O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm Buxoro bug’usi xongul



Download 2,68 Mb.
bet8/13
Sana26.06.2022
Hajmi2,68 Mb.
#706390
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5420289091654654930

2.1.2-rasm Buxoro bug’usi xongul
Qizilqum yovvoyi qo’yi Qizilqum, Ustyurt, Bobotog’, Ko’hitang tog’larida uchrasa, sayg’oq, ya’ni oqquyruq Ustyurt cho’llarida tarqalgan. Tog’ echkilaridan buramashoxli echki, ya’ni morxo’r Ko’hitang va Yelik ( capreolus capreolus) – kiyiklar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon, yelik urug’ining yagona turi hisoblanadi. Urg’ochisining uzunligi 140 sm gacha, bo’yi 90 sm gacha, og’irligi esa 55 kg gacha boradi. Erkaklari kichikroq, dumi kalta, 3 ta ba’zan 4 ta qisqa butoqli shoxi bor. Yozgi juni kalta va silliq bo’ladi. Orqasi esa sarg’ish malla, biqinidagi juni oqish. Ko’kragi, qorni, oyoqlari sarg’ish. Qishki juni uzun, orqasi qorniga nisbatan qoramtir, qo’ng’ir tusda tovlanadi. Sonida oq dog’i bor. Yelik Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yozda o’tloqlar va tog’ yonbag’irlarida yashaydi, qishda tog’ vodiylarda tushadi. Ko’pincha 2 ta bola tug’adi. Yelik daraxt bargi, novdalari, rezavor mevalar, yo’sinlar va lishayniklar bilan oziqlanadi. Yelikning ahamiyatiga kelsak go’shti va terisi uchun ovlanadi. Hozirda 2 ta kenja turi: Yevropa yeligi va Sibir yeligi bor. O’zbekistonda faqat Toshkent viloyatining tog’li hududlarida uchraydi.
Quvushshoxlilar ( Bovidae) oilasi vakillari har xil kattalikdagi hayvonlarni o’z ichiga oladi. Erkagi urg’ochisiga nisbatan katta. Har ikkala jins vakillarida yani urg’ochidi va erkagining 1 juft ba’zan 2 juft (4 shoxli antilopa) shoxi bor. Shoxlari muguz bilan o’ralgan suyak o’simtaga o’rnashgan shox g’ilofdan iborat bo’lib, bu shoxlar epidermesning malpigi qismidan hosil bo’ladi. Shoxlari hayvonning hayoti davomida almashinmaydi. Ba’zi vakillarining masalan: Amerikada yashaydigan ayri shoxli antilopaning shoxlari har yili tushadi.
Quvushshoxlilarning oilasiga 43 ta urug’ va 125 ta tur kiradi, MDHda 15 ta, shu jumladan O’zbekistonda 6 ta turi uchraydi. Yovvoyi quvushshoxlilar Avstraliya va Janubiy Amerikadan boshqa barcha qit’alarda tarqalgan. Aksariyat turlari poligam, 1-5 ta bola tug’adi. Ko’pchiligi kichik poda bo’lib yashaydi. Ayrim turlari boshqa hayvonlar (fillar, zebralar, tuyaqushlar va boshqalar bilan) birgalikda katta poda hosil qiladi. Ko’pchilik turlarining soni keskin kamayib bormoqda, ayrim turlari (jayron, zubr) faqat milliy bog’larda saqlanib qolgan. O’zbekistonda Buxoro bug’usi, ya’ni xongul, jayron, ustyurt qo’yi, ya’ni arkal, Buxoro qo’yi (Tojik olqori), Qizilqum qo’yi ( Seversov qo’yi), buramashoxli echki, ya’ni morxo’r O’zbekiston Respublikasi “ Qizil kitob” iga kiritilgan. O’zbekistonda Bobotog’da yashasa, Sibirda tog’ echkisi Turkiston va Chotqol tog’ tizmalarida uchraydi. Umuman olganda, hozirgacha quvushshoxlilar oilasining sistematikasi to’laqonli hal qilinmagan.
Uy hayvonlaridan echki, qo’y va qoramollar quvushshoxlilarning xonakilashtirilgan vakillari hisoblanadi. Uyda boqiladigan quvushshoxlilarga xonaki sigir zotlari, qo’toslar, buyvollar, qo’y va echkilarning talaygina zotlari kiradi.
Qoramollarning (sigirning) tishlari 32 ta bo’ladi.
Tish formulasi: i c ; pm ; m *2=32
Uy quvushshoxlilarga xonaki sigir zotlari, qo’toslar, buvollar, qo’y va echki zotlarining ko’pgina vakillari kiradi.
Respublikamizda uchraydigan quvushshoxlilar oilasining vakillari bilan tanishamiz.
Qoramol-quvhushshoxlilar oilasiga ansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi hayvon. Qoramollarga haqiqiy buqalar turkumiga mansub yirik xonaki kenja turlar-sigir, buyvol, qo’tos hamda gayal, bizon, zubr va boshqalar kiradi. Miloddan avvalgi bir necha ming yil avval Yevropa, Osoyi, Amerikada tarqalgan. Xonaki qoramol yovvoyi buqa (tur)dan kelib chiqqan. Kraniologik belgilariga ko’ra qoramollar to’rtta asosiy kenja turga bo’linadi: dasht va tekis zona yevropa qoramollari-uzun shoxli; tog’ va o’rmon zonasi qoramollari-kalta shoxli; Markaziy Osiyo qoramollari; Janubiy Osiyo va Shimoliy Afrika qoramollari. Qoramollar Yoshi va jinsi bo’yicha buzoq, tana, g’unajin, sigir, buqa va boshqa guruhlarga bo’linadi. Oshqozoni 4 bo’lmali, yelini 4 so’rg’ichli. Urg’ochilari 20 (35), erkaklari 15-20 yil umr ko’radi. Qoramollar 5 yoshgacha ayrim sekin o’sadiganlari 6-7 yoshgacha o’sadi. Urg’ochi buzoq 7-9, erkagi 14-18 oyligida jinsiy yetiladi. Sigirlarning homiladorlik davri 285 kun davom etadi. Odatda bittadan bola tug’adi. Egizaklari kam uchraydi. Urg’ochi buzoq zotiga qarab 18-45, ba’zan 50 kg gacha, erkak buzoq esa urg’ochi buzoqdan 1-3 kg ortiq tug’uladi. Qoramollarning mahsuldorligi uning zoti va boqilishiga bog’liq.
Sibir tog’ echkisi-Turkuston va Chotqol tog’ tizmalarida uchraydi. Nar echkilarda orqaga qayrilgan, katta, uzunligi 135 sm ga yetadigan shoxlarga ega bo’ladi. Tana og’irligi 120 kg ga yetadi, urg’ochilari biroz yengilroq bo’ladi. Yozgi yung rangi jigarrang, ba’zilarida qorin qismi oqishroq. Yoshga qarab yung rangi o’zgarib boradi. Yoshi katta echkilar echkilar yung rangi qoramtir bo’ladi. Tog’ echkisi tik qoyalar bor yerda uchraydi. Qishda echkilar tog’ning quyi qismiga, quyosh tushadigan va qorni shamol olib ketadigan joylariga ko’chadi. Bu echkilar tongda va kechki paytda o’tlaydi. Tunni chiqish qiyin bo’lgan qoyalarda o’tkazadi. Erta tongda echkilar o’tloqlarga yo’l oladi. Ular u yerda 11-12 gacha o’tlashadi, keyin suv havzasi bo’yiga borishadi. Yozda tog’ echkilari o’tlar bilan oziqlanadi, qishda esa archa va buta shoxlari bilan oziqlanadi. Noyabr oyi o’rtasida nar echkilar bir nechta (ba’zan 10-15 ta) urg’ochi echkilar bilan to’da hosil qiladi. Uloqchalar (odatda 2 ta, kamdan-kam hollarda 1 yoki 3 ta) aprel-may oylarida dunyoga keladi. Ular ikki yoshga yetganda voyaga yetgan hisoblanadi.
Arhar, alqor, tog’ qo’yi (Ovis)- juft tuyoqlilar turkumiga mansub yovvoyi qo’ylarning umumiy nomi. Ba’zan muflon, arkal, arqor, urial deb ham ataladi. Arhar O’rta dengiz orollari, Old, O’rta, Markaziy va Shimoli-Sharqiy Osiyoning tog’li hududlarida tarqalgan. U tog’ yonbag’rlari va qoyalar orasidagi birmuncha tekis va ochiq joylarda yashaydi. Erkaklari urg’ochilariga nisbatan yirik bo’lib, tanasining uzunligi 110-120 sm, bo’yi 65-125 sm, vazni 230 kg gacha boradi. Shoxi spiralsimon yoki halqasimon buralgan, uzunligi 70-190 sm. Urg’ochilarining shoxi ingichka yoki butunlay bo’lmaydi. Uchta turi: Tyanshan qo’yi (Ovis karelini), Yevropa qo’yi (Ovis musimon), Osiyo qo’yi (Ovis orientalis) va 10 ga yaqin kenja turi ma’lum. Arharlar poda bo’lib yashaydi. Homiladorlik davri 5 oyga yaqin. May-iyun oyida bitta, ba’zan ikkita bola tug’adi. Qo’zisi 2,5-3 yoshda voyaga yetadi. Arhar xonaki qo’ylarning nasl boshi hisoblanadi.
O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekistonda Tyanshan qo’yi va Osiyo qo’yi uchraydi. Tyanshan qo’yi yaqin vaqtlargacha Tyanshanning Farg’ona tog’larigacha bo’lgan qismida, jumladan Ugom, Pskom, Chotqol, Talas, va Qirg’iz tog’larida keng tarqalgan edi. Hozir asosan Chotqol qo’riqxonasida saqlanib qolgan, daryolarning yuqori oqimida 2000-3000 metr balandlikda uchraydi, tik qoyalar yaqinidagi relyefi notekis bo’lgan joylarni yaxshi ko’radi. Bahorga yaqin tog’ning pastroq qismiga ekin ekilgan dalalarga tushin o’tlashi mumkin. Qo’chqorining shoxlari spiralsimon buralgan, uzunligi 120 sm gacha, vazni 60-106 kg (ba’zan 200 kg gacha), uzunligi 170-190 sm; urg’ochisining shoxlari ingichka va kalta, vazni 50-54 kg, uzunligi 160-170 sm. Osiyo qo’yi Tyanshan, Pomir, Himolay tog’larining O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Afg’oniston va Pokiston hududlarida tarqalgan. O’zbekistonda bu turning Qizilqm qo’yi, Seversov qo’yi (Ovis orientalis severtzovi) Markaziy va G’arbiy Qizilqumning Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi past tog’larida hamda Pomir-Olayning Nurota, Oqtov, Molguzar tog’larida saqlanib qolgan. Qo’chqorining uzunligi 130 sm, bo’yi 80 sm, vazni 70-125 kg, erkagining shoxi halqa shaklida buralgan, uzunligi 98-107 sm. Urg’ochisiniki ingichka, kalta, qilichsimon egilgan. Bo’ynining ostidagi yoli Tyanshan qo’yinikiga nisbatan birmuncha kalta va ensiz. O’zbekiston hududida bu kenja tur Qizilqumning hamma past tog’larida tarqalgan.
Buxoro qo’yi, tojik qo’yi (Ovis orientalis bocharensis) O’zbekistonning Turkmaniston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida, qo’shni Afg’oniston va Pokistonda tarqalgan. Qo’chqori bo’yning ostki qismida qalin va uzun yoli bo’ladi, shoxlari yirik, halqa shaklida buralgan, uzunligi 72 sm gacha yetadi. Urg’ochisi kichikroq, shoxlari kalta va ingichka bo’ladi. O’zbekistonda Buxoro qo’yining ikkita: bobotog’ va boysun-ko’hitang populatsiyalari mavjud. Qo’ylar 300-400 metrdan 2200, ba’zan 3000 metrgacha balandlikda archa o’sadiganochiq tog’ yonbag’rlarida yashaydi. Buxoro qo’yini muhofaza qlish uchun Surxon qo’riqxonasi tashkil etilgan.
Ustyurt qo’yi, arkal (Ovis orientalis arcal) Kaspiy dengizining jarlik sohillari, Qorabo’g’ozko’l, Qoraqumning past tog’lari va o’ngirliklari va Orol dengizining g’arbiy qismida tarqalgan. O’zbekistonda Qoraqalpog’iston hududining Ustyurt qismida uchraydi. Qo’chqorining vazni 58-79 kg, tanasining uzunligi 121-147 sm, bo’yi 77-98 sm; shoxlarining uzunligi 92 sm gacha, boshining ikki yonida chala o’rama hosil qiladi. Urg’ochisi erkagiga nisbatan kichikroq, vazni 36-56 kg, shoxlari ingichka va nisbatan kalta (uzunligi 25-30 sm). Erkagining bo’yni ostida qalin yoli bo’ladi, tumshuig’I ostida qalin yungi (soqoli) bo’lishi bilan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Ustyurt qo’yi cho’l sharoitiga moslashgan, Qoraqum tog’larining odam va yirtqich hayvonlar o’tolmaydigan tik qiyaliklar va jarliklari ustida yashaydi. Yozda kechasi o’tlaydi, sho’rlangan buloq suvi bilan qanoatlanadi, qishda va bahorda ko’pincha kunduzi o’tlab, ko’lmak bo’lib qolan yomg’ir suvidan ichadi. Arharni merinos qo’ylari bilan duragaylab mayin junli Qozog’iston arhar merinosi chiqarilgan.(2.1.3-rasm)


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish