1.2.1 Kemiruvchilar vakillari
Baʼzi Kemiruvchilar (nutriya, ondatra va boshqalar)ning moʻynasi sanoat ahamiyatiga ega. Kemiruvchilarning koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi zararkunandasidir. Kemiruvchilarni barcha qit’alarda uchraydi. (Antarktidadan tashqari). Ko’pgina kemiruvchilar orasida yana bir keng tarqalgan xususiyat bu tez ko’payishidir, chunki urg’ochilari bir yilda ko’p marta bolali bo’lishga qodir.
Oʻrta Osiyoda uchraydigan eng yirik Kemiruvchi: jayra, sariq yumronqoziq — beda ekiniga, daladagi gʻallaga, tokzorlarga, mevali bogʻlarga zarar keltiradi va oʻlat kasalligini tarqatadi.(1.2.2-rasm) Terisi qadrlanadi. Oʻrta Osiyoning tekislik qismida tarqalgan. Tanasi 30 sm rangi qumsimon sariqqoramtir aralash. Dashtlarda yashaydi. Mavsumda bir marta koʻpayib, 6—8 bola tugʻadi.
1.2.2 JAYRA
O’zbekistonning tog’li hududlarida sug’urlardan qizil sug’ur va ko’k sug’ur uchraydi. Sug’urlar guruh bo’lib yashovchi organizimlar hisoblanadi. Inlarining tuzulishi ham birmuncha murakkab tuzulgan. Sug’urlar unchalik katta bo’lmagan organizimlar hisoblanadi. Qalin mo’ynasi qish kunlari tanasini sovuqdan saqlaydi. Sug’urlarning bir juft iskanadik o’tkir tishlari mavjud. Qiyoqo’t, yalpiz, tulkiquyruq va mevalarni xush ko’radi.
Tanasining qayishqoqligidan jar va notekis qiyaliklarda ham chaqqon harakatlana oladi. Shu bilan birga o’tkir tirnoqlari ham mavjud. Ko’k sug’urning terisi yuqori baholanadi, yog’idan tabobatda faydalaniladi. Mo’ynalari ko’rkamligi bois odamlar tomonidan ov qilinadi. Ular yildan yilga kamayib boryotganligi uchun O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Sug’urlar o’lat (chuma) va tulyaremiya kasalliklarini tarqatadi.(1.2.3-rasm).
1.2.3-rasm Sug’urlar oilasi
Yana bir qiziq ma’lumot dunyodagi eng katta kemiruvchi bu kapybaradir. Uning uzunligi 70 funt va 1,30 metrni tashkil qiladi.(1.2.4-rasm)
1.2.4-rasm Kapybaradir
Kurak tishli kalamush Toshkent atrofida keng tarqalgan bo’lib boshini yumoqligi va ko’zini kichikligi bilan farqlanadi. Uzunligi 10-15 sm tanasining uzunligi boshi bilan 16-23 sm bo’lib uning ustki qismi qoramtir och tusdan jigarrangacha va ochiq och jigarrangdan ko’k rangacha o’zgarib turadi. Kurak tishli kalamush yiliga kamida 3-4 marta bolalab xar safar 4-9 tadan tug’adi. Bolalari esa 5 oyda voyaga yetadi. Suv inshoatlarini kovlab katta zarar yetkazadi va suv orqali yuquvchi parazitlarni tashish uchun xizmat qiladi.
Kulrang kalamush Toshkent atrofidagi ariq bo’ylari molxona omborlarida 2 jahon urushidan keyin keng tarqalgan va Turkuston kalamushini siqib chiqargan. Tanasining uzunligi boshi bilan 19-24 sm, og’irligi 340 gramgacha keladi. Keying panjalarining barmoqlari orasida pardalari bor. Dumi tanasidan kichik, deyarli junsiz. Usti mallasimon qo’ng’ir, qoramtir xira och jigarrang, qo’ng’ir kulrang bo’lishi mumkin. kulrang kalamush bir yilda 5-6 marta xar safar 5-8 tadan bolalaydi. Bolalari tez voyaga yetadi va 3-4 oydan keyin urchiy boshlaydi. Ular asosan tunda aktiv xayot kechiradi. Kulrang kalamush gijja, kana, burgalar xamda ba’zi bir xavfli mikroblar bo’lib ular juda xavfli o’lat, vabo, tif,dezenteriya va quturish kabi kasalliklarni tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |