16.Mavzu.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rta guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash.
Reja:
1. O’rta guruhda loy va plastilindan buyum yasashga o’rgatish usullari.
2.O’rta guruhda loy va plastilindan buyum yasashga o’rgatishning vazifalari
3.O’rta guruhda loydan buyum yasashga o’rgatish mashg’ulot loyihasi tuzish.
O’rta guruh uchun loydan buyum yasash mashg’uloti.
Mavzu: Meva, sabzavotlarni loydan yasash.
Mashg’ulotning maqsadi:
Bolalarani kuz fasli bilan tanishtirishni davom etish, kuzda pishadigan meva- sabzavotlar haqida tushuncha berish, dumaloq, oval shakllaridan foydalanib, meva- sabzavotlarni loydan yasashga o’rgatish.
Tarbiyaviy ahamiyati- bolalarning nafosat tarbiyasini o’stirish, mashg’ulotga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, loy bilan ishlashda batartiblikka, o’rtoqlariga halal bermaslikka, tarbiyachining ko’rsatmalarni diqqat bilan tinglashga o’rgatish.
Kerakli jihozlar:
Meva va sabzavotlarning asl na’munalari, loy , klyonka, koptok, suv, mato.
Mashg’ulotning borishi:
Bolajonlar, men sizlarga hozir bir sh’er aytaman. U qaysi fasl ekanligini menga aytib berasizlar.
Kuz keldi bizlarga oltin kosada
Sharbat ola keldi , bol ola keldi
Savat- savat qilib shirin mevalar
Omborlar liq to’la don ola keldi.
Keng vodiylar bilan, dala bilan bir
Paxta ola keldi, shon ola keldi.
She’r nima haqida ekan:
Kuz haqida.
Ha bolajonlar she’rimiz kuz haqida. Mana bizning o’lkamizda kuz fasli kezmoqda. Sizlar kuzda ob-havo qanday bo’lishini bilasizlarmi?
Kuzda qanday mevalar pishadi?
Uzum, behi, nok, olma.
Sabzavotlar-chi?
Sabzi, baqlajonlar, karam, sholg’om.
Sizlar bu mevalar, sabzavotlar haqida she’rlar bilasizlarmi? Aytib beringlar:
Bolalar:
Uzum:
Donalarim marjoncha,
Bir boshim naqd bir jomcha
Quritsangiz mayizman
Daturxonga fayzman
Olma:
Boqqa kirsam olmalar
Qip qizarib pishibdi
Silkitibdi shamollar
Yerga to’p-to’p tushibdi.
Sabzi:
Yupqagina po’stim bor
Dalada ko’p do’stim bor
Maqolda ham yoziqman
O’sha oltin qoziqman.
Rahmat , bolajonlar.
Endi bugun biz mana shu meva sabzavotlarni loydan yasaymiz. Hammamiz menga qarab olamiz. Qo’llarimizni oldin harakatga keltirib olamiz. Olma, anor, behilarni yumaloq shakl bilan, sabzi, baqlajonlarni esa uzunchoq shakldan yasaymiz. Qani boshladik.
Tarbiyachi bolalarning atrofida aylanib yurib ular ishini nazorat qiladi, qiynalgan bolalarga yordam beradi. Jismoniy daqiqa: “Mevalar salati” muzyorari.
Tarbiyachi: Bolalar endi mening savolimga javob bersangiz: Mevalar qayerda va kim tomonidan yetishtiriladi?
Bolalar: Mevalar bog’da o’sadi, uzum ishkomlarda pishib yetiladi Ularni bog’bon parvarishlaydi.
Tarbiyachi: Sabzavotlarga nimalar kiradi?
Bolalar: Sabzavotlarga – sabzi, karam, baqlajon, sholg’om kiradi.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bugungi mashg’ulotimizda hamma bolalar faol ishtirok etishdi, deb mashg’ulotni yakunlaydi
Savol va topshiriqlar:
1.Amaliyot jarayonida o‘rta guruhda loydan buyum yasash faoliyatini markazda kuzatish.
2.O’rta guruh uchun dastur asosida loydan buyum yasash faoliyati loyihasi yozish.
3.Dastur mavzulari asosida loydan buyumlar yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |