O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
bet1/13
Sana26.06.2022
Hajmi2,68 Mb.
#706390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5420289091654654930


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDOGOGIKA UNIVERSITETI
“Tabiiy fanlar’’ fakulteti

“Himoyaga ruxsat etildi’’


Fakultet dekani b. f. d. prof.
______________K.A.Saparov
“____”_____________2022-yil

5110400-“biologiya va uni o’qitish metodikasi’’ ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi Hamdullayev To‘lqinning
“O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqatuvchi noyob turlari” mavzusidagi
KURS ISHI


“Himoyaga ruxsat etaman’’ “Zoologiya va anatomiya’’


kafedra mudiri__________ G.A.Shaxmurova
“____” ________ 2022-yil
Ilmiy rahbar: “Zoologiya va anatomiya” kafedrasi katta o’qituvchisi ___________ Ongarov.M
“_____” ________ 2022-y



TOSHKENT-2022

Mundarija


Kirish……………………………………………………………………3bet.


I BOB. Respublikamizda uchraydigan sutemizuvchilarning umumiy tavsifi va tasnifi……………………………………………………………………...6 bet.

    1. Respublikamizdagi sutemizuvchilarning ovlanadigan vakillari. (Ondatra, norka, latcha)……………………………………....7 bet.

    1. O‘zbekistondagi sutemizuvchilarning kasallik tarqatuvchi turlari. (Jayra, sariq yumronqoziq, sug’urlar)………………………...10 bet.

II BOB. Juft tuyoqlilar turkumi va sistematikasi…………………………...15 bet.

    1. O‘zbekistondagi kavsh qaytaradigan va kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar kenja turkumi vakillari……………………………..15 bet.

    2. Respublikamiz faunasi sutemizuvchilarining qizil kitobga kiritilgan turlar.( Jayron, Sayg’oq, Qulon )……………………………...25 bet.

XULOSA……………………………………………………………………30 bet.
Foydalanilgan adabiyotlat………………………………………………...…32 bet.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hayvonot olami insoniyatning yashashi, hayot faolyatida juda muhim rol o’ynaydi. Hayvonot olami juda xilma-xildir hozirgi kunda 2,5 milliondan dan ortiq hayvon turlari ma’lum. Zoologiya faniga oid bilimlarni asosini biz eng soda bir hujayrali hayvonlardan boshlab murakkab tuzulgan sutemizuvchilargacha bo’lgan hayvonlarning tuzulishi va hayot kechirishi, ularning yashash muhiti bilan bo’lgan munosabatini, tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ko’paytirish undan oqilona foydalanish to’g’risidagi bilimlarimizni shakillantirish.
Ta’lim tizimida professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxasislarni tayyorlashni yo’lga qo’yish lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich juda to’g’ri ta’kidlaganlar biz farzandlarimizni komil inson bo’lishini xohlashdan oldin o’zimiz ularga o’rnak bo’lishimiz kerak va ta’lim sohasida nafaqat dars jarayonida balki, darsdan tashqari vaqtlarda xam o’quvchilar bilan shug’ullanmog’imiz kerak. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza”sida o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Yer yuzida inson faolyatining tabiatiga foydali va zararli ta’siri natijasida o’simlik va hayvonot olami tez o’zgaradi. Hayvonot olamini saqlab qolish va turlar sonini ko’paytirish uchun Respublikamiz hududida bir qancha qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etilgan. Hayvonot olamini saqlab qolish faqatgina davlatimiz rahbarlari yoki mutasaddi xodimlarning zimmasidagi ish emas, aksincha bu ishga umumxalq e’tiborini ham qaratish kerak. Shuning uchun har bir inson Vatanimizdagi har bir o’simlik va hayvon turlaridan oqilona foydalanish, ularni asrab-avaylashi kerak.
Bu hayvonlar insoniyat hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Masalan, oziq zanjirida hech bo’lmaganda bir halqasini tashkil etadi. Tabiatni shu qatorda ajralmas qismi bo’lgan o’simliklar dunyosi va hayvonot olamini muhofaza qilish hozirgi zamonning eng katta muammolariga aylandi. Respublikamizning xilma xil foydali turlarga boy yo’qolish xavfi ortib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish bizning burchimizga aylanishi kerak. Biz faqatgina foydali hayvon yoki o’simlik turinigina emas balki yurtimiz hududida uchraydigan xar bir turni asrab avaylashimiz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgidan ham a’lo darajada qilib ko’rsatishimiz kerak. Xayvonot dunyosidan o’rinsiz foydalanish natijasida o’tmishda yuztadan ortiq turdagi hayvonlar batamom qirilib ketgan.
Qirilib ketgan hayvonlar orasida xonaki sigirning ajdodi tur-xo’kiz, tarpan ot, insoniyatning yarmini go’sht bilan ta’minlab berishi mumkin bo’lgan dengiz sigiri singari hayvonlar.Insonning salbiy ta’siri natijasida o’simlik qoplamlari,turlarining soni va hayvonot olami turlari tobora kamayib ketmoqda.Tabiatdan oqilona foydalanmaslik tufayli yo’qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”i ta’sis etildi.Qizil kitobga kiritilgan xar bir tur o’simlik va hayvon uning xavf ostida turganidan dalolat beradi.
Respublikamizda uchraydigan sutemizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar juft tuyoqlilar va toq tuyoqlilar vakilllari ham tabiat va inson hayotida ham katta ahamiyatga ega.
Kurs ishining ahamiyati: O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilarga mansub hayvonlar biologiyasi haqida ma’lumotlar yig’ish va zoologiya fanini o’qitishda foydalanishdir. Respublikamizda uchraydigan hayvonlarning xonakilashtirilgan turlarining inson hayotidagi ahamiyati insoniyat uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jaligi sohasida sutemizuvchilarning rolini aniqlash va ular haqida ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish.
Kurs ishining maqsadi: Respublikamizda uchrovchi sutemizuvchilarni yaqindan o’rganish asosiy turlarining tuzulishi, tarqalishi va biologiyasini kuzatish orqali o’rganish
Kurs ishining vazifalari:
Respublikamizda uchrovchi sutemizuvchilar va ovlanadigan vakillari haqida ma’lumotlar yig’ish
Kasallik tarqatuvchi noyob turlarini o’rganish
Qizil kitobga kiritilgan turlarini aniqlash.

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish