Texnologiya va biologiya. Biologiyaga oid tushuncha va malumotlarni ham biz texnologiya darslarining kopgina mavzularida uchratishimiz mumkin. Masalan, 5-7-sinflardagi yogochlarga ishlov berish bobida, yogochlarga ishlov berish darslarida esa daraxt(yogoch)larning turlari va tuzilishini ularning yoshini, nuqsonlarini va namligini aniqlashda ham korishimiz mumkin. Shuningdek, amaliy mashgulot darslarida terlash, charchash, jismoniy zoriqish kabi fiziologik hola tlar hamda ularning zararli oqibatlari, tozalik va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni tushuntirishda ham biologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi tibbiyot kabi fanlardagi bilimlarga asoslanib ish olib briladi. Texnologiya oqituvchisi amaliy mashgulotlarni otkazish jarayonida xushyor bolishi talab etiladi. Chunki 13-15 yoshdagi oquvchilar otish davri deb ataluvchi biologik jihatdan faol davrda bolishadi. Bunda oquvchilarning qol oyoqlari, boyi tez osadi, ovozi ozgaradi. Kop hollarda ichki bezlar bunday osish suratini yetarli taminlay olmaydilar. Natijada oquvchilar tez charchab qoladilar, ozlarini noxush, holsiz sezadilar. Shuning uchun bu yoshda surunkali, ogir jismoniy ish bajarilishga jalb etib bolmaydi [16], [17].
Texnologiya va informatika. Hozirgi zamon sanoatida mahsulot ishlab chiqarishga oid texnologik jarayonlarni takomillashtirib borishni elektron hisoblash mashinasi va informatika asoslari fanisiz amalga oshirish qiyin. Zamon talablaridan kelib chiqib shahar va qishloqlarda yangi yangi, kichik, orta korxonalar ochilib ish boshlamoqda. Ana shu ishlab chiqarish muassasalarida zamonaviy avtomatik boshqarish tizimidan foydalanishga katta etibor berilmoqda. Shuning uchun texnologiya darslarida oquvchilarning elektron hisoblash mashinalari va informatika asoslari fani boyicha olgan bilim va konikmalarni hisobga olgan holda ularni ishlab chiqarish jarayoniga qanday tatbiq etishga oid tushunchalarni berib borish zarur. Masalan: oquvchilarga materiallarga mexanik ishlov berish boyicha tokarlik, frezalash, randalash, prokatlash, parmalash stanoklari bilan tanishtirayotganda oquvchilarga hozirgi kundagi takomillashgan avtomat va yarim avtomat dasturlashtirilgan stanoklarning ishlash prinsplari, nimaga asoslanib ishlashini aytib otish joizdir. Oquvchilar yuqorida aytigan stanoklarda bajariladigan operasiyalarni
bir stanokda, yani dasturlashtirilgan sistemadagi bir necha ishlar : yonish, teshish, rezba ochish, pardozlash va boshqa operasiyalarni bajarishdagi qulayliklar haqida gapirib otilsa yanada yaxshiroq boladi. Shuningdek, bunday ishlar uchun dastur tuzishning ahamiyati haqida ham alohida toxtalib otilishi kerak [16], [17], [19]. Yana oquvchilarning dunyoqarashini kengaytirgan holda texnologiya va informatika bir birlariga yaqin tushuncha ekanliklarini va hozirgi paytda texnologiyani informatikasiz, informatikani esa texnologiyasiz tasavvur etib bolmasligini ham aytib otish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |