3. Berilgan sodda gapni soʻroqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qaerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qaerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan oʻz uyalariga uchib keldi.
4. Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish.
Eg a kesim Ega kesim
II d. b. II d. b II d. b. II d.b. II d.b.
II d. b.
CHaqqon bolalar olma terdilar. Ishchan bolalar chiroyli gullarni
zavqlanib terdilar.
5. Berilgan gapga oʻxshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli
sodda yoyiq gap tuzish. Bunda oʻquvchilarga «Quyosh yoritadi va isitadi» kabi gap beriladi, oʻquvchi esa «Ravshan oʻqidi va ishladi» kabi gap tuzadi.
6. Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq boʻlakli sodda gap tuzish. Masalan, «Bahorda qaldirgʻochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar ham uchib ketadi» gaplaridan uyushiq boʻlakli «Bahorda qaldirgʻochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi» gapi tuziladi.
Ijodiy mashqlarda oʻquvchilar oʻzlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlangʻich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, oʻquvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi.
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, oʻquvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.
3. Ikki-uchta «tayanch» soʻz beriladi, oʻquvchilar shu soʻzlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch soʻz sifatida bolalarning faol lugʻatiga aylantirish zarur boʻlgan soʻzlar olinadi.
Xulosa.
Oʻquvchilarning nutqini bekamu kost, chiroyli va yoqimli, har tomonlama talabga javob beradigan darajada shakllantirish uchun o`qituvchining nutqi namunali bolishi kerak. Oqituvchi oz nutqiga e`tiborli bolsagina, oquvchidan togʻri gapirishni talab qila oladi. Baland ovoz bilan yoki mingʻirlab gapirish sinfda osoyishtalikni buzadi va oquvchilarni ham baland ovoz bilan gapirishga orgatadi. Agar oqituvchi sokin, adabiy til qoidalariga rioya qilgan holda gapirishni odob qilsa, nutqi sodda, bolalar tiliga yaqin, tushunarli, jozibador bolsa, bu sinfda oquvchining diqqatini tortadi va mavzu ularga tushunarli boladi. O`quvchining darsda diqqat e`tibor bilan otirishi, o`qituvchining oquv materialini tushuntirish va anglatish usullariga emas, balki uning nutqini gozal va ta`sirchanligiga kop darajada bogʻliqdir.So`z me`yoriga e`tibor berilmasa suhbatdoshini zeriktiradi,hafsalasini pir qiladi.Kop gap qadrsiz bo`lib, sozlovchining ham qadrini ketkazadi. Nutqi ravon, aniq, sozga usta insonlar bilan suhbatlashish, kutubxona bilan uzviy aloqani mustahkamlanishi bo`lalarimiz nutqini ravon qiladi. Fan va madaniyatning taraqqiy etishi, tajribalarning va turmush madaniyatimizning osishi natijasida atrofimizda juda ko`p yangiliklar, ulkan qurilishlar, murakkab mashinalar, kashfiyotlar vujudga kelmoqda. Bularning barchasi nutqimizga yangi soz va iboralarning qo`shilishidan dalolat beradi. Maktabda ilm organish jarayonida oquvchi nutqini ostirish, lugʻatini boyitish inson umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi, chunki har bir fan bola nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Bolalar nutqini ostirishda nutq jarayonining mazmundorligiga mantiqan togʻri va aniqligiga, sodda va sofligiga e`tibor berish lozim. Tegishli nutq madaniyatini ta`minlash, oquvchilarga ortiqcha sozlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutilishda mohirona maslahatlar komagida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza sozlarning, o`ylab topilgan yangi misollarning sifatliligi uchun ragʻbatlantirish maqsadga muvofiqdir.
Ma`lumki, ona tili jamiki bilimlarning kaliti, poydеvoridir.Ona tili ta`limiga oquv fani emas, balki butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni sifatida 68 qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bеrmasa, boshqa fanlar ta`limiga ham putur yеtishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa oquv jarayonini mukammal isloh qilish, ta`lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, sozsiz, ta`limning yangi, zamonaviy tеxnologiyasiga suyanish kutilgan natijani bеrishi shubhasizdir. Ona tili fani maktabda oquvchining kamol topishida, dunyoqarashining osishida, fikrlash darajasining osishida, bilim va mеhnatga havasini uyg`otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg`ulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim oquvchilarda ona tiliga muhabbat, oz yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz hurmat va sadoqatni ostirishi lozim. Boshlang`ich sinflarda ona tili ta`limi, yuqorida ta`kidlanganiday, bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, ozgalar fikrini anglash, oz fikrini og`zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a`zolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |