Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga atrofimizni o`rab turgan ona tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarga tolalar va gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Darsning jihozi: tabiiy tolalar, ulardan tayyorlangan gazlamalar va kiyimlardan namunalar, albomlar va boshqa turli ko`rgazmalar.
Darsning turi: nazariy.
Darsda qollaniladigan usullar: hikoya, tushuntirish, suhbat, ko`rgazmalilik.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, davomatni aniqlash.
Otilgan mavzuni takrorlash Fikrlar hujumi orqali takrorlash
Sinf o`quvchilari kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa bo`yicha 10 daqiqa davomida mustaqil ravishda o`zaro Fikrlar hujumi o`tkazadi. Shundan so`ng har bir guruh vakili o`z guruhlarining javobini taqdim etishadi.
Kiyimlar qanday gazlamalardan, yani materiallardan tayyorlanadi
Gazlamalar qanday hosil qilinadi
Tolalar haqida nimalarni bilasiz
Yangi mavzuni bayoni: Reja:
Tolalarning umumiy tasnifi
Tabiiy tolalar haqida malumot
Tolalarning umumiy tasnifi. Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasiga oid mashg`ulotlarni otkazish davomida gazlamalarning olinishi va ulardan turli kiyimlar tayyorlanishi, kiyimlarni tuzatish va saqlash, shuningdek pazandachilikka oid ayrim ishlarni o`rganamiz. Malumki, har bir inson o`ziga xos kiyim kiyadi. Kiyimlar bizni tabiatning turli tasirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga kiyim insonning madaniyatini, manaviyatini ko`rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kiyimlar odatda gazlamalardan tikiladi. Barcha gazlamalar tollaradan to`qiladi. Yuqorida aytilgandek inson hayotida gazlamalar va utikilgan kiyimlar muhim ahamiyati kasb etadi. Chunki kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchki yorug`likdan himoya qilib, organism haroratining mo`tadil bo`lishiga yordam beradi.Gazlamalar tabiiy va suniy tolalardan to`qilgan bo`ladi. Tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalar ikki guruhga bo`linadi. A) o`simliklardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar. B) hayvonlardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar.O`simliklardan olingan tolalarga paxta hamda zig`ir kiradi.Paxta o`simligi issiq o`lkalarda asosan Amerika Qo`shma Shtatalari, Hitoy, Hindiston, Braziliya va O`zbekistonda yetishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o`rta tolali bo`ladi.
Tikuvchilik sanoati aholini sifatli kiyim- kechak bilan taminlashi lozim. Tikuvchilik buyumlarining sifati toqimachilik sanoatining rivojlanishiga bogliq.Chunki asosiy tikuvchilik materiallari ip-gazlama, jun, ipak va zigir tolai gazlamalarni mana shu toqimachilik sanoati yetkazib beradi. Gazlamalar iplardan, iplar esa tolalardan iborat. Uzunligi kondalan kesimidan ancha katta bolgan, egiluvchan, ingichka jismlar- tolalar deyiladi.
Tolalar:
1. Toqima tolalar-kalava ip, ip gazlama, toqilmagan gazlama va hokazolar;
2. Elementar tolalar- mayday qismlarga ajralmaydigan yakka tolalar;
3. Texnikaviy tolalar-ozaro pectin moddalar bilan biriktirilgan tolalar;
4. Iplar- uzunligi onlarcha, yuzlarcha metrlarni tashkil etuvchi tolalar.
Paydo bolishi, olinishi va kimyoviy tarkibiga qarab tolalar quyidagicha sinflanadi: tabiiy tolalar va kimyoviy tolalar.
Tabiiy tolalar haqida umumiy ma’lumot.
P axta. G’o’za deb ataladigan o’simlik urug’ini qoplab turadigan ingichka tolalar bo’lib, to’qimachilik sanoatining asosiy hom ashyosi hisoblanadi. Chigitdan ajratilmagan paxta tolasi- chigitli paxta deyiladi. Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bogliq (2.5-rasm).
Mutlaqo pishmagan olik tola mikroskop ostiga qoyib qaralganda, yalpoq, lentasimon, yopqa devorli ekanligi, ortasida keng kanali borligi korinadi. Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuloza yigiladi va devorlar qalinlashadi. Kanop torayadi, tolalar buramdor bolib qoladi. Pishgan paxta- tolalarning boylama korinishi spiralsimon buralgan, yalpoq naychalardan iborat.
Pishib otib ketgan tola- tolalar ortasida ingichka kanali bor tsilindr shaklini oladi. Paxta kanalinig bir tomoni ochiq qoladi. Paxta tolasining kondalang kesimi oval boladi.Tolalarning sellyuloza moy qatlami- kutikula deb ataladi.
Zigir. Poyaning lib qismidan olinadigan tola. Zigir elementar va texnikaviy turlarga bolinadi. Elementar zigir tolasi bir hujayra moddasidan iborat. Texnikaviy tolalar pigment tolalar bilan ozaro birikkanelementar tolalar dastasidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |