondagi suvning temperaturasi oshib borishi bilan unda konveksiya hodisasi yuz beradi va suyuqlik (suv)ning temperaturasi1000C ga yetib, u qaynay boshlaydi. Ovqat pishirishda qozonning klapani ochib qo’yiladi, aks holda uning ichidagi bosim ortib ketib, qozon yorilishi mumkin.


Bu kurilmada konsentratorni vaqti-vaqti bilan quyoshga to’g’rilab turish kerak.
Konsentratorning o’lchamlariga kelsak, u qozonning hajmiga qarab aniklanadi. Masalan, Uzbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fizika - Quyosh” ilmiy-ishlab chikarish birlashmasi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bunday qurilmaning qozoni 5 litr suyuqlikka mo’ljallangan va paraboloid shaklidagi quyosh konsentratorining diametri 160 sm.
Eng sodda quyosh tandiri diametri 1 metrli paraboloid ko’zgu- konsentrator va qolipdan iborat. Xamir turadigan qolip qora rangga bo’yalgan bo’lib, u konsentratorning fokal dog’i - fokusi tekisligida joylashtirilgan.
Qolipning qopqog’ida suv bug’lari bemalol chiqishi uchun teshikchalar qoldirilgan. Issiqlik qoliplar bir me’yorda taqsimlanishi va saqlanishi uchun u alyuminiydan tayyorlangan. quyosh tandirida non 20 - 25 minutda pishadi va uning sifati odatdagi tandirlarda pishirilgan non sifatidan qolishmaydi.
Sodda quyosh o’choq-qozonlaridan biri shu qo’llanma mualliflari tomonidan yasab, sinovdan utkazilgan. Uning tuzilishi:


    1. rasm. Sodda quyosh o’choq qozonlari.

Diametrlari 150 sm va 80 sm bo’lgan ikkita chambarak (krug) bir- biridan 20-25 sm uzoqlikda joylashtiriladi va ularning orasiga trapetsiyasimon kuzgular 3 o’rnatiladi. Ya’ni, biz yuqorida aytib o’tgan konussimon konsentratorning bir kesimi hoosil bo’ladi. Uning fokal chizig’iga ichki diametri 6 - 8 sm bo’lgan silindrsimon metall nay (truba) 4 o’rnatiladi (uning osti berk). Bu silindr o’choq va qozon vazifasini o’taydi. Uning ichida choy uchun suv qaynatish, ovqat pishirish (qaynatish), kabob pishirish mumkin.


Konsentratorning yuzi ~ 1,2 m2 bo’lib, u 1000 W quvvatga mo’ljallangan va silindr ichidagi temperaturani 1000C gacha ko’tara oladi.




    1. Download 17,28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish