O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turli guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash



Download 5,09 Mb.
bet99/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

13.Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turli guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash.
Reja:
1. Tasviriy san’atning haykaltaroshlik turi haqida tushuncha.
2. MTT ning turli yosh guruhlarida loy va plastilindan buyum yasashga o’rgatish vazifalari.
3.Loy va plastilindan buyum yasashga o’rgatish usullari.
Bolalar ayni paytda loydan, keyinchalik qumdan, plastilindan (kuchukcha, xo’rozcha va boshqa) shakllar yasab o’ynaydilar. Ana shu bolalik ermaklari ayrim bolalarning kelajagini ham belgilab beradi. Katta bo’lgan sari bolaning ermagi orzu havasga, keyinchalik hayotning mazmuniga aylanadi. Shu tariqa tasviriy san’atning haykaltaroshlik sohasi shakllanib, alohida san’at turiga aylanadi.Tasviriy san’atning asosiy turlaridan biri bo’lgan haykaltaroshlik san’atida borliqni hajmli shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan haykalchalar, ko’cha va hiyobonlarga o’rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlari, tanga va medallarning yuzasidagi bo’rtma tasvirlar haykaltaroshlikning turli ko’rinishlaridan hisoblanadi. Haykal-taroshlik asarlari o’rni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va ko’rinishiga qarab turlicha nomlanadi. Birinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarga tasviriy ko’rinishdagi o’yinchoqlarning tasviriy ko’rinishi to’g’risida tushuncha beradi. Lekin, avvalo bolalarni (material) loy va plastilin bilan tanishtirish lozim. Kichik yoshli bolalarning loy va plastilinga munosabatlari har xil bo’ladi. Ba’zi bolalar loyni qo’liga olishni istamay, uni turtib tashlaydi. Buning sababi ko’pincha ularga loyning ko’rinishi yoqmasligidir. Boshqa bolalarda esa buning mutlaqo teskarisini kuzatish mumkin. Ular loyni ezg’ilab, stolga surtib xursand bo’lib o’ynaydilar. Ammo ana shu harakatlarni ko’p marta takrorlash keyinchalik loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash jarayonida alohida ahamiyatga ega bo’lmay qolishidan tashqari, ishga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun bolalarni loy va plastilin bilan to’g’ri tanishtirish g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Loy va plastilin bilan tanishtirishni elementar ishlarni bajarish jarayonida o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki bunda bolalar o’z ishlari natijasini ko’rishlari mumkin. Tarbiyachi bolalarga loyni ko’rsatib: “Bu loy. Biz undan tayoqcha yasaymiz. Loy yumshoq, undan bir bo’lagini uzib olish mumkin. (loydan bir bo’lak olib, uni ikki kaftining orasiga qo’yib g’o’laklaydi)” deydi. Shu tariqa bolalarni loy va plastilin bilan tanishtirishda tarbiyachi ularga shakl hosil qilishning birinchi harakati g’o’laklashni o’rgatadi. Ta’limning bu usuli bolaning mazkur yosh bosqichida uni rivojlantirishning o’ziga hos xususiyatlari bilan bog’liqdir: bu yoshdagi bolalarda harakatlar yetarli darajada muvofiqlashmagan bo’ladi, bola bir vaqtning o’zida ikkita qo’lini ishlatishga qiynaladi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hajmli shakllar-silindr, shar yasash harakterlidir. Shuning uchun ularga shakl hosil qilish harakatlarini o’rgatishni loy va plastilindan eng oddiy narsalarni: silindr shaklidagi – tayoqcha, hasb; yumaloq shakldagi – koptok, olma, chalpak, non va boshqalarni yasash orqali amalga oshirish kerak.
Plastik materiallardan narsa yasashga nisbatan bolalarda barqaror qiziqishlarni shakllantirish,ularda plastik materiallardan narsa yasash texnikasi va loyning xususiyatlari haqidagi bilimlarni tarkib toptirish. Plastik materiallardan narsa yasashning texnik usullari orqali narsa va ertak qahramonlarini yasashga o’rgatish.Ikki qo’l kafti bilan ezg’ilab kaft orasida aylana harakat orqali loydan dumaloq bo’g’irsoq yasash.Bir necha qismlardan tuzilgan personaj shakllarini birlashtirib, Hamro buvi o’yinchoqlariga asoslangan holda oddiy xalq o’yinchoqlarini yasash.Chimdish usuli asosida shakldan personajlarning xarakterli jihatlarini yasash.Bolalarni tanish texnik usullardan foydalanib, hohishiga ko’ra plastik materiallardan narsa yasashga o’rgatish.

Savol va topshiriqlar:


1.Haykaltaroshlik haqida tushuncha bering.
2.Loydan buyum yasashning qanday usullarini bilasiz?
3. Loydan buyum yasashning dastur mazmuni aytib bering.

Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish