Kurs ishining maqsadi.Boshlang`ich sinflarda ona tili ta`limi, yuqorida ta`kidlanganiday, bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, ozgalar fikrini anglash, oz fikrini og`zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a`zolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu orinda ona tili ta`limiga oquv fani sifatida emas, balki butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni sifatida qarash lozimligini alohida ta`kidlash joizdir.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Boshlang`ich ta`lim davlat qonunini hayotga tatbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tili oqitish asosiy orin egallaydi. ―Boshlang`ich ta`limning samaradorligini ta`minlashda oqituvchining shaxsiy sifatlari va pеdagogik kasb mahorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang`ich sinf oqituvchisi barcha pеdagogik -psixologik vositalarni qollagan holda kichik maktab yoshidagi oquvchilarda yaxlit tarzdagi oquv faoliyatini shakllantira olishi kеrak.
I.BOB.SAVOD O`RGATISH DAVRIDA GAP USTIDA ISHLASH
1.1. Bogʻlanishli nutq va uni maktabda egallash
Maktabda oʻqitish elementar oʻqish va yozishga oʻrgatishdan boshlanadi. asoslangan holda qisqa vaqt ichida oʻquvchilar oʻqish va yozishga oʻrgatiladi, yaʻni oʻqish va yozish koʻnikmasini egallaydilar.
Savod oʻrgatish davrida oʻqish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish oʻqish va yozish koʻnikmasi deyiladi. Bu koʻnikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday koʻnikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim koʻnikmaga aylanmagan boʻlishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki oʻquvchi harflarni tanib, ularni oʻqiy olmasligi mumkin. Yozish koʻnikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, yaʻni yozish jarayonida partada toʻgʻri oʻtirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qoʻyish kabilar ham oʻrgatiladi.
Oʻqish va yozish koʻnikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida oʻquvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida oʻylab oʻtirmay, soʻz va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, oʻqish va yozish malakasi harakatning oʻylab oʻtirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka oʻqitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
Oʻqish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini taʻminlaydi. SHuning uchun ham oʻqishga oʻrgatish bilan yozuvga oʻrgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, savod oʻrgatish jarayonida bola juda koʻp oʻqishi va yozishi zarur.
Oʻzbek tili yozuvi tovush yozuvi, yaʻni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. Oʻqishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |