O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti san’at fakulteti


I.3. Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardagi muammolar va yechimlar



Download 0,56 Mb.
bet11/27
Sana29.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#593491
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Yangi BITIRUV MALAKAVIY ISH

I.3. Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardagi muammolar va yechimlar

Ta’lim jarayonida bir muncha o’zaro aloqador fanlararo integratsiyani hosil qilinishi o’quvchi ongida va tasavvurlari tizimida hosil bo’ladigan ma’lumotlarni generelizatsiya (saralanishi) qilinishini mumkin qadar tezlashtiradi. Natijada yangi ma’lumotlarni qabul qilish, o’zlashtirish, mantiqan tushunib yetish va fikran muhokamaqila olish imkoniyati kengayadi. Asosan yangi mavzuni, ma’ruza, nazariy mashg’ulotlarni va ayniqsa birorta ko’rgazma yo’q bo’lgan holatlarda qo’llanilsa ta’lim oluvchilarda nafaqat o’zlashtirish faolligi, balki qiziqish hissining hosil bo’lishiga ham erishiladi. Shunga qaramasdan hozirgi kunda integratsiyalangan ta’lim yaratish muammosi dolzab bo’lib turibdi.


Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo’llaniladi. Birinchisi bir nechta fanlarni bir – biriga birlashtirish. Shu masaladagi 1988-yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba o’rganilishi natijalari juda keng. Ko’pchilik xorijiy mamlakatlar texnologiya fani darslarini o’ziga xos xususiyati integrallash muammolarini tadqiq etmoqdalar. Har bir o’quvchiga o’tilayotgan dars tushunarli va aniq bo’lishi va uni uzoq vaqt davomida xotirasida saqlab qolishi uchun boshqa fanlar bilan uyg’un holda tushuntirish kerak ekanligi uqtirilmoqda. Bu esa albatta o’quvchi ongiga ham bog’liq bo’ladi. “ O’qiuvchi ongi – ta’lim integrasiyasida yetakchi omildir. Ta’limda bunday mazmun integratsiyalanmaydi. Ta’lim tizimida ketma-ket ravishda bilim ongning integratsiyasi sodir bo’ladi. Ongning turli bilimlar bilan integratsiyalashuvi yangi bilim yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi, demak, antropomarkazlashgan, rivojlanayotgan ta’limning muhim ko’rsatkichi – o’quvchining yangi o’quv matnlarini yuzaga kelish qobiliyatidir”. Integrativ ta’limning maqsadi- bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigantil bilangina emas, hayvonlar, o’simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir.
Integrativ ta’limning maqsadlaridan yana biri o’zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog’liqlik, o’zaro yordam, moddiy va ma’naviyatning turli-tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki ma’naviy va ijtimoiy dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (ma’naviy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg’u faqat ma’lum bilimlarni egallashgina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko’rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, o’quvchi esa ham dunyoni, ham o’zini o’rganuvchi, tekshiruvchi o’rnuga qo’yadi. Integrati ta’lim oddiydan murakkabga, bilishdan-ilmga, tartibsizlikdan uyg’unlikka, chanqoqlikdan mohirlikka va ijodga bo’lgan harakatni olib boradi. Bu o’qitish tizimida o’quvchi birgina fanni o’qib, o’rganibgina qolmasdan boshqa fanlar haqida ham bilim olib boradi va shuning natijasida o’quvchida boshqa fan mavzulari bo’yicha xulosalar kelib chiqa boshlaydi. Mana shu integrativ tarzda yig’ilgan bilimlar o’quvchilarni kelajakda o’zlari yoqtirgan, qobiliyati bor va qiziqqan kasblarini tanlashga ham turtki bo’ladi. hozirgi paytda kasbga doir masalalar olimlar diqqat markazida.
O’quv fanlararo aloqadorlik, integrativ bilim berish hamda ayni bir o’quv fanining ichida mavzulararo bog’lanish atamalari qo’llay olish va ularni bir-birlariga uyg’unlashtirish, ko’nik,alarni o’quvchida shakllantirib borisho’qituvchining muhim vazifasidir. Bularning barchasi o’zaro aloqador bo’lgan uch xil yondashuvni aniqlash imkonini beradi:

  1. o’quv materiallari bir butun yaxlitligini ta’minlash. Bu jarayonda o’quvchi shaxsi va integratsiyalashmagan ta’lim mazmununing o’zaro munosabatiga alohida e’tibor qaratish lozim;

  2. o’quv fanlari tizimida integratsiya o’quv jarayoni rivojining yetakchi qonuniyati sifatida integratsiyalashuv tendentsiyasi (intilish)ning ustuvor ahamiyat kasb etishida namoyon bo’ladi;

c) integrallashmagan o’quv jarayonida samaradorlikni ta’minlash bir qadar murakkabligi ayon bo’lmoqda. Buni o’quv rejasida o’quv fanlarining miqdori tobora ko’payotganligida ham ko’rish mumkin. Bunday holat esa o’quv darslarini integrativ o’qitish zaruratini keltirib chiqaradi. O’quv fanlarini integratsiyalash jarayoni uzoq davrlar mobaynida dolzarb bo’lib kelayotganiga qaramasdan, integrativ o’quv kurslarini tarkibiy tuzilishi, ularning a,al qilish funksiyalari, mexanizmlari belgilab berilmagan. O’quv fanlarini bir-biriga bog’lashda quyidagilarni ajratish alohida ahamiyatga ega:
1. Amaliyot bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar bevosita davr talablariga javob bera oladigan bilimlar bilan uyg’unlashtiriladi va ta’lim mazmunida xuddi shu tarzda ifodalanadi.
2. integratsiya turlaridan yana biri modullashgan integratsiya hisoblanib, uyg’unlashtirishning bu turi taqdim etilayotgan o’quv yuklamasining izchilligini, qanchalik muhim ekanligini ta’minlashga xizmat qiladi.
3. Ta’lim mazmunining asosiy negizini tashkil qiluvchi bilim, tushunchalarni yaxlit xolda o’quvchilarga taqdim qilishda integratsiyalashgan ta’lim jarayoni muhim ahamiyatga ega[11], [15].
Ko’pchilik olimlar ta’lim samaradorligini oshirish, fanlarni yaxshi va esda qolarli tarzda o’zlashtirishda ko’plab tajribalar, tadqiqotlar olib borishmoqda. Bolgariyalik olimlar tabiiy- ilmiy bilimlarni o’z ichiga olgan, 10-12 yoshli bolalarga mo’ljallangan integratsiyalangan kurs yaratidhdi. Shunday qilib, o’qish, yozish va o’g’zaki nutq “til san’ti” ga tarix, geografiya, fuqaroshunoslik, jamiyatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya astranomiya, tabiatshunoslk, texnologiya va shu kabilarga birlashtirildi. Integratsiyaning bunday usulidan to’liqsiz va to’liq o’rta maktabda qo’llanildi. AQSH o’rta maktabining katta sinflarida o’z ichiga fizika, kimyo, texnologiya, geografiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, poletologiya va shu kabilarni oluvchi “Yerni o’rganish” fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan “Fuqaro tarbiyasi” deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan.
Texnologiya darslarida o’qituvchi o’quvchilarga mavzuni qanday tushuntirishi, tushuntirish vaqtida kichik elementlarga ham e’tibor berishi, darsni o’zlashtirishi qiyin o’quvchilar bilan individual tarzda shug’ullanishi kerak bo’ladi. Darsni o’zlashtirolmayotgan o’quvchilar bilan ishlaganda pedagog fanlararo bog’lanishlardan foydalansa o’quvchiga tushunarli bo’ladi, hamda o’qituvchi vaqtdan yutadi. Bu esa ta’lim sifatini oshiradi. Shunga qaramasdan integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi va yomon bo’lishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o’girib, ikkinchisiga qadam qo’yib bo’lmaydi. Ya’ni fanlararo bog’lanishlarning yaxshi tomonlari barchasini yuqorida olimlar ta’riflari bilan sanab o‘tdik. Integratsiyaning salbiy omillariga esa Yu.M. Kolegin va O.L.Aleksenko to’xtalib o’tganlar:
O’quv predmetlarining chegaralangan soni – olinaotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko’rinishini, qismlarining o’zaro bog’liqligini aks ettirish bilan to’ldirish mumkin. Juda muhim bo’lgan o’qish, yozish va sanoq ko’nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo’linib o’qitishni talab qiladiganga o’xshaydi. Lekin o’qish va matematikaga o’qitishning an’anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o’qish fan sifatida o’z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo’yicha materiallarni oladi.matematika, arifmetika algebraik geometrik materiallarni o’z ichiga oladi. Bumday integratsiya muhim ko’nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha ularni shakllantirishga kafolat beradi. Agar shu fanlararo aloqadorlik muammosini texnologiya darslarida ko’radigan bo’lsak, 5-sinf darsligining “Metallga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari” mavzusida metallarga plastik deformatsiya orqali ishlov berish haqida tushunchalar berib o’tiladi. Lekin 5-sinf o’quvchilariga plastik nima, deformatsiya nima ekanligi darslari fizika fanida o’rgatiladi. Muammo shundaki 5-sinfda fizika fani o’qitilmaydi. Texnologiya fani o’qituvchisining esa bu narsalarni tushuntirishi dars vaqtini ketishiga va oqibatda mavzuni oxiriga yetkazmay qolishga sabab bo’ladi.
Robert Karlosning ta’kidlashicha “Maktab faqat o’qish, yozish va sanashni o’rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhumroq va kattaroq masalani amalga oshirish kerak. Chunki har bir bola shakllanish davrida uning intellektual faolligini rag’batlantirish, tabiiy qobiliyat singari uning keyingi muvaffaqiyatlari uchun ham juda muhimdir”. Integratsiyalangan ta’limni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziq bo’lishi uchun bayon qilishning qiyinligi, bu omilni bartaraf etishning yo’llari amaliyotda tekshirilgan eng ma’qul uslublarini ishlab chiqishda hamda o’qituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish