O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
bet4/13
Sana26.06.2022
Hajmi2,68 Mb.
#706390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5420289091654654930

1.1.1-rasm Ondatra mo’ynasi
Norkalar — suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar. Tanasi xipcha, choʻziq, oyoqlari kalta, barmoqlarida suzgich pardalari bor. Yungi qalin, yaltiroq, kulrang tusli. 2 turi bor. Yevropa norkasi Yevropa va janubiy-gʻarbiy Sibirda yashaydi. Uzunligi 45 sm gacha, dumi 20 sm gacha. Noyob, yoʻqolib borayotgan tur. Amerika norkasi Shimoliy Amerikada tarqalgan uzunligi 54 sm gacha. Koʻpchilik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham iqlimlashtirilgan Yevropa norkasini asta-sekin siqib chiqarmoqda.

1.1.2-rasm Amerika Norkasi
Amerika norkasi oʻrmonlar yaqinidagi muzlamaydigan daryolar, koʻllar va botqoqliklar yaqinida uya quradi. Poligam hayvon hisoblanadi. Xomladorlik davri 36— 80 kun, 1—9 ta, baʼzan 16 tagacha bola tugʻadi. Mayda sut emizuvchilar va baliqlar bilan oziqlanadi. Norka moʻynasi uchun ovlanadi. Amerika norkasi moʻynachilik fermalarida boqiladi. Seleksiya orqali Amerika norkasining har xil rangli moʻyna beradigan zotlari chiqarilgan.
Latchalar — suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar guruhi. Tanasi ingichka, choʻziq va juda egiluvchan. Oʻrta Osiyo hududida latcha va oq latcha tarqalgan. Latcha (Mustela nivalis) — eng mayda yirtqich, uzunligi 13— 28 sm, vazni 40 g dan 100 g gacha. Yozda yungi tanasining orka tomonida ochiq kulrang , qorin tomonida oqish yoki sargʻish, shimoliy qismida qishda oq rangga kiradi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika va Osiyoda tapqalgan. Juda serharakat, sichqonlarni qirib katta foyda keltiradi. Oq latcha oddiy latchaga nisbatan bir oz yirikroq, dumining uchi qora, uzunligi 16—38 sm, og’irligi 260 g gacha. Yevropaning deyarli hamma hududlarida, Shim. Amerika, Osiyoning shimoliy qismida uchraydi. Oʻrta Osiyoda Orol dengizidan shimolroqda tarqalgan. Asosiy ozigʻi mayda kemiruvchilar: sichqonlar, dala sichqonlari, kemiruvchilar kam boʻlganida esa baliqlar, baqalar, qushlarning uyasidagi joʻjalari, och qolganida mevalar va har xil organik chiqindilar bilan oziqlanadi. Yiliga bir marta 4—8 tadan bolalaydi. Latchaning ikkala turi ham zararkunanda kemiruvchilarni qirib, insonga katta foyda keltiradi. Oq latcha qimmatbaho moʻynasi uchun ovlanadi.
1.2. O’zbekistondagi sutemizuvchilarning kasallik tarqatuvchi turlari.
(Jayra, sariq yumronqoziq, sug’urlar, kulrang kalamush, kurak tishli kalamush)
Sutemizuvchilarda uchraydigan ko’pgina yuqumli kasalliklar insonlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Bu kasalliklar tabiiy manbali kasalliklar deb ataladi. Bunday kasalliklarga o’lat (chuma), tulyaremiya, kana ensifaleti, mavsumiy leyishmaniya va shunga o’xshash boshqa kasalliklar kiradi. Sug’urlar, yumronqoziqlar, qumsichqonlar va kalamushlar eng xavli bo’lgan o’lat kasalligini tarqatuvchilar hisoblanadi. Leyishmaniyoz O’zbekistonning janubiy viloyatlarida keng tarqalgan. Teri leyishmaniozining tabiiy manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Bularga misol qilib ( qum kalamushlari va yumronqoziqlar) ni aytishimiz mumkin. Bu hayvonlar leyishmaniya, tulyarema, vaboning tabiiy rezervuar xo’jayinlari hisoblanadi.
Kemiruvchilar (Rodentia) - sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar turkumi.( 1.2.1-rasm) 30 oilaga mansub 1600, baʼzi adabiyotlarga koʻra 2000 ga yaqin turi maʼlum. Respublikamiz hududida bu oila vakillari ko’p tarqalgan 9 oilaga mansub 41 turni tashkil qiladi. Kemiruvchilar orasida xilma-xilliklar mavjud. Ammo umumiy bitta xususiyati bor kuchli tishlash kesuvchi tishlari bilan ular har xil ovqatlarni, shuningdek yog’och va hatto ba’zi toshlarni yutib yuborishi mumkin. Tanasi gʻoʻlasimon, uzunligi 5-130 sm. Koʻpchilik Kemiruvchilarning oyogʻida yer kavlashga moslashgan tirnoqlari bor. Boshi uzunchoq, tepasi yassi. Koʻzi turtib chiqqan, baʼzilarida esa rivojlanmagan (masalan: koʻrsichqonlarda). Labida qilsimon moʻylovi bor. Qoziq tishlari koʻrinib turadi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish