Texnologiya va rasm. Texnologiya darslarida rasmlarning tutgan orni benihoya kattadir. Chunki birorta buyum yoki detalni yasashdan avval uning rasmi yoki eskizi chiziladi va oquvchilarga korsatiladi. Oquvchilar ham ana shu rasmlarni daftariga kochirib, chizib oladilar. Oquvchilar ana shu rasmlar orqaliosha detal yoki buyum togrisida tasavvur hosil qiladilar. Korinib turibdiki bu yerda oquvchilarning har xil rasmlar chizish malakasi ham shakllana boradi. Lekin tajribalardan malumki, rasm chizish oson ish emas. Kopgina oquvchilar rasm chizishga oid yetarli malumot va malakaga ega bolmasliklari uchun bu ishni bajarishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shuning uchun oqituvchi texnologiya darslarida oquvchilarga buyumlarning texnik rasmi, eskizi, yaqqol tasviri, rasmlarni chizishdagi ish ketma ketligi, shuningdek ranglarni farqlash, ularni mutanosib joylashtirish va shu haqida ham tushuncha berib borishga togri keladi [16], [17]. 6-sinf Servis xizmti yonalishi, Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bobi, Yubka chizmasini chizish. Yubka eskizini chizish va modellashtirish mavzusida rasm darsi nechoglik zarur ekanligini korishimiz mumkin. Bunda eskiz qanchalik chiroyli chiqsa, tayyorlagan andoza xam xuddi shunday chiqadi.
Texnologiya va chizmachilik. Texnologiya darslarini chizmachiliksiz tasavvur etib bolmaydi. Texnologiya darslarida chizmachilik ham oz ornida juda zarurdir. Chunki har qanday detalni yasash uchun uning chizmasini oqishdan boshlanadi va bu jarayonda oquvchida bolajak buyum, uning qismlari togrisida tasavvur hosil boladi. Binobarin, taxnologiya darslaridagi muhim korgazmalardan biri bolgan texnologik va instruksion kartalarni chizish va ulardan foydalanish ham chizmalardan qanday foydalanishga bogliqdir. Demak, oquvchilarning amaliy faoliyati va tayyorlanadigan buyumlarning sifati kop jihatdan ularning chizmachilikdan bolgan bilim va konikmalariga ham bogliq ekan. Biroq chizmachilik 8-sinfdan boshlab oqitiladi. Shu sababli texnologiya oqituvchisi 5-sinfdan boshlab oquvchilarga chizma, olcham, oq chiziqlari, kesim, qirqim,. Chzimachilik asboblari va ulardan foydalanish haqida malumot berib borishi zarur. Bunda oquvchilarning oldingi sinflarda shu sohaga oid olgan bilimlarini hisobga olgan holda ish korish lozim [16], [17].
Oquvchilar oquv ustaxonalarida ishlaganda yoki dars mashgultlarida ham chizma chizishlariga togri keladi. Oqituvchi dars mashgulotlarini chizmalarda ifodalab tushuntirsa oquvchilarda tushunish va tasavvur qilish osonlashadi. Har qanday buyumni tayyorlash jarayonida avval buyumga mos material tanlanadi. Undan song eskizi chizilib, chizmalar yordamida andozalar olinadi. Amaliy mashgulotlar davomida oquvchi har qanday buyum tayyorlashda texnologik xaritadan foydalanadi. Oquvchi butun mashgulot davomida chizmaga murojaat qilib turadi. Bu esa ish ketma-ketligini buzilmasligiga yordam beradi. Malumki har qanday buyumni old, yon va yuqori tomonlari hamda fazoviy korinishlari mavjud, bu esa chizmachilik fanida orgatiladi. Oquvchilarning bazi birlari fazoviy korinishlarini tasavvur qilishlari qiyin, lekin tasavvur qilishganlarida tasavvur qilgan buyumlarini ishtiyoq bilan yasagilari keladi va tezroq nihoyasiga yetkazib, ozlaridan faxrlangisi keladi. Shuning uchun har mashgulotlarda buyumning chizmasi bilan birga fazoviy korinishi ham berilsa talim samaradorligi yanada ortadi. Texnologiya va chizmachilik fanlarini darsliklarda koradigan bolsak, 6-sinf Texnologiya va dizayn yonalishi, Maxsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bobi, salfetka uchun taglik yasash mavzusida chizmalardan va qirqimlardan keng foydalanilgan. Tayyorlanayotgan buyumning nafis, chiroyli va tekis chiqishi chizmalarga bogliq boladi.
Texnologiya va tasviriy sanat. Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy sanatning kopdan-kop sohalari bilan uygunlashib ketadi. Tasviriy sanat rasomlik, grafika, haykaltaroshlik va foto sanatisohalarini oz ichiga oladi. Tasviriy sanat real borliqni korgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni ularning tarkibiy shakli, orni bolishini oziga oxshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi. Hunarmandchilik ishlarini bajarishda oldin uning tasviri tushiriladi, songra ushbu tasvirga ishlov beriladi. Masalan: naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, pichoqchilik, gilamdozlik, zardozlik, yogoch oymakorligi, zargarlik vahokazolar [16], [17]. Texnologiya va tasviriy sanat darslari bogliqliklarini sinflar kesimida koradigan bolsak, yuqorida keltirib otilganidek 6-sinf darsligidagi salfetka uchun taglik yasash jarayoni nihoyasiga yetkazilganida eng oxirgi ish- ishlov berish va pardozlash boladi. Pardozlash jarayonida buyumga turli xil ranglar orqali jilo berish mumkin. Ranglarni bir-biriga mutanosib tarzda tanlash esa albatta tasviriy sanat faniga borib taqaladi.
Texnologiya va jismoniy tarbiya. Talim tizimidagi texnologiya fani darslarining 80% amaliy mashgulotlardan iborat. Shu sababli oquvchilarning amaliy mashgulotlarda charchab qolmasliklari kop jihatdan ularning jismoniy chiniqishlariga bogliqdir. Texnologiya amaliy darsidagi olib boriladigan mashgulotlar xuddi jismoniy tarbiya darsida bajariladigan mashqlarga xam oxshaydi. Masalan: arralash, randalash ishlari gimnastika, bolgalash ishlari boks, chamalash ishlarini esa moljalga olish kabilarga qiyoslash mumkin.
Texnologiya va tarix. Kohna va navqiron olkamiz kop ming yillik tarixga madaniy merosga ega. Olkamizda xalq xunarmandchiligining naqqoshlik, oymakorlik, memorlik kabi onlab noyob kasblar ravnaq topgan. Qoli gul ustalar tomonidan ajoyib buyumlar yasalgan, muhtasham binolar qurilgan. Ularning ishlarini fidoyi shogirdlar davom ettirib kelganlar, shuning uchun biz moziyga, otmishimizga nazar tashlamasdan turib, hozirgi hayotimizni, kelajak turmushimizni gullatib yashnata olmaymiz. Zero Birinchi Prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimov ham tarixiy xotirasiz kelajak yoq deb bejiz aytmaganlar. Barkamol avlodni tarbiyalashda tarix fani maktabdagi texnologiya talimi darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Oquvchilarni hunarga, xususan xalq xunarmandchiligiga qiziqtirishda tarixdagi qurilish, binolarning ustalari, mohir qollar, zargarlar, duradgorlar, temirchilarning qilgan ishlari bilan tanishtirish mumkin. Hozirgi kunda xalq amaliy sanatiga, hunarmandchiligiga etibor kun sayin ortib bormoqd. Masalan, xozir kopchilik maktablarda xontaxta, eshik, rom, darvoza, sori, sandal, beshik sandiq, milliy kursi kabi buyumlarni tayyorlash ishlari oquvchiga dars mobaynida orgatib borilmoqda. Bularning xammasi tariximizga, milliy qadriyatlarimizga bolgan etiborning bir korinishidir. Bundan tashqari, texnologiya darslarida maktabdagi yoki tumanlardagi olkashunoslik muzeylariga ayrim buyumlarning namunalarini yasab berish orqali ham oquvchilarga tarixiy malumotlar hamda tushunchalar berish, ulardan otish ajdodlarimizning sanat va ustachiligidan zavqlanish, faxrlanish hissini tarbiyalash mumkin [16], [17]. Texnologiya faqat bu tomonlar bilangina emas, balki, kiyimlar tomoni bilan ham tarix faniga aloqador hisoblanadi. Masalan, 7-sinf Servis xizmati yonalishi, Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bobi, Kiyim haqida umumiy malumot. Tikiladigan kiyim uchun gazlama va fason tanlash mavzusini oquvchilarga orgatish jarayonida ozbek xalqining tarixiy kiyimlari, ularni fasonlari, gazlamalrining turlari, ranglari, vaqt otishi bilan kiyimlarning ozgarganligi haqida ham malumot berib otilsa oquvchilarda darsga nisbatan qiziqish yanada kuchayadi.
Texnologiya va ekologiya. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharotida ish asboblari va xom ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish kun tartibidagi asosiy talablardan biri bolib qoldi. Amaliy mashgulotlarda xom ashyolardan va asbob-uskunalardan tejamsiz, pala partish foydalanish pirovard oqibatida ekologiya muammosiga kelib taqaladi. Shuning uchun oquvchilarga yogoch, metall, plastmassa kabi materiallarni berayotganda nima uchun shu xom ashyolarni tejamkorlik bilan ishlatish zarurligini aytib otish lozim. Ularga bu narsalarning uzoq davrlar mobaynida va qanday yollar bilan vujudga kelishini hamda tabiatga qanchalik tasir korsatishini yoki bogliqligini gapirib otish mumkin. Yuqorida aytilgan fikrlar texnologiya fanidagi fanlararo uzviy boglanishlar talim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini korsatadi. Bilamizki bitta darsni birdaniga hamma fanlar bilan boglab otib bolmaydi, balki organilayotgan mavzuga mos keluvchi tushuncha va malumotlarni tanlab olib, zarur paytda ulardan foydalaniladi. Shuningdek texnologiya darslarida boshqa fanlar jumladan chet tili, iqtisod kabi fanlardagi tushunchalardan ham keng foydalanish mumkin. Ayniqsa 8-9- sinflardagi berilgan mavzularda iqtisod fanini boglab otmasak bolmaydi. Biroq aytib otish joizki aytib otilgan bu ishlarni barchasini texnologiya fani oqituvchisining ozi uddalay olmaydi. Amalga oshirilishi zarur bolgan ishlarni barcha fan oqituvchilari birgalikda amalga oshirilishi kerak. Buning uchun oquv yili boshida maktabda oqitiladigan fanning muallimlari ozaro kelishilgan holda yakdil bolib birgalikda oquv rejasi tuzishlari, qilinajak va bajarilgan ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda, metodik birlashmalarning yigilishlarida hisobot berib turishlari, ozaro tajriba almashib borishlari zarur [16], [17].
Texnologiya va ona tili. Mavzularni bayon qilishda ona tiliga mos holda ayrim atamalarning ozbekcha shaklini korsatish lozim. Jumladan, verstakni dastgoh, remontni - tamir, slesarni chilangar, lineykani jazbar, xolodilnikni muzlatkich kabi onlab atamalarni misol keltirish mumkin. Shular qatorida ayrim soz va atamalar ham borki, ularning ozbekcha tarjimasi yoq, chunki ular ifodalangan narsa va bular ilgari bizda ishlatilmagan, shuning uchun osha sozlarni ozlashtirishsiz qollash lozim boladi. bu sozlar tiski, otvyorka, rezba, rezina, montaj, plastmassa, agragat, seyalka, borona, voltmetr, diod, zubilo, shtangensirkul, transporter, stanok kabi atamalarni misol qilib korsatish mumkin. Shuningdek, ona tili darslarida ayrim mavzularni orgatish jarayonida kasb-hunarga oid masalalarni qollash orqali ham fanlarni bir-biriga boglash mumkin. Jumladan kasb-hunar sozlari mavzusi organilayotganda duradgorlik, tikuvchilik, toquvchilik, pazandachilik va boshqa kasblarga doir atama va sozlardan keng foydalanish, ularni oquvchilarning ozlariga topshirish, uyda yozib kelish uchun vazifa qilib berish mumkin. Bunday ishlar orqali oquvchilarga xar xil kasb-hunarga malum darajada qiziqish va ishtiyoq uygonadi [16], [17]. Yana bundan tashqari taexnologiya darslarida amaliy mashgulotlarni olib borish jarayonida oqituvchidan ham amaliy mashgulotni bajarish, ham mashgulot davomida mavzu boyicha malumotlar berib otish talab qilinadi. Bunday holatda oqituvchining nutqi ravon bolishi kerak boladi. agar oqituvchi amaliy mashgulotni oquvchilarga orgatish davomida sukut saqlaydigan bolsa, oquvchilarda zerikish hissi paydo boladi, natijada oquvchilarning diqqati bolinib, dars mashgulotiga tushunmay qolishiga olib keladi. Masalan, 5-sinf Servis xizmati yonalishi, Pazandachilik asoslari bobi, Sabzavotlardan salatlar tayyorlash amaliy mashguloti davomida kartoshkaning vatani Janubiy Amerika, uning 150 dan ortiq turi mavjud, biz yashayotgan paytdan XIV asr oldin paydo bolgan va bizni olkamizga XIX asrning 70-yillarida kirib kelgan, kartoshkadagi oqsillar, vitaminlar, ayniqsa, kartoshkada kraxmal kop bolishi oqituvchi tomonidan chiroyli nutq bilan gapirilib mashgulot otkazilsa oquvchilar ham korib, ham eshitib organishadi.
Texnologiya va adabiyot. Malumki texnologiya darslarida adabiyot fanining boglanishi sezilarli darajada namoyon boladi. Chunki adabiy asarlarda mehnat tarbiyasi va mehnatsevarlik goyalari ufurib turadi. Texnologiya darslarida bulardan omilkorlik bilan foydalanish, zarur parchalarni oqib berish kerak. Shuningdek,mashhur shoirlar otmishda ustalar tomonidan yasalgan ajoyib moslamalardan foydalanganlarini ham eslatib otish mumkin. Masalan, oquvchilarga kitob qoyish uchun moljallangan lavh haqida malumot berish bilan bevosita Nizomiy, Al-Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Lutfuy, Alisher Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi allomalarimizning ijodiy faoliyatlariga toxtalib, ular mana shu lavhlardan foydalanib kitob mutoala qilganini aytib otish orinlidir. Abdurauf Fitrat mohir zardoz bolganligini eslatib otish maqsadga muvofiq boladi. bulardan tashqari nazariy va amaliy darslarda olchov olish ishlarini xalq ogzaki ijodi bilan boglash mumkin. Bu orinda quyidagi xalq maqollarini keltirish orinlidir: Yetti olchab bir kes, Rejasiz ish qolipsiz gisht, Sanamay sakkiz dema, Ish quroling soz bolsa, mashaqqating oz bolur va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |