II.BOB. SAVOD O`RGATISH DAVRIDA GAP USTIDA ISHLASH VAZIFALARI.
2.1.Oʻqish darslarida qoʻllaniladiganmetod va usullar.Hikoya qilish turlari.
Savod oʻrgatishda analitik-sintetik tovush metodi
Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi anʻanaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida vujudga kelgan tamoyillarga ega.
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va oʻzaro bogʻlangan maʻnoli qismlarga boʻlinadigan nutq bogʻlanishli nutq deyiladi.
Bogʻlanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa oʻqituvchi bergan savolga oʻquvchilarning keng, mukammal ogʻzaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin.
Boshlangʻich sinflar metodikasida bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga keng, mukammal javob;
2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan bogʻliq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4) oʻqilgan matnni turli variantda ogʻzaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki syujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi. Bunday mashqlarni takroriy ishlatmaslik yoki asosiylarini tushirib qoldirmaslik uchun nutqiy Bogʻlanishli nutqdan mashqlarning turli xil boʻlishida, avvalo, material manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya qilinadi.
Oʻquvchilar nutqini oʻstirish ularga aniq koʻnikmalarni singdirish demakdir.
hodisalar tasvirlanadi. Oʻquvchilar «Oʻqish kitobi»da berilgan koʻpgina tasviriy matnlarni oʻqiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, «Bizning sinfimiz», «Bahor keldi» kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash, metaforalar koʻp boʻladi. Tasvir oʻquvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr hisoblanadi, shuning uchun boshlangʻich sinflarda koʻproq tasvir elementlari Muhokama bogʻlanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlangʻich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; oʻquvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar.Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas», «Paxta − bizning milliy boyligimiz» mavzularida ogʻzaki hikoya tuzdirilsa yoki Oʻqituvchi bogʻlanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni koʻzda tutadi va oʻquvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini oʻrgata boradi. Bunda koʻproq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi. Bolalarning bogʻlanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va muhokama elementlari kiritib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |