O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga



Download 5,09 Mb.
bet105/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

19.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga
tayyorlov guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash.
Reja:
1.Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasash vazifalari.
2.O’yinchoq yasashga o’rgatish usullari.
3.Maktabga tayyorlov guruh bolalarini loydan buyum yasash haqidagi tushunchalarini rivojlantirishda (Ilk qadam) Davlat o’quv dasturi vazifalari.
4. Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasash faoliyatinamunasi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar loy va plastilindan ancha ifodali obrazlar yarata oladilar. Chunki ular ko’rish obrazlarining katta zahirasiga ega bo’ladilar va mana shu obrazlar tasvirlash uchun asos bo’lishi mumkin; bolalarning jismoniy rivojlanishida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi: endi kichkintoylarning qo’l barmoqlardagi muskullar ancha mustahkamlangan, shunga ko’ra barmoqlarining nozik harakatlari ham ancha rivojlangan bo’ladi, bolalarning nutqi ham o’sadi. Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar yasagan o’yinchoq mavzularini o’zlari erkinroq tanlaydilar. Ular ilgari o’zlari yasamagan predmetlarni yasashga dadil kirishadilar. Bunday vaqtlarda tarbiyachi bolalar ijodiga xalal bermasligi, aksincha bolalarning har biriga yordam berishga harakat qilib ularni to’g’ri yo’lga solib turishi lozim. Butun yil davomida bolalar qush va hayvonlarni yasaydilar. Bu mavzu bolalar uchun qiziqarli va maroqlidir. Ular ko’pincha turli xil jonivorlarni kuzatadilar, ular to’g’risidagi hikoyalarni eshitadilar, rasmlarni ko’rganlarida ularning suratlarini uchratadilar. Qushlarni yasashda bolalar yasash usullarini esga oladilar, yaxlit bo’lakdan yasash ko’nikmalarini mustahkamlaydilar. Chunonchi, xo’roz yoki tovuqni tasvirlayotgan vaqtlarida uning bo’yni va dumini yaxlit bo’lakdan yasash mumkin. Odatda ular yasagan qushning tanasi dastlab juda ingichka, dumi yapaloq va boshi katta bo’lib qoladi. Asta-sekin bolalar loyni qismlarining katta kichikligiga qarab to’g’ri taqsimlashni o’rganib boradilar. Qayerda loy ortiqcharoq ishlatilgan bo’lsa, uni chimdib oladigan, qayerda loy yetishmay turgan bo’lsa, o’sha yerga qo’shadigan bo’ladilar. Shakli ancha murakkab qushlarni loydan yasash qismlarini bir-biriga mahkam tutashtirishni, birining-biriga tutashgan joylarini silliqlay bilishni talab qiladi. Yaxlit qismlarni eshib chiqarish ancha murakkab usul hisoblanadi. Bolalar buyumning ancha kichik-kichik qismlarigacha ishlashni – shakl betiga burun qo’ndirish, og’iz yasash, kiyimini bir oz pardozlash, qushlarga pat qilish kabilarni o’rganadilar.
Sodda shaklli narsalarni xalq ustalari an’analariga asosan yasash. Plastik materiallardan narsa yasashning turli usullarini erkin qo’llashga o’rganish, shaklning asosiy qismi va boshqa qismlari, ularning bo’laklari, tasvirlangan obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqdim etish, yog’och qalam va barmoqlar harakati orqali shakl yuzasini qayta ishlash, silliqlash va mukammallashtirishni o’rgatishni davom ettirish. Plastik materiallardan narsa yasaganda bolalarda kompozitsiya tuyg’usini rivojlantirish, 2-3 figuradan iborat murakkab bo’lmagan haykaltaroshlik mahsulotlari guruhini hosil qilish, figuralarni umumiy asosga birlashtirish. Turli idish- tovoqlar yasash ularning sirtqi qismini yog’och qalamlar bilan silliqlash. Kishilar va jonivorlardan iborat guruhlai haykaltaroshlik tasvirlarini yasash. Xalq o’yinchoqlariga o’xshatib bezakli figuralar yasash va bo’yashga o’rgatiladi.

Savol va topshiriqlar:


1.Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasashga o’rgatish vazifalarini aytib bering.
2.Tarbiyachi qanday usullarni qo’llaydi?
3.Loydan buyum yasashga o’rgatishning dastur mazmuni qanday?



Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish