1.2 ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI XUJJATLARDA
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Sanoat ishlab chiqarishining to`xtovsiz o`sib borishi korxonalarda asosiy vositalarning
ko`payishi va ulardan foydalanishni yanada yaxshilash bilan bog`liqdir. Bu ko`p jixatdan asosiy
vositalar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish tartibiga qattiq, rioya qilinishini talab etadi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
OS-1
shakli.
Asosiy vositalarni qabul-topshirish akti. Akt har bir oboekt uchun yozilib,
buxgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun
asos bo`lib xizmat qiladi.
OS-2 shakli.
Taomir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan oboektlarni qabul-topshirish
akti.
OS-3 shakli,
Asosiy vositalarni tugatish to`g`risidagi akti.
OS-4 shakli.
Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish akti.
OS-6 shakli
. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi, Asosiy vositalarni qabul-
8
topshirish aktlari va ushbu oboekt texnik hujjatlari asosida har bir oboektga inventar kartochkasi
ochiladi.
OS-7 shakli,
Asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha inventar kartochkalar ro`yxati.
OS-8 shakli.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi. Turkum guruhdari
bo`yicha asosiy vositalar harakatini hisobga olish uchun ko`llaniladi. Kartochka maolumotlari
asosida asosiy vositalar harakati xaqidagi hisobot to`lgaziladi.
OS-9 shakli.
Asosiy vositalar inventar ro`yxati.
1.3 FOYDALANISHGA QABUL QILINGAN ASOSIY
VOSITALARNI HISOBGA OLISH
Foydalanishga qabul qilingan har bir oboekt uchun OS-1 raqamli tipik shakldagi asosiy
vositalarni qabul qilish-topshirish akti yoziladi, Unda oboektning dastlabki qiymati va boshqa
texnik-iqtisodiy maolumotlar ko`rsatiladi. Aktga ushbu oboektga taalluqli bo`lgan jami texnik
hujjatlar qo`shib qshyiladi, Asosiy vositalar uchyoti korxona buxgalteriyasida belgilangan
nomenklaturada har bir inventar oboekti bo`yicha yuritiladi.
Inventar oboekti deyilganda ayrim vosita yoki maolum ishlab chiqarish funksiyasini
bajarishga mo`ljallangan buyumlar (hamma moslamalari bilan) jami tushuniladi. Hisobga qabul
qilingan har bir asosiy vosita oboektiga, masalan binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100
dan 199 gacha, o`tkazgich qurilmalariga 200 dan 299 gacha va xokazo inventar rakami
biriktiriladi.
Buxgalteriya akt asosida OS-6 shaklidagi inventar kartochkasini ochadi va unga oboekt
xaqidagi hamma maolumotlarni yozadi. So`ngra inventar kartochkalari OS-7 shaklidagi mahsus
ro`yxatda, asosiy vositalar turkum guruhlari bo`yicha ro`yxat qilinadi. Ro`yxat qilingan
kartochkalar asosiy vositalar kartotekalariga joylashtiriladi, bunda ular tarmoq, turkum
guruhdari, gurux ichida esa joylanish, foydalanish joylari va turlari bo`yicha guruhlanadi.
Harakatda bo`lmagan asosiy vosita oboektlarining kartochkalari aloxida guruhlanadi.
Asosiy vositalar uchyoti foydalanish joylarida (sexlar, uchastkalar, korxona bo`limlari)
asosiy vositalar inventar kartochkalari bo`yicha amalga oshiriladi (OS-9 shakli). Hamma moddiy
javobgar shaxslar bilan belgilangan namunada 2 nushada shartnoma tuziladi, bittasi
buxgalteriyada, har bir moddiy javobgar shaxsga ochilgan deloda, boshqasi esa o`sha xodimda
sakdanadi.
Qabul qilingan, tugatilgan va korxona ichida ko`chirilgan asosiy vositalarning inventar
kartochkalari tegishli yozuvdan so`ng oy oxirigacha aloxida saqlanadi, Ular asosida har oyda
asosiy vositalar amortizatsiyasi hisob-kitobi tuzilatsi, ularning har biri bo`yicha qabul qilish,
hisobdan chiqarish bo`iicha oborotlar qo`shiladi va asosiy vositalar harakatini hisobga oliy
9
kartochkasi to`lg`aziladi. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (OS-8 shakli)
joriy yilning boshida ochiladi. Unda 1 yanvarga va har bir keyingi oyning 1-kuniga asosiy
vositalarning xolati turlari bo`yicha ko`rsatiladi. Bu maolumotlardan asosiy vositalar harakati
oborot vedomosti tuzishda foydalaniladi va u o`z navbatida korxona asosiy vositalar harakati
hamda xolati xususida hisobot tuzish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Foydalanishdagi, zaxiradagi yoki ijaraga berilgan korxonaga qarashli asosiy vositalarning
xolati va harakatini hisobga olish 01-«Asosiy vositalar», 07-«O`rnatiladigan asbob-uskunalar»,
08-«Kapital ko`yilmalar» schyotlarida yuritiladi. Asosiy vositalarni sotib olish bo`yicha
schetlarni to`lashga rozilik berilishi va to`lanishi schetlarda quyidagicha aks ettiriladi:
D- 60-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
K - 51-«Hisob-kitob scheti»
D - 07-«O`rnatiladigan asbob-uskunapar»
K - 60-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
Montajga topshirilgan uskunalar qiymati va montaj harajatlari summasiga:
D- 08-«Kapital qo`yilmalar»
K-07-«O`rnatiladigan asbob-uskunalar»
D-08-«Kapital qo`yilmalar»
K-10,70,60,69-schyotlar
Qabul qilingan asosiy vositalarning montaj, o`rnatish va foydalanishga topshirish harajatlari
hisobga olingan xoldagi qiymatiga:
D- 01-«Asosiy vositalar»
K- 08-«Kapital quyilmalar»
Shrnatish va mantaj talab qilinmaydigan asosiy vositalar oboektlari bshyicha quyidagicha
buxgalteriya provodkasi tuziladi.
D-60-“Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar”
K-51-“Hisob kitoblar scheti
D-08-«Kapital ko`yilmalar»
K-60-“Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar”
D-01-«Asosiy vositalar»
K- 08-«Kapital quyilmalar
10
Taosischilar tomonidan korxona mulkiga qshshilgan asosiy vositalar qiymatiga
kelishilgan narxda quyidagicha provodka tuziladi:
D-01-«Asosiy vositalar»
K-75-«Taosischilar bilan hisob-kitoblar scheti»
Nodavlat sektoridagi korxonalar bepul olingan asosiy vositalar qiymatini hisobda
quyidagicha aks ettiriladi.
D-01-«Asosiy vositalar»
K-80-«Foyda va zararlar»
Eskirish summasiga
D-01-«Asosiy vositalar»
K-02-«Asosiy vositalarning eskirishi»
Korxona bepul olingan asosiy vosita oboektlarini realizatsiya qilganda debetli qoldiq (zarar)
yoki kreditli qoldiq (47-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa ko`rinishdagi hisobdan
chiqarishlar» scheti bo`yicha daromad) joriy davrda 80-«Foyda va zararlar» schetiga yoziladi.
Amaldagi nizomga muvofiq 47-schet bo`yicha debetli salhdo, foydadan (daromaddan) soliq,
hisob-kitob qilishda soliqka tortiladigan bazani kamaytirmaydi.
Soliqka tortiladigan baza 47-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa ko`rinishdagi
hisobdan chiqarishlar» schetining kreditli salhdo summasiga ko`payadi.
Asosiy vositalarni bepul topshiradigan korxonalar, ularni o`zining uchyotida quyidagicha aks
ettiradi:
D – 47 - «Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kurinishidagi hisobdan chiqarishlar»
K - 01 - «Asosiy vositalar»
Eskirish summasiga
D- 02-«Asosiy vositalarning eskirishi»
K- 47-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kshrinishidagi hisobdan
chiqarishlar»
Debetli salhdo asosiy vositalar qoldiq, qiymatini ko`rsatadi va ustav kapitalining
kamayishiga yoziladi.
D- 85-«Ustav kapitali»
K-47-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kshrinishdagi hisobdan chiqarishlar»
Bepul qabul qilingan asosiy vositalarni montaj qilish, o`rnatish bo`yicha harajatlar korxona
uchyotidan olib boriladi va 08-«Kapital qo`yilmalar» schetida hisob qilinadi. Bepul olingan
asosiy vositalarni keltirish bo`yicha harajatlar 20-«Asosiy ishlab chiqarish», 25-«Umumishlab
chiqarish harajatlari» yoki 26-«Davr harajatlari» schyotida hisob qilinadi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |