O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kichik guruhlarida applikatsiya qilishga o’rgatish



Download 5,09 Mb.
bet109/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

23. Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kichik guruhlarida applikatsiya qilishga o’rgatish.
Reja
1. MTT larda o’tkaziladigan qirqib-yopishtirish faoliyatlarining ahamiyati.
2.Qirqib-yopishtirish faoliyatining turlari.
3. MTTda noan’anaviy applikatsiya turlari
Qirqib – yopishtirish faoliyatlari kichik guruhdan boshlab o’rgatiladi. Bu guruhda qirqib – yopishtirishning mazmuni soddaginadir, bolalar tayyor shakllardan buyumlar yasaydilar. Bu faoliyatlarning maqsadi va vazifasi bolalarga geometrik shakllarni tanishtirish, rangni anglatish va esda qoldirish uchun mashq qildirish, turli shakllarni to’g’ri joylashtirish uchun qog’oz betini chamalay bilish hamda son va miqdorning farqini bilishga o’rgatishdir. Bolalarning ko’zi yopishtiriladigan buyumning bir tekisdaligini va bir markaz tevaragida ko’z chamasi taraqqiy etadi: kvadrat va doiraning o’rtasini to’g’ri topishga, tekis va ozoda yelimlashga o’rganadilar. Qirqib – yopishtirish faoliyatlarida tarbiyachi bolalarni doira, kvadrat, uchburchakni to’g’ri aytishga va ularni bir-biridan farqlashga o’rgatadi. Bu vazifani tarbiyachi loy ishlashda, ta’limiy o’yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar to’pning dumaloq shaklda ekanligini, qor odam dumaloq shakllardan, aravalarning g’ildiraklari ham dumaloq ekanligini o’rganadilar. Shuningdek tarbiyachi bolalarga oval, trapetsiya shaklidagi buyumlarni obrazli ifodalashga o’rgatadi
Qirqib – yopishtirish bilan shug’ullanish bolalarni garmonik rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Qirqib – yopishtirish ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, formani xis qilish, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Rangli qog’ozdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.
Bolalar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari va ish joyini toza saqlashlari kerak.
Geometrik figuralardan predmetli qirqib – yopishtirish.Bolalarning predmetlarni fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Bizni o’rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan qirqib – yopishtirish bo’yicha juda ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har birini shunday joylastirish kerakki, natijada talab qilinadigan kontur paydo bo’lsin. Ishni qo’ziqorin, pufak kabi oddiy shakllarni bajarishdan boshlash mumkin.Keyinchalik esa murakkabroq predmetlarni turli geometrik shakllardan bajarish mumkin. Bu ishlar bolalarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi, uyushqoqlik bilan ishlash, ko’rsatmalarga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi.
Mazmunli qirqib – yopishtirish tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Murakkab mazmunli qirqib – yopishtirish ertaklar, hikoyalar va shu kabilarga illyustratsiya sifatida yasaladi. Agar mazmun oddiy bo’lsa, tasvirlarni oldindan belgilamay qirqish mumkin. Murakkab mazmunli qirqib – yopishtirish ham syujet tanlashdan boshlanadi. Agarda mazmunni bolalar o’zlari o’ylab topgan bo’lsalar, bu rasm chizish malakasiga ega bo’lsa, unda avval mazmunning rasmi, so’ngra rasmlar detallari chiziladi va qirqib olinadi. Dekorativ qirqib – yopishtirish.U naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shoh, qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy)lardan tarkib topishi predmetli xodisa xarakatlar uyg’unligini aks ettirishi mazmundan iborat bo’lishi mumkin.Dekorativ qirqib – yopishtirish o’zining ornamentalligi, shaklining umumlashganligi, rangi bilan ajralib turuvchi tasvirlardir. Rang real yoki shartli bo’lishi mumkin. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ qirqib – yopishtirish keng qo’llaniladi. Qirqib – yopishtirishni bu turi bilan tabrik telegrammalari, taklifnomalar, al’bom va shu kabilar bezatiladi.
Applikatsiyaga qiziqishni shakllantirish, bolalarni applikatsiya ishlariga jalb etish. Bolalarni tarbiyachi tomonidan qirqib, yelimlashga tayyorlangan shakllarni rang-tusiga ko’ra navbatma-navbat qo’yish va yelimlashga o’rgatish.Bolalarni geometrik shakllardan turli narsalar( uycha, aravacha) yasashga qiziqtirish.O’rta guruhda applikatsiyaga qiziqishni rivojlantirish, bunda turli Tasviriy ifodalarni yaratishga, applikatsiya imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga e’tibor berish. Bolalarni qaychini to’g’ri ushlash va qirqish, o’simlik va geometrik shakllardan kvadrat, doira naqshlar hosil qilish, ularni yelimlash. Qog’ozdan to’rtburchak va to’g’ri burchakli to’rtburchak kesib olish, to’rtburchakni diagonal bo’ylab kesish natijasida 2-3 shakl vujudga keladi.( qo’ziqorin, vagon).Jamoaviy mehnat mahsulotlarini yaratishga o’rgatish, qirqib-yopishtirish malakalarini mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar:


1.MTT ning kichik guruhlarida applikatsiya qilishga o’rgatishning vazifalarini aytib bering.
2.Kichik guruhda tarbiyachi applikatsiyaning qanday turlaridan foydalaniladi?
3.Tarbiyachi bolalarga applikatsiyani o’rgatishda qaysi usullardan foydalanadi?



Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish