1. SHaxsini oʻzgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlangʻich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan koʻproq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida oʻquvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni oʻquvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun oʻqituvchi rahbarligida gapning kesimini oʻzgartiradilar, unga mos ravishda gapning oʻzini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular soʻzini ishlatadilar. SHaxsini oʻzgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish oʻqish darslarida olib borilgan bunday ogʻzaki 2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.
3. Matnni ijodiy toʻldirib qayta hikoyalash. Oʻquvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy toʻldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham koʻpincha ogʻzaki tarzda oʻtkaziladi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da taʻlim berishning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy oʻrta taʻlimning asosiy vazifalaridan biri sifatida taʻkidlangan.
Ilgʻor pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan oʻqish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin oʻqishga oʻrgatish yoʻl-yoʻriqlarini oʻqish metodikasi ishlab chiqadi. Oʻqish metodikasi kichik yoshdagi oʻquvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
Oʻqish darslarining samaradorligi koʻp jihatdan taʻlim metodlarining toʻgʻri tanlanishiga bogʻliq.
«Metod» atamasi yunon tilidan olingan boʻlib, muayyan maqsadga erishish, borliqni amaliy va nazariy oʻzlashtirish usullari majmuidir. Binobarin, fanning oʻzi kabi oʻqitish metodlari ham doimiy rivojlanishda boʻladi. Masalan, eski maktablarda oʻqish quruq yod olish metodi asosida oʻrgatilgan boʻlsa, hozir izohli oʻqish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi soʻzlarga izoh berishga, maʻnosini tushuntirishga, oʻqilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, oʻqishning ongli boʻlishiga mutlaqo eʻtibor berilmagan. Ularda koʻproq toʻgʻri talaffuz, qiroat bilan oʻqish, ifodali oʻqish nazarda tutilgan.
Badiiy asarni izohli oʻqishga yaqin boʻlgan metodlardan biri ijodiy oʻqishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy oʻqish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |