Respublikamizdagi sutemizuvchilarning ovlanadigan vakillari. Masalan: Ondatra, norka,latcha.
Ko’plab tur sutemizuvchilar insoniyatga va tabiatga katta foyda keltiradi. MDH 150 ta sutemizuvchi ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o’rinda turadi. Eng qimmatbaho mo’yna olish uchun tulki, oq tulki, quyon, sassiqqo’zan, latcha, va boshqa hayvonlar bu hayvonlar mo’ynachilikning asosini tashkil qiladi. Ammo mo’ynachilidan tashqari tuyoqli sutemuzuvchilarning tutish yaxshi rivojlangan. Go’shti terisi va dorivor mahsulotlar olish uchun har yili 500-600 ming bosh atrofida tuyoqli sutemizuvchilar ovlanadi. Masalan: los, yelik, maral, shimol bug’usi va sayg’oqlar shular jumlasiga kiradi. Shuni ham aytib o’tishimiz kearakki hozirda xonakilashtiriliyotgan hayvonlar inson hayotida ahamiyati katta qoramollardan O’zbekistonda qora-ola, qizil dasht, bushayev, Simmental, shvis, qozog’iston oq boshi, shortgorn zotlari boqiladi. Bundan tashqari, Kostroma sutli va go’shtli zotlari, Yaroslavl sutli zoti, xolmogor sutli zoti, olotov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq-ovqat manbai sifatida inson tomonidan keng foydalaniladi. Eng ko’p ovanadigan sutemizuvchilar kemiruvchilar, yirtqichlar, jufttuyoqlilar, kurakoyoqlilar, tovushqonlar, hasharotxo’rlar turkumlari hisoblanadi. Bu turkumlar ichidan yurtimizda ovlanadigan vakillarining bir nechtasi bilan tanishamiz.
Kemiruvchilar turkumi vakillaridan O’zbekiston faunasida ingichka barmoqli yumronqoziq, kichik yumronqoziq, sariq yumronqoziq, relikt yumronqoziq. O’zbekistonning tog’li hududlarida sug’urlardan qizil sug’ur va ko’k sug’ur tarqalgan. Ko’k sug’urning terisi yuqori baholanadi, yog’idan tabobatda foydalaniladi. Bulardan tashqari ondatra mo’ynasi uchun ovlanadigan tur hisoblanadi. Yirtqichlardan mushuksimonlar vakillari ham mo’ynasi uchun ovlanadi. Susarlar oilasi vakillarining yungi qalin va yumshoq bo’lganligi sababli ular qimmatbaho mo’ynasi uchun ovlanadi.
Ondatra-dala sichqonlari oilasiga mansub kemiruvchi urug’ining yagona turi hisoblanadi.(1.1.1-rasm) Gavdasining uzunligi 35 sm gacha, dumi 28 sm, vazni esa 1,5 kg gacha. Quruqlik va suvda yashashga moslashgan, qishda muzlaydigan suv havzalarida yashaydi. Dumi yon tomondan yassilashgan, tangachali,tuksiz orqa oyoqlaridagi suzgich pardasi to’liq rivojlanmagan. Yungi qalin, qoramtir qo’ng’irdan qora rangacha, qisman suv yuqturadi. Erkagining dumi asosidagi bir juft mushk bezlari urchish davrida hidli yog’simon oqish suyuqlik mushk ajratadi. Vatani- Shimoliy Amerika, u yerdan Yevropa va Osiyoga, jumladan, O’zbekistonga 50 yil oldin keltirilib iqlimlashtirilgan. Xozirda O’zbekistonning barcha tekislik, suv xavfzalari, ko’llar, daryolar va kanallarda tarqalgan. Bahorda bolalaydi, yiliga 1-2 marta, janubda esa 2-3 marta 5-8 tadan bola tug’adi. Suv havzalarining qirg’oqlarini kovlab yoki shox-shabbalaridan uya quradi. Ovlanadi va ko’paytiriladi. O’zbekistonda, Qozog’istonda, Sibir va boshqa joylarda ondatrachilik xo’jaligi tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |