O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
bet2/13
Sana26.06.2022
Hajmi2,68 Mb.
#706390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5420289091654654930

Obyekt: Tuyoqlilar, kemiruvchilar, suvsarlar
Premeti: Xongul, bug’ular, qoramollar, sibir tog’ echkisi, arhar, buxoro qo’yi, ustyurt qo’yi, to’ng’iz, sayg’oq, qulon, ondatra, norka, latcha, jayra, sariq yumronqoziq, sug’urlar, kulrang kalamush, sariq tishli kalamush.
Metodlar: kuzatish, taqqoslash.

I BOB. Respublikamizda uchraydigan sutemizuvchilarning umumiy tavsifi va tasnifi.
Sutemizuvchilar umurtqali hayvonlar orasida eng yuksak darajada rivojlangan har xil sharoitda yashashga moslashgan hayvonlardir. Sutemizuvchilarning progressiv belgilariga markaziy nerv sistemaining takomillashishi, termoregulatsiyaning juda takomillashgani yani tana temperaturasining doimiy bo’lishini ta’minlaydi va sutemizuvchilarning ko’pchiligi tirik tug’adi va bolalarini sut bilan boqadi. Bu hayvonlarning suti alohida bezlarida ishlab chiqadi. Shu bilan birgalikda ter va yog’ bezlari ham rivojlangan.
Ter bezlari naysimon bo’lib terining ichkarisida koptokcha ko’rinishida tugallanadi. Bu bezlar suv va mochevina hamda tuzlarni ajratib chiqarib turadi va shu tariqa issiqlikni nazorat etishda va moddalar almashunuvida ishtirok etadi. Ter bezlari suv va parchalanish mahsulotlarini tashqariga chiqarish va tana yuzasini sovitish vazifasini bajaradi. Ter bezlari primatlarda va tuyoqlilarda yaxshi rivojlangan. Itlar, mushuklar va kemiruvchilarda sust rivojlangan. Ko’pgina kemiruvchilarda faqat oyoqlarida, chov sohasi va lablarida rivojlangan bo’ladi. Yirtqich hayvonlarda esa bunday bezlar kam bo’ladi. Kitsimonlar, yalqov va yasherlarda ter bezlari rivojlanmagan.
Yog’ bezlari shaklan shingilsimon bo’lib, yo’llari jun xaltachasiga ochiladi. Ishlab chiqarilgan yog’li sekreti epidermis hamda junlarni namlashdan, ifloslanib qurib qolishdan saqlaydi. Ko’pgina turlarida hid bezlari rivojlangan. Bular shaklan o’zgargan yog’ yoki ter bezlari, ba’zan esa bularning ikkalasidan iborat bo’ladi.
Sut bezlari ter bezlaridan kelib chiqgan. Tubun sutemizuvchilarda bu bezlar naysimon tuzulishini saqlab qolgan. Xaltalilarning sut bezlari shingilsimon bo’lib so’rg’ichlariga ochiladi.
Sutemizuvchilarda so’rgichlar soni har bo’ladi. Masalan: maymunlarda 1 juft oposumda esa ko’p so’rg’ichli bo’lib ular 24 ta. Ko’pchilik sutemizuvchilar tanasi boshdan oyoq yoki qisman jun bilan qoplangan. Junlari 2 ta asosiy tipga bo’linadi. Uzun va bir qator qattiqroq bo’ladigan dag’al jun va qisqa va mayin bo’ladigan tuklarga. Terisining ustki qismiga to’g’ri keladigan junlari yil fasliga qarab keskin o’zgarib turadi. Qish faslida junlari yozga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Bazan jun qoplami shaklan o’zgarib dag’al qilga ( to’ng’izda) va ignalarga aylangan ( tipratikan, jayrada) aylanadi. Terisining yuzasida odatda dumida jundan tashqari tangachalari bo’lishi mumkin ( Ondatra). Bundan tashqari tuyg’u vazifasini bajaradigan burun ko’zlarining usti va pastki jag’ida to’p-to’p bo’lib joylashgan sezuvchan junlari bo’lishi sutemizuvchilar uchun xarakterlidir. Mo’yna hamma hayvonlarda bo’lmaydi. Ba’zi hayvonlarda masalan: fil, karkidon, siren junlari juda siyrak. Sutemizuvchilarning gavda shakli nihoyatda xilma-xil. Gavdasi bosh, bo’yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqlarga bo’linadi. Bu bo’limlarning shakli bir-biriga nisbati ham har xil bo’lib, hayvonlarning yashash sharoitiga qarab o’zgargan. Yuragi to’rt kamrerali bo’lib faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Qondagi eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz bo’ladi. Tishlari rivojlangan bo’lib kurak qoziq va oziq tishlarga bo’lingan, ular chuqurchalar ( alveolalarda) joylashgan. Eshitish organi uch bo’limdan iborat bo’lib o’rta qulog’ida uchta eshitish suyakchalari ( uzangi, sandon va bolg’acha) bor. Ayrim turlarida quloq suprasi reduksiyalangan bularga delfinlar va kitlarni misol qilishimiz mumkin va yer ostida yashovchi sutemizuvchilarga ko’rsichqon va kurotlar misol bo’ladi.


    1. Download 2,68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish