Simulink-dinamik sistemalarni modellashtirish imitasiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok diagrammalarini qurish dinamik tizimlarni imitasiya qilish, tizimlarni ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammalashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to’la integrallashgan [31].
Simulinkni ishga tushurish. Matlab dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin (1-rasm) Simulink dasturini qudagi uchta usulning biri yotdamida ishga tushurish mumkin:
Simulink tugmasini bosish:
MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so’zini terib klaviaturadagi “enter” klavishasini bosish;
File menyusida Open… buyrug’ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) ochish.
3.4-rasm. MATLAB dasturining asosiy oynasi.
Birinchi va ikkinchi usullardan foydalanilganda Simulink bibliotekasi bo’limlarining Browse oynasi ochiladi (3.4-rasm).
Simulink bibliotekasi bo’limlari: 3.5- rasmda Simulinkning asosiy bibliotekasi (oynaning chap tomonidan) va uning bo’limlari (oynaning o’ng tomonida) ko’rsatilgan.
Simulink bibliotekasida quydagi asosiy bo’limlar mavjud:
Continuose – chiziqli bloklar;
Discrete – diskret bloklar;
Function & Tables – funksiyalar va jadvallar;
Math – matematik amallar bloklari;
Nonlinear – chiziqli bo’lmagan bloklar;
Signals & Systems – signallar va tizimlar;
Sink – registratsiya qiluvchi qurilmalar;
Sources – signallar va ta’sirlar manbalari;
Subsystems – ost tizimlar;
Simulink bibliotekasi bo’limlarining ro’yxati daraxtsimon shaklga ega bo’lib bunday ro’yxatlar bilan ishlash qoidalari odatdagidek. Bibliotekaning zarur bo’limi tanlanganda uning tarkibi oynaning o’ng qismida ochiladi. Oyna bilan ishlashda menyuda jamlangan buyruqlardan foydalaniladi. Menyuda quydagi tugmalar mavjud:
File (fayl) – biblioteka fayllari bilan ishlash;
Edit (Tahrirlash) - bloklarni qo’shish va ularning izlash (nomi bo’yicha);
Help (Yordam) – biblioteka bo’yicha yordam oynasini chiqarish.
Model yaratish: Simulink muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur:
File/New/Model, buyrug’i yoki asboblar panelidagi tugma yordamida modelning yangi yaratiladi. Modelning yangi yaratilgan oynasi 3.6-rasmda ko’rsatilgan;
Model oynasida bloklarni joylashtiriladi. Buning uchun bibliotekaning kerakli bo’limi ochiladi (masalan, Sources – manbalar). So’ngra kerakli blokni kursor bilan ko’rsatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosib yaratilgan oynaga suriladi. Bloklarga ega bo’lgan model oynasi 3.6-rasmda ko’rsatilgan. Agar blokni yo’qotish zarur bo’lsa uning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi, keyin esa klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi.