Texnologiya fani darslarining maqsadi:
Texnologiya fani darslarida ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish sohalari, bunda qollaniladigan asbob uskunalar va mexanizm-mashinalar, ularning turlari va ishlatilishi bilan tanishtiriladi hamda oddiy buyumlar tayyorlash orgatiladi. Texnologiya fani darslari jarayonida turli tabiiy hamda metal va metallmas materiallarga texnologik usullar asosida ishlov berish ishlarini orgatish orqali oquvchilarni kasb-hunarga yonaltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, rozgorshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yollash boyicha bilim, konikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotga qollay olish layoqatini shakllantirish kozda tutilgan.
Umumiy orta talim muassasalarida texnologiya fanini oqitishning asossiy maqsadi oquvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, konikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qollash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy orta talim maktablarida Texnologiya fani oqitishning asosiy vazifalari:
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid malumotlarni orgatish;
texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;
texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qollay olish;
texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish[10].
turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki malumotlarni orgatish, olchash-tekshirish asboblaridan, malumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga orgatish;
xalq xojaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar togrisida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilanamaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
mexanizatsiyalashtirilgan va elektlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini;
oquvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh istemol mollari, mehnat mahsulotlari yrtishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni istemolchilarga yetkazish vositalarini orgatish, ish boshqaruv (menejerlik) usullari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirib boorish;
oquvchilarda bilimga intilish va mehnatga muhabbat,mehnat kishisiga nisbatanhurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
xalq hunarmandchiligi kasblarini orgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, ananalari tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini orgatish, ulardan oz amaliy faoliyatlarida foydalanish konikmalarini mustahkamlash;
yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika va jixozlarning qollanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda organishlarini taminlash;
turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qollaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni orgatish;
oquvchilarda umummehnat konikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga kora, kasb-hunar turlarini tanlashga asos boladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish[11].
Texnologiya darslarida oquvchilarning darsdagi faolligiga har bir mashgulotning maqsad va vazifalari, shuningdek, uning mazmunini aniq bayon etish, oquvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, talimning eng samarali metodlaridan foydalanish natijasida erishish mumkin.
Umumtalim maktablarida texnologiya fani darslari oquv faoliyati turli tashkiliy shakllarda kechadi. Texnologiya faninning tashkiliy shakllari deganda oquv faoliyati uchun oquvchilar jamoasini tashkil etish yollari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari tushuniladi. Texnologiya mashgulotlarini tashkil etish shakllariga quyidagilar kiradi
Nazariy mashgulotlar.
Amaliy va amaliy labaratoriya mashqlari
Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat
Firmalar, xususiy korxonalar bazasida mashgulot.
Mashgulotlar davomida mavzu boyicha kerakli malumotlar berish, mavzu mazmunini yoritishda nazariy mashgulotlardan foydalaniladi. Texnologiya mashgulotlari davomida nazariy mashgulotlar juda kam foydalaniladi. Chunki texnologiya darslarining 80% ni amaliy darslar tashkil etadi. Nazariy mashgulotlar deganda ham jamoada, ham individual turini oz ichiga olgan, texnologiya oqituvchisining rahbarligida oquv materialini faol, togri va ongli ozlashtirilishini kozda tutgan oquv-mehnat faoliyatining aniq tashkil qilinishi tushuniladi. Nazariy mashgulotlar jarayonida oqituvchi oquvchilarga dastur asosida mavzularni korgazmalardan foydalangan holda olib boradi. Korgazmali vositalar sifatida mehnat usullarini plakatlar, sxemalar, jadvallar, namuna buyumlarini, oquv kinofilmlari, diafilmlar, diapozitivlar, informatika, EHM va hokazolarni namoyish qilish, texnologiya darslarida korgazmali vositalardan togri foydalanish oquvchilarning texnik bilimlarini puxta ozlashtirib olishlariga, ularda mehnat konikmalari va malakalarining hosil bolishiga yordam beradi. Korgazmalilik tushunchasi faqat oz kozi bilan korish mumkin bolgan vositalarnigina emas balki eshitish, sezish va idrok etishning boshqa turlarini ham oz ichiga oladi. Korgazmalilik oquvchilarning organilayotgan oquv materialiga qiziqishini oshiradi, ana shu obyekyga etiborini jalb qiladi, kuzatuvchanlik va faol idrok etish sifatlarini rivojlantiradi. Masalan, oquvchilarga mehnat usullari va jarayonlarini tushuntirish vaqtida texnologiya oqituvchisi muayyan mehnat usullarini korsatishda rangli plakatlardan foydalanibgina qolmasdan, balki ish harakatlari va jarayonlarini bajarishlarni ozi namoyish qilib korsatadi. Bunda u oquvchilarning etiborini ish joyiga gavdani qanday tutish va asboblarni qanday ushlash kerakligi, harakatlarni bir maqsadga qaratish kabilarga jalb qiladi. Lekin bazi sababalarga kora texnologiya darslarida korgazmali vositalarga kopvaqtni ajratish ham zara qiladi. Chunki oquvchining bor diqqat etibori shu korgazmada boladi. Natijada oquvchi oqituvchi gapirayotganlarini eshitmaydi. Masalan, oqituvchi tomonidan kata plakatga Krassword tuzilib keingan bolsa, oqituvchi darsni boshlanishi bilan uni doskaga osib qoysa oquvchining bor diqqat, hayoli shu savollarga javob toppish bilan bant bolib qoladi. Shuning uchun korgazmali vositalardan foydalanganda bir qator metodik talablarga rioya qilish zarur.
Korgazmali qurollar darsdagi oquv materiali mazmuniga mos kelishi kerak.
Darsda foydalaniladigan barcha korgazmali qurollarni birdaniga osib, korsatib qoyish yaramaydi. Chunki, bu oquvchilar diqqat etiborini chalgishiga olib kelishi mumkin.
Darsni korgazmali qurollar bilan haddan tashqari toldirib yubormaslik kerak.
Korgazmali qurolni korsatish vaqtida texnologiya oqituvchisi oquvchilarning bu qurolni idrok etish jarayonini boshqarib borishi lozim [11].
Amaliy mashgulotlar oqituvchi tomonidan boshqarilib, oquvchilar tomonidan berilgan topshiriqlar ongli ozlashtiriladi. Mehnat faoliyati aniq tashkil etiladi. Amaliy mashgulotlar otkazish jarayonida oqituvchilar oldiga quyidagi maqsadlar qoyiladi: oquvchilarning oquv materiallarini, ozlashtirgan bilimini, mehnat konikmasini va malakalar darajasini tekshirish, yangi mavzu boyicha oquvchilarning bajaradigan ishlari va bilim darajasini aniqlash, oquvchilarni oz-ozini nazorat qilishlari, amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari hamda oquvchilarni amaliy mashgulotlar natijalarini yaxshilashga qaratish va hakazo.
Amaliy labaratoriya ishlarida oqituvchi rahbarligida mashgulot davomida tadqiqotlar, tajribalar, kuzatishlar olib boriladi. Maxsus asboblar, uskunalar, moslamalar, apparatlar yordamida tajribalar otkaziladi hamda togri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkoniyatlari organiladi. Amaliy labaratoriya mashgulotlari koproq gazlamashunoslik va detallar olchamalarini aniqlash bilimini orgatishda qollaniladi. Bunday mashgulotlarda gazlamaning xossalari: sitiluvchanlik, kirishuvchanlik, ishqalanuvchanlik, gijmlanishi, tolaviy tarkibini organilsa, detallar ochamlarini aniqlashda ularning qalinligi, enliligi, tashqi va ichki yuzalarning kengligini aniqlashda qollaniladi. Amaliy labaratoriya mashgulotlarni otkazish uchun uskunalar, asboblar, xona, tadqiqot obyektlari, topshiriq kartochkalari, hisobot uchun jadvallar shakllari oldindan tayyorlab olinadi. Bu mashgulot ishlari oquvchilarga faqat turli xil uskunalar, asboblar, moslamalar bilan ishlashni orgatmay, balki olchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqishni organish hamda togri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi.
Sayohat texnologiya darslarini tashkil etishning shakllaridan biri hisoblanadi. Bu orqali oquvchilar bevosita ishlab chiqarish sharoitida jihozlar bilan tanishib, texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni kuzatib boradi, yani oquvchilarni olgan bilimlarini yanada mustahkamlash va ishlab chiqarish jarayonlarini oz kozlari bilan korishi uchun ishlab chiqarish korxonalariga sayohat otkaziladi. Sayohat qilish jarayonida oquvchilar korxonalarda tayyorlanadigan mahsulotlar, zamonaviy texnologiya, mehnatni ilmiy tashkil etish usullari va ilgor texnologik jarayonlar bilan tanishadilar. Sayohatga yangi mavzuni otib bolgandan song yoki otilmasdan oldin boriladi. Oqituvchi ekskursiya mavzusini oldindan tanlaydi va reja tuzadi.sayohat otkazishda oquvchilar soni 15-20 tadan oshmasligi lozim.
Firmalar, xususiy korxonalar bazasida olib boriladigan mashgulotlar 8-9-sinf oquvchilari bilan kasb tanlashga yollash mashgulotlarini olib borishda foydalanish mumkin. Mashgulotning bunday shakliniotkazishda firma yoki xususiy korxona bilan shartnoma tuziladi, oquvchilarni zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan unumli mehnatda qatnashishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday mashgulotlarda oquvchilar uchun korxonani boshqarish jarayoni, korxonadagi kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniyati tugiladi, tanlagan kasblari haqida toliq malumot olishlariga imkoniyat yaratiladi.
Texnologiya darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Yoshlarni hayotga tayyorlash deganda, qiz bola oquvchilarni pazandachilikka, bichish va tikishga orgatish davomida sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi qoidalari, asbob va moslamalardan, oshxona jixozlaridan togri va unumli foydalanishga orgatish bilan tushunilsa, ogil bola oquvchilarga esa yogochlar va metallar, ularga ishlov beruvchi asbob va moslamalar, turli xil stanoklar hamda ishlov berish jarayonidagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan ishlash tushuntirib boriladi. Shu orinda texnologiya darslarini pedagoglar boshqa fanlar bilan xam boglab ketishadi. Bu fan boshqa fanlarga qaraganda fanlararo integratsiyallashuvi juda keng. Masalan, 5-sinf darsligining Servis xizmati yonalishi, Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bolimi, Qol ishlari. Asbob-uskunalar haqida umumiy malumot mavzusida ignaga shunday tarif beriladi. “Igna uchi otkir pishiq, sinib ketmaydigan, silliq, uzunligi va yogonligiga qarab 1 dan 12 gacha nomlanadi. Toq nomerli ignalar juft raqamli ignalarga qaraganda uzunroq boladi. Ignalarning olchamiga qarab turli qalinlikdagi gazlamalarda ishlatiladi[7]. Bunda uchi otkir pishiq, sinib ketmaydigan, silliqlik xususiyatlarini kimyo, fizika, texnika fanlariga bogliqligini korsak, uzunligi va yogonligiga qarab 1 dan 12 gacha nomlanadi. Toq nomerli ignalar juft raqamli ignalarga qaraganda uzunroq bolishini matematika va geometriyaga bogliqligini korishimiz mumkin.
Texnologiya fanining mazmuni shartli ravishda uchga yani kasb talimi tayyorgarligi, kasblar boyicha tayyorgarlk va kasbga maxsus tayyorgarlik qismlariga bolinadi. Bu qismlar har bir dars va mashgulotlarning tarkibiga singib ketgan bolib ularning oqituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy, uslubiy nuqtai nazaridan xisobga olgan holda tahlil qilib borilishi kasb talimi mashgulotlarining bolishini taminlaydi. Kasb hunarga yollash va tayyorlash VIII IX sinflarda amalga oshirilib, oquvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan, bilim, konikmalaridan hamda V, VI, VII sinflarda bajargan amaliy ishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Texnologiya darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan kozlangan maqsad oquvchilarni jismoniy tomondan togri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat konikmalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yonaltirishdan iborat. Yuqoridagi aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qoyilgan aniq vazifalar mavjud.
Jumladan, 1-bosqichda 1-4 sinflardagi texnologiya darslarida oquvchilarga kishilarning hayotida mehnat va texnologiyaning orni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki malumotlar beriladi. Qogoz, yelim gazlama, ip, plastilinkabi metariallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida soda buyumlar, oyinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlab mehnat konikmalarishakllantiriladi.odatda bu darslar qol mehnati yoki togridan-togri mehnat darslari deb yuritiladi.
2-bosqichdagi mehnat talimi darslari V-VII sinflardagi mehnat talimi darslarini tashkil etadi. Bu bosqichdagi texnologiya darslari Texnologiya va dizayn, Servis xizmati va umumlashtirilgan yonalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muim korinishlari bolib, deyarli hamma sohalarda qollaniladi. Shu sababli V-VII-sinflardagi bu mashgulotlarda oquvchilarga ishlab chiqarishning asosiy boginlari bolgan yogoch metall, gazlamalarga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tamirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat konikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yonaltiriladi.
3-bosqichdagi texnologiya darslari VIII-IX sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bolib, ular ham yuqoridagidek, 3 ta yonalishda tashkil etiladi. Biroq bunda oquvchilarga kengroq tushunchalar beriladi. Bunda oquvchilarga kasb turlari, ularning oziga xos xususiyatlari, kasb tablashda nimaga etibor berish zarurligi haqidagi malumotlar orgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash oquvchilarning ozlariga havola etiladi[8].
Do'stlaringiz bilan baham: |