O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti san’at fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining vazifalari



Download 0,56 Mb.
bet8/27
Sana29.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#593491
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Yangi BITIRUV MALAKAVIY ISH

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

  • fanlararo integratsiyalashdan foydalanish tushunchasining mohiyati va vazifalarini tahlil qilish;

  • texnologiya ta’limi darslarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishning shakl va yo’llarini izlab topish.

  • Texnologiya ta’limi darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 6 band, 8 ta chizma va rasm, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va so’ngida internet ma’lumotlaridan iborat.

I bob. Texnologiya darslarida fanlararo integratsiyalardan foydalanib o’qitishning nazariy asoslari.

I.1. Ta’lim tizimida fanlarni integratsiyalab o’qitishning pedagogik, psixologik va metodik asoslari.

Hozirgi kunda ta’lim sohasida fanlararo uzviylikni ta’minlash, ta’lim tizimiga ilg’or usullar bilan yangi mazmun va shakl berish yangi asr avlodini tarbiyalashning muhim jihatidir. Fan va ta’lim rivojlanib borgani sayin integratsiyalashgan ta’lim mazmun mohiyati haqida yangi fikrlar, qarashlar yuzaga kela boshladi. Integratsiyalashgan ta’lim tizimida o’qitishning bunday shaklida ta’lim oluvchilarning keng qamrovli tarzda o’zlashtirishlarini, mavjud tasavvur va dunyoqarashlari doirasini yanada mukammal mazmun bilan boyitishni ta’minlaydi.


“Integratsiya” atamasi nomi jihatidan yangi bo’lib, mazmun va moxiyati jixatidan o’zaro tarixga ega. Jamiyatda, hayotda, turmushda, sanoatda, koinotda xullaski, mikro olamdan tortib makro olamgacha integratsiya muhim ahamiyatga ega. Integratsiya – juda keng ma’nodagi tushuncha. Integratsiya turli davrlarning ilg’or pedagoglari va boshqalarning nazariy va amaliy izlanishlarida o’z ifodasini topgan. Aslida “ Integratsiya “ so’zi lug’atda lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, tiklash, to’ldirish, ( integer ) - butun , to’liq, yaxlit degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda “integratsiya “ tushunchasining aniq ta’rifi, metodik adabiyotlarda, bu muammo bo’yicha shug’ullangan olimlar tomonidan bir biriga yaqin bo’lgan ta’riflarda berilgan. Xususan qo’shchanov M. K., Akobirov S. T., Adxamova N. A va b. “ Ruscha o’zbekcha lug’at”ida (1983) “integratsiya” bog’langan holda keltirmoq deb bayon qilingan. Demak, integratsiyani aloxida elementlarni yig’ib, ularni birlashtirish, yaxlit xolga keltirish deb tushunish mumkin.
Pedagogikada integratsiya tushunchasiga birinchi bo’lib, akademik I. D. Zverev 1970-1980- yillar orasida ta’rif bergan edi: “Integrasiya – bu ajralmas qilib bog’langan, yagona qilib yaratilgan natija va jarayon. O’qitishda u – turli o’quv predmetlarining elementlari bir sintezlashgan kurs (mavzu, dastur bo’limi)da jamlanishi, fan tushunchalari bilan turli fanlarning umumilmiy tushunch alar, bilish metodlari majmualashuvi va fanlararo o’quv muammolarini ochishda fan asoslari yig’indisi yaxlitlashuvida ifodalanadi.”
O’qiv fanlarini integratsiyalashda quyidagilarni ajratish aloxida ahamiyatga ega ( 1.1-chizma).
YU. M. Kolyaginning fikriga ko’ra “integratsiya” tushunchasini ikki xil ma’noda anglash mumkin. Buning birinchisiga ko’ra, “integrapiya” – atrof muhit haqida yaxlit tasavvurni yaratish. Ya’ni boshqacha qilib aytganda, bu yerda integratsiyaga o’qitish maqsadi sifatida qaraladi. Ikkinchisiga ko’ra integratsiya predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topish vositasi, ya’ni integratsiyaga o’qitish vositasi sifatida qaraladi. Bundan tashqari “Integratsiya” tushunchasi bevosita XVIII asrlarda G. Spenser tomonidan o’z qo’lyozmalarida qo’llanilgan. Integratsiya tushunchasining mazmuni keng qamrovli bo’lib, koinotdagi jismlararo mujassamlashuvdan tortib, fanlararo bilimlarning integratsiyalashuvigacha ob’ektiv tarzda qaraladi.

Integratsiyaga bog’liq bo’lgan qarashlar nafaqat g’arb mamlakatlarida balki, sharq mamlakatlarida ham oldindan mavjud bo’lgan. Masalan, Alisher Navoiy asarlarida xam inson, har tomonlama bilimga ega bo’lib, tabiatga ongli munosabatda bo’lishi kerakligi ko’rsatib o’tilgan. Uning 1484- yilda yozgan “Sab’ai sayyor” ( Yetti sayyora ) dostonida osmondagi yetti sayyoraga bog’liq holda haftaning yetti kunining kelib chiqishining tarixi, tabiat bilan insonlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, asarning bosh qaxramoni – Baxromdek har tomonlama yetuk bilimga ega bo’lmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi qayt etilgan. Eramizdan oldingi VII - VI asrlarda yashab o’tgan Xorazmlik Zardo’sht “Avesto” kitobida integratsiya atamasini qo’llamagan bo’lsa ham, shunga o’xshash bir-birini to’ldirib turuvchi so’zlarni yozib qoldirgan. “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” bu uch hislat insonni boyitib, to’ldirib turadigan va uni kamolotga yetaklaydigan, faqat yaxshi ishlar qilishga undaydigan yo’l bo’lib xizmat qiladi.


Fanlararo aloqalar, o’qitish ta’moyili sifatida o’tgan asrning 60-yillarida fanlararo aloqalar muammosini ta’limni faollashtirish va uning ilmiy hamda nazariy saviyasini oshirish g’oyalari nuqtai nazaridan tadqiq etilib, keng yoyildi va bu jarayonda fanlararo aloqadorlikning quyidagi turli jihatlari o’rganilib chiqildi:

  • Bilim, ko’nikma va malakalarni egallash samaradorligini oshirishning didaktik vositasi sifatida;

  • O’quv faoliyatida o’quvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, ularning bilimga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish jarayoni sifatida;

  • O’qitish tamoyillarini va uning ilmiyligini amalga oshirish vositasi sifatida [9].

Integratsiya orqali o’quvchilarda tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o’quvchilarning butub bir fanlar tizimining bilishini ta’minlaydi. (fizikaviy, kiyoviy, biologik, bilimlar tizimi) o’qib, o’rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog’lanishlari aks ettiriladi. Jonsiz narsalar ya’ni predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog’onasi hisoblanadi. Ular biliblarning turli yo’nalishlarini birlashtiradi, hodisa, voqea yoki jarayonning xilma-xilligini bilishiga imkoniyat beradi. SHu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilblardan foydalanishga, ularni bir birigga bo’ysundirishga, bilimlar chegarasida bo’shliqlarni aniqlashga imkon beradi.
Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o’quvchilarni o’qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqidagi tushunchaning shakllanganligi, o’z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo’lga solish zaruratini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida predmetlararo ichidagi va orasidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog’liq. Ta’limdagi integratsiya o’quv predmetlari mazmunini konstruktsiyalashga tizimli yondashish orqali ko’rib chiqiladi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish