2
Asosiy vositalar hisobi
KIRISH 2
1.BOB. Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularning harakatini hujjatlarda
rasmiylashtirish.
1.1 Asosiy vositalarning uchyotining vazifalari, ularni turkumlash va baholash. 3-5
1.2 Asosiy vositalarning harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish. 5-7
1.3 Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish. 7-10
2.BOB. Asosiy vositalarning inventarizasiyasi.
2.1 Asosiy vositalarni eskirish va yoyilishini amortizatsiyasini hisobga olish. 10-13
2.2 Asosiy vositalarning taomirlanishini hisobga olish 13-16
2.3 Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini hisobga olish 16-17
2.4 Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi va ularni qayta baholash. 17-19
3.BOB. Ijaraga olingan va nomoddiy aktivlarni hisobga olish.
3.1 Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olish. 19-22
3.2 Nomoddiy aktivlarni hisobga olish 22-24
3.3 Asosoiy vositalarning analitik va sintetik hisobi 24-30
XULOSA 31
Foydalanilgan adabiyotlar 32
3
KIRISH
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi - bu 2008 yil AQSHda boshlangan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uning ta’siri
va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan
chiqish yo’llarini izlashdir.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning qabul qilingan 5 tamoyili (iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi,
davlat - bosh islohotchi, kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, qonun
ustuvorligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bochkich o’tish), o’ziga
hos islohot va
modernizasiya modeli orqali o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga
oshirish vazifasini qo’yilishi, "shok terapiyasi" kabi usullardan voz kechilishi.
"Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy
tamoyilga tayangan holda,
islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tanlanishi. O’tish davrida muhimi,
davlat - bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi va bunday yondashuvning
ohir oqibatda o’zini to’la oqlashi. Shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy- iqtisodiy, byudjet,
bank-kredit
tizimi shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korhonalari va tarmoklarining
barqaror hamda o’zluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada zahiralar yaratilganligi va
zarur resurslar bazasining mavjud ekanligi.
Amerikada boshlangan inqirozning bunday tez muddatda
tarqalishiga bir tomondan
dunyo davlatlarining ishlab chiqarishi ko’p jixatdan okean orti davlati bilan chambarchas bog’liq
ekani sabab bo’ldi. Ikkinchi tomondan , sayyoramizdagi deyarli barcha davlatlarning Amerika
dolariga muqobil valyuta zaxirasiga ega ekani muammoni yanada chuqurlashtirdi.
Har bir korxonaning ishlab chiqarish
jarayoni nafaqat material,mehnat va moliyaviy
resurslaridan foydalanish hisobiga balki asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham
ta’minlanadi.
Asosiy vositalar mehnat qurollari bo’lib ularga quyidagilar kiradi:
-stanoklar;
-ish mashinalari;
-uzatuvchi moslamalar;
-instrument va shu kabilar;
Shuningdek
mehnat
jarayonini
moddiy
sharoitlari-ishlab
chiqarish
binolari,inshootlar,transport vositalari va boshqalardir.
Asosiy vositalardan samarali foydalanishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib
bekor
turishlarni qisqartirish,smenalik koeffisiyentini,yangi texnika va texnologiyani qo’llash
asosida unumdorligini,fond qaytimini oshirish bo;lib hisoblanadi,ya’ni asosiy vositaning har
bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulotlar bajarilgan ishlar hajmini ko’paytirish.