14. APPLIKATSIYA Applikatsiya haqida.
Applikatsiya ishlari uchun asboblar va moslamalar.
Applikatsiya uchun materiallami tayyorlash
Applikatsiya turlari.
Gazlama bo‘laklaridan applikasiya tayyorlash jarayoni
Applikatsiya haqida
Applikatsiya — lotincha so‘z bo‘lib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi, ya’ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko‘rinishda (syujet, o'simliklar, hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatiladigan materiallar xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialga tikish yoki yopishtirish mumkin.
Applikatsiya — texnik ijodkorlikning bir tarmog‘i bo‘lib, u turli shakllami qirqish, joylash va asos (fon) deb atalgan materialga yopishtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Applikatsiya tayyorlash jarayonida kishining ijodkorlik qobiliyati shakllanadi, kuzatuv- chanlik, e’tibor, tasawur doirasi kengayadi, rang-tasvir, chama- lash qobiliyati kuchayadi, sabr, chidamlilik, qo‘l mehnatiga bo'lgan munosabati, badiiy didi ijobiy shakllanadi.
Applikatsiya kiyimlami, turli buyumlami va xona jihozlarini bezashda, ko‘rgazma materiallami tayyorlashda qoilaniladigan qadimiy amaliy san’at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim- kechak va ro‘zg‘or buyumlarini bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo‘yna parchalaridan foydalaniladi, ya’ni ulami bezak bo‘yicha asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop chok va hokazolar bilan chatib qo‘yiladi. Gazlamalaming turli-tumanligi, ularning rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ xarakterda bo‘lib, zamonaviy interyerga juda mos tushadi.
Applikatsiya oson tikilishi, turli gazlama va materiallami ishlatish mumkinligi bilan ko'pchilikning diqqat-e’tiborini tortadi. Qo‘l hunarining bu turiga har qanday ochiq rangli gazlama parchalari yaraydi. Bitta rangni ikkinchisiga qo‘yib ko‘rib, ranglaming juda chiroyli uyg‘unligini va kompozitsiyalarini topish mumkin.
Applikatsiya ishlari uchun asboblar va moslamalar
Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo‘lda bajarish mumkin. Qo‘lda applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozi.
Applikatsiyani bajarishda ignalar to‘plami bilan ishlagan ma’qul. Yupqa gazlamalarni tikishda 3- va 5- raqamli ignalardan, qalin gazlamalarni tikishda esa birmuncha kattaroq bo'lgan 4- va
raqamli ignalardan foydalanish kerak. Ignalaming ko‘zi katta bo'lsa, bir necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi.
Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, ya’ni 40- va 50- raqamli g'altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko‘p miqdorda to‘plab qo'yilgani ma’qul, chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o‘zida kerak bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida ikki-uch xil o‘lchamdagi o‘tkir qaychilar yupqa gazlamalar va qiytimlarni bichish uchun, og‘ir qaychilar esa qalin va zich gazlamalarni bichish uchun kerak bo‘ladi.
Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtiriladi^an bo‘lsa) zig-zag qaychilardan ham foydalaniladi. Applikatsiya nusxalarini tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozlar uchun alohida qaychi ishlatilgani ma’qul, aks holda gazlama uchun ishlatilayotgan qaychi tezda o'tmas bo‘lib qoladi. Applikatsiya bilan ishlash jarayonida charm va zamsh materiallari bilan ham ishlanadi, shuning uchun bu ishlar uchun poyafzalchilar qaychisidan foydalanish kerak.
Ish jarayonining bir tekisda borishi uchun maxsus papkaga solingan karton qog‘ozi, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozlari, shuningdek, maxsus idishchada to‘g‘nog‘ichlar, lineyka, santimetr lentasi va detallaming ovalsimon shakllarini chizishda ishlatiladigan turli xil lekalolar to'plami bo‘lgani ma’qul. Turli xil rasmlami gazlamalarga belgilash uchun yumshoq oddiy va rangli qalamlar (oq rangli qalam ham), o'tkirlangan sovun qoldig‘i va bo‘r kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |