O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruh yoshidagi bolalarni rasm chizishga o`rgatish



Download 5,09 Mb.
bet97/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

11.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruh yoshidagi bolalarni rasm chizishga o`rgatish.
Reja.
1Maktabgacha tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari.
2. Rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni.
3.Rasm chizish faoliyatining turlari.
4. Rasm chizish faoliyat loyihasi tuzish.
Qonunda ta’kidlanganidek maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti yetti yoshgacha bola, oila, Maktabgacha ta’lim tashkilotida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Qonunda belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun yaratilgan “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari” risolasida maktabgacha yoshdagi, jumladan 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash yo’llari ishlab chiqildi: “- labbay deyish, xo’p bo’ladi, rahmat aytish, salomat bo’ling, yoqimli ishtaha … , qo’lni ko’ksiga qo’yib iltifot ko’rsatish, o’tirish va yurish qoidalarini, mehribonlik qilish, kattalar mehnatini qadrlash” kabi milliy urf-odat va an’analar asosida 6-7 yoshli bolalarda ahloq - odob haqida tasavvur va tushuncha hosil qilish talab etiladi. Qonunda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ahloq-odob va bola tarbiyasi haqida buyuk allomalar bildirgan fikrlardan samarali foydalanish kerak, chunki, ularning asarlarida bola tarbiyasiga doir fikrlar xalqimiz orttirgan tajribalar yakuni bo’lib, an’ana sifatida asrlar davomida amaliyotda qo’llanib kelindi va hozirgi kunda barkamol avlodni yetishtirishga xizmat qilmoqda.
Ulug’ alloma Abu Ali ibn Sino: “She’riy va tibbiy doston” kitobida: “Bolaga do’q qilma, yomon bo’lma, qo’pol, uyqu qochar, qo’rqar, ahir bo’lur battol” – deydi.
Ibn Sino adolatni eng muhim ahloqiy boylik hisoblaydi. U ahloqiy tushunchalar aqlga, aqliy bilimga asoslanishi kerakligini aytadi. Ulug’ allomaning uqtirishicha insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri o’zining yomon ahloqiy xislatlarini anglab ularni yo’qotishga intilishi, uning eng yaxshi xislatlari ichida boshqalarga e’tibor va g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lish alohida o’rinda turadi. Har inson o’zi ahloqini tarbiyalash uchun oldiga qo’yilgan vazifani bajarib, hulqini tuzatishga intilishi kerak. Kimki o’z hatosi, kamchiligini tuzata olmasa, u boshqalarning tarbiyasi haqida g’amxo’rlik qila olmaydi. Boshqa odamni tarbiyalamoqchi va uning ahloqini tuzatmoqchi bo’lgan tarbiyachi, avvalo, uni yaxshi o’rganishi va barcha kamchiliklarini yaxshi bilib olishi lozim. Aks holda tarbiyachi o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajara olmaydi. Bolani tarbiyalash oila, ota-onaning asosiy vazifasidir. Avvalo, o’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota-onagina chinakam tarbiyachi bo’lishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni maktabga tarbiyalashda ishni shu tartibda tashkil qilishning ijobiy natijasi bolalarning o’zlariga nisbatan talabchan bo’lishlariga, o’zaro muloqotlarida, ayniqsa yaxshi hislatli bo’lishga intilishlarida ko’rina boshlaydi. Bunda murabbiy bilan oila o’rtasidagi aloqani kuchaytirish, bog’cha rahbariyati bilan birgalikda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda davlat tomonidan qo’yilgan vazifalarni ota-onalarga tushuntirish, bolalar hulqi, ahloqiy rivojida bo’layotgan o’zgarishlarni kuzatib borish muhim omil bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o’zlashtiradigan bilimlar, ko’nikma va malakalar rejasi 4-5 yilga taqsimlangan. Maktabda tayyorlov guruhida ilgari o’zlashtirilganlar mustahkamlanadi va ba’zi bir murakkablashtirish yuz beradi, bundan tashqari maktab ta’limi uchun juda muhim bo’lgan yangi vazifalar hal qilinadi.
Bu yoshdagi bolalar rivojlanishi bilish faoliyatining ancha murakkab shakllarining tashkil topishi bilan harakterlanadi. Ma’lum vazifaga bo’ysundirilgan kuzatuvchanlik o’sib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan olib boradigan ishlarni tasviriy faoliyatidagi o’ziga hos vazifalarni hal etadigan va shu bilan birga bolalarni maktabga tayyorlashga yordam beradigan qilib tashkil qilish zarur.
Oldingi guruhlarda bolalar narsalarning to’g’ri to’rtburchakli, yumaloq, oval va boshqa geometrik shakllarga ega ekanligini bilib olganlar. Agar narsalar bir necha qismlardan iborat bo’lsa, unda har bir qismning shaklini aniqlash va tasvirlash hamda yahlit buyumni qismlari bo’yicha tiklash lozimligini ham o’rganganlar.
Murakkab shaklga ega bo’lgan narsalarni tasvirlashda to’g’ri mutanosiblikka – qismlarning katta-kichikligi va joylanishi bo’yicha nisbatiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Agar kichik yoshdagi bolalar narsa haqidagi o’z tasavvurlaridan foydalanib rasm chizsalar, tayyorlov guruhida esa bolalarni tez-tez va narsaga ko’proq sinchiklab qarashga, u haqidagi o’z bilimlarini uzliksiz aniqlab borishga, narsalarni o’zaro u yoki bu xususiyatlariga ko’ra taqqoslashga, bir guruh narsalarning o’xshashligi, ularning asosiy tuzilishi, shakli to’g’risida borgan sari ko’proq tasavvur va bilimlarni to’plashga o’rgatish kerak.
Yetti yoshga qadam qo’ygan bolalarga ular ko’zdan kechirayotgan narsalar haqida tegishli ma’lumotlar berib, ularda tevarak-atrofga, hayotga birmuncha qiziqish tarbiyalash mumkin. Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar kattalar mehnatiga zo’r qiziqish bilan qaraydilar. Kitoblar, oynai – jahondagi eshittirishlar orqali ular turli kasbdagi kishilar haqida xabardor bo’ladilar. Bolalarning o’zlari ham kelajakda kim bo’lib ishlashlarini gapiradilar. Mana shuning uchun ham tarbiyachining kim bo’lishni istashingiz haqida rasm chizing, degan taklifini bolalar xursandlik bilan qabul qiladilar. Topshiriqning bolalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun turli kasbdagi kishilarni tasvirlovchi suratlarni tanlab olish kerak. Tugallangan rasmlarni ko’rib chiqayotganda tarbiyachi eng qiziqarlilarini ko’rsatib, bolalardan ularning fikricha shu rasmning egasi kim bo’lmoqchi ekanligini aytishlarini so’raydi. Bolalar rasmlarni rangli qalamlar bilan ham, bo’yoqlar bilan bajarishlari mumkin.
Maktabga tayyorlov guruhida rang haqidagi tasavvur birmuncha boyiydi. Bolalar ranglarni kamalak bo’lishi haqidagi bilimga ega bo’ladilar. Kamalak tasvirini suratlardan topish va ularni namuna sifatida bolalarga ko’rsatish mumkin. Tarbiyachi bolalar e’tiborini ranglarning faqat turli xilligiga emas, balki narsa va voqealar o’z rangini o’zgartirib turishiga ham jalb etadi. Bolalar kuzda daraxt bargining rangi o’zgarishini bilib oladilar. Endi bu tasavvurlar aniqlanadi: turli daraxtlar kuzda turlicha rangga kiradi. Ob-havo o’zgarishi bilan osmon rangi o’zgaradi. Bulutlar rangi, tusi, tez o’zgaruvchan va xilma-xil bo’ladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalariga bezakli rasm chizish faoliyatlarida naqshlar chizishda bolalarga ularning qo’lni bir meyorda, g’ayri ixtiyoriy tarzda harakat qildirish malakasini hosil qilganliklari yordam beradi. Yuqori guruh bolalarida naqshning chiziqlarini, gullarini tez va dadil bir meyorda ritmik harakat bilan solayotganlarini kuzatish mumkin. Tayyorlov guruhidagi bola qalam ushlashi bilanoq qo’lining o’zi yurib keta boradi. Bola o’zining dadillik bilan naqshni bo’yashiga, mayda chiziqlar chizishiga ko’z tashlab, hosil bo’layotgan naqshlarini nazorat qila boradi, bo’yoqni rasmning har-xil joylariga, har-xil tomonlariga qarab yoyilishini taqsimlab, kamchiligini kuzata boradi. Bolalarga har-xil rangdagi qalam va bo’yoqlarni hamda bezak rasmlar solish mashg’uloti uchun turli-turli rangli naqshlarni tanlab tavsiya qilish yo’li bilan tarbiyachi ularni nuqul bir xil bo’yoqlarni ishlata berishdan chetga tortadi. Tarbiyachi bolalarning bo’yoq tanlab va xillab ishlatish singari individual xususiyatlarini, vaqti-vaqti bilan ularni o’z didlariga muvofiq kelgan bo’yoqlarni tanlab ishlatishga imkon berib qo’llab-quvvatlaydi.
Bo’yoq bilan bezak rasmlar solish qo’lni yengil harakat qildirishni o’rganishga, qo’lni uzunroq nari-beri yurita olishga va tez fursat ichida sahifaning katta sathini bo’yab chiqishga yordam beradi. Qalam bilan rasm chizish malakasi oldingi malakalarga qaraganda ko’proq ahamiyatli bo’lib qoladi, chunki bolalarga maktabda nuqul qalam bilan ishlashga to’g’ri keladi. Yilning 2-yarmiga kelib ayrim faoliyatlarda rasmning shaklini qora qalam bilan chizib olib, so’ngra shakl ichini rangli qalamlar, guash yoki akvarel bo’yoqlar bilan bo’yash maqsadga muvofiqdir.
. Bolalarning rasmlari ma’lum darajada ravshanlasha boshlaydi. Ularda mazmun nuqtai-nazaridan nima tasvirlanganligi yon-atrofdagi kishilar uchun tushunarli bo’lib qoladi. Bolalarga mazmunli rasm solishni o’rgatishda tarbiyachi hikoya yoki ertakdan bir joyini tanlab olishni va shuni tasvirlashni buyuradi. Ba’zi bolalar bir varaq qog’ozda ertak mazmunining hammasini ketma-ket tasvirlay borib, bir qancha xil rasmlarni solib qo’yishga intiladilar. Tarbiyachi bolalarga voqeaning bir joyini ikkinchi joyidan ajratib rasm solishni va har bir joyni alohida-alohida tamomlab tasvirlashni tavsiya qiladi. Kim nimaning rasmini solishni kelishib olish kerak, mashg’ulotning oxirida esa ertakning mazmuni qanchalik to’g’ri va yaxshi aks ettirilganligini ko’rib chiqiladi.
Savol va topshiriqlar:

  1. Maktabga tayyorlov guruhlarida rasm chizish faoliyati qanday tashkillanadi?

  2. Rasm chizishning qanday turlarini bilasiz?

  3. Maktabga tayyorlov guruhlarida rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmunini aytib bering.




Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish