25.Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rta guruhlarida applikatsiya ishlari.
Reja:
1. O’rta guruhda qirqib-yopishtirishga o’rgatishning ahamiyati.
2.O’rta guruhda qirqib – yopishtirish faoliyatining turlari.
3.O’rta guruhda qaychi bilan ishlash usullari.
O’rta guruhga kelib bolalar oldingi guruhlarda olgan bilimlarini kengaytiradilar, ular, doira, to’rtburchak, uchburchak, oval, trapetsiya kabi shakllarning nomini to’g’ri aytishga va ularni bir-biridan farqlashga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar birinchi marta qaychi bilan qog’oz qiyishga o’rganadilar. Ular oldin faqat to’g’ri chiziq bo’ylab qirqadilar. Dastlab ular bayroq, uy, yelkanli qayiq kabi to’g’ri chiziqli shakllarni qiyadilar. So’ngra bolalar, dumaloq buyumlar shaklini qiyib yopishtirishni ham o’rganadilar. Bolalar bu malakani hosil qilganlaridan so’ng buyumlar xili ko’paytiriladi. Bunday buyumlar xiliga sabzavotlar, mevalar, gullar, barglar kiradi. Bolalar buyumning har bir qismini uning o’ziga o’xshagan rangli qog’ozlardan qiyadilar, so’ng tasvirlarni qog’oz betiga naqsh qilib terib chiqadilar va yopishtiradilar. O’rta guruhda bolalar parrandalardan jo’ja va chumchuqni qiyib yasashlari mumkin. Bolalar archa daraxtini qiyib yasashga o’rganishlari mumkin. Shuningdek uy, yuk mashinasi, vagon va samalyotni qog’ozdan qiyib yasay oladilar. Bolalar qog’ozni qiyib buyum shaklini yasashga o’rganmaganlari uchun barmoqlari bilan qaychini to’g’ri ushlashni, qaychini ochib-yopishni o’zlashtirishlari kerak. Bolalar ko’p vaqtgacha bir vaqtning o’zida ikki qo’lni barobar harakat qildirishga qiynalib yuradilar. Bolalarda qog’ozni qiyish malakasi hosil bo’lgach ular qora qalam bilan chizilgan yoki buklangan chiziq bo’ylab tekis qiyishga o’rganadilar. Ular bu usulni o’zlashtirgach dumaloq shakllar qiyishga, ya’ni qog’ozni qaychi tig’lari orasida aylantirib qiyishga o’rganadilar. Bolalar kichik guruhdayoq yelim bilan ishlashga o’rganadilar. O’rta guruhda bolalar applikatsiyani oldindan qog’oz yuziga taxlab, birin-ketin har bir qismini yopishtirish orqali quyi guruhda hosil qilgan malakalarini tatbiq qiladilar.
O’rta guruhda applikatsiyaga o’rgatishda qog’ozni qirqib tasvir hosil qilishga oid ko’nikmalarni mustahkamlash.Narsalar tasvirini uzun va qisqa tasmalarga ajratib kesish, yassi to’g’ri to’rtburchak, kvadrat shakl uchlarini aylana qilib kesib, doira hosil qilish, kvadratdan 2-3 ta uchburchak, dumaloq va yassi shakldan kvadrat yoki kichik to’g’ri burchak kesib olish, qismlardan tasvir yaratish. Bolalarni qog’ozdan qat-qat qilib taxlangan shakl. Ustma-ust taxlangan simmetrik shakllar kesib olishga o’rgatish.Obrazlarga ifodaviylik berish uchun bolalarga siluetli applikatsiyalar kesish va ajratish usullarini o’rgatish. Syujetli kompozitsiya yaratish. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkaziladigan bayramlarda ishlatiladigan bezaklarni jamoa bo’lib tayyorlash.Zalni bayramga tayyorlash, ota-ona va do’stlarga sovg’alar tashkil etish hamda guruhlarni jihozlashda bolalarning mustaqil faoliyatini rag’batlantirish.
Savol va topshiriqlar:
1.O’rta guruhda applikatsiya qilishning vazifalarini aytib bering.
2.O’rta guruhda applikatsiyaning qanday turlari bor?
3.Applikatsiyaga o’rgatishda tarbiyachi qanday usullarni qo’llaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |