O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining katta guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash



Download 5,09 Mb.
bet103/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

17.Mavzu.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining katta guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash.
Reja
1.Katta guruhda loy va plastilindan buyumlar yasash faoliyatlarini tashkil etish.
2. Katta guruhda tasavvur bo’yicha yasaladigan o’yinchoqlar.
3 .Xalq o’yinchoqlarini yasashga o’rgatish usullari.
4.Katta guruhda loy va plastilindan buyumlar yasashga o’rgatishning dasturi mazmuni.
Katta guruhdagi bolalarning tasvirlash faoliyati o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. 5-6 yoshga to’lgan bolalar jismonan ancha pishgan, ularning qo’l barmoqlaridagi tog’aylar suyakka aylanish jarayoni boshlangan, mayda va yirik muskullar ancha mustahkamlangan bo’ladi. Shuningdek, bolalarning psixologiyasida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y beradi: ular ancha diqqat – e’tiborli bo’lib qoladi, eslab qolish qobiliyatlari ham ancha o’sadi. Bundan tashqari, turli o’yinchoqlar yasash vaqtida bolalar qo’l harakatlarini o’zlari ko’rib nazorat qilishni o’rganib oladilar. Bu esa tasvirlanayotgan shakl xarakterini o’zgartirishga olib keladi, o’yinchoq tasviri ancha aniq chiqadi. Katta guruhda faoliyatlarning mazmuni ham murakkablashib boradi. Besh – olti yoshli bolalar xilma – xil figuralar yasaydi, sodda mazmunlar yaratadi, dekorativ narsalarni ham yasay boshlaydi. Olti yoshli bolalar bilan loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash bo’yicha umumiy vazifalar: bolalarda kuzatuvchanlik va estetik idrokni rivojlantirish, narsalarning shakli, bir-biridan farqi va o’xshashligi, fazodagi holati, xarakterli belgilari to’g’risidagi tasavvurlarini aniqlash bolalarda tasavvurni, mavzular va tasvirlash usullarini tanlashdagi mustaqilligini oshirishdan iboratdir.
Tasavvur bo’yicha yasash ham xuddi asliga qarab yasash singari muhimdir. Bolalarda obraz yaratishdagi mustaqillikni rivojlantirish, ularni o’yinchoq yasashning har xil usullaridan ijodiy foydalanishga o’rgatish – bunday mashg’ulotlarning asosiy vazifasidir. Bunda bolalarni yasaladigan o’yinchoq mazmunini oldin o’ylab ko’rishga odatlantiriladi. Faoliyat chog’ida o’yinlar, odatdan tashqari vaziyatlarni vujudga keltirish bolalar ishining borishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ularga yasalgan fugurachalardan qandaydir (hayvonot bog’i, parrandachilik fermasi va boshqalar) o’yin uchun foydalanishni tavsiya etish yoki bolalar 8- mart bayrami uchun zarur bo’lgan narsalarni yasash mumkin.
Badiiy kitob o’qib berish ham ta’limning asosiy usullaridan biridir. Bolalar yaratadigan obrazni kuchaytirish va chuqurlashtirish uchun tarbiyachi qushlar va hayvonlar to’g’risidagi, ularning tashqi qiyofasi va xarakterli xususiyatlari to’g’risidagi to’rtliklar, topishmoqlardan foydalanish mumkin.Xuddi boshqa guruhlardagi singari katta guruhda ham loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash mashg’ulotlari uchun muayyan uskunalar va ko’rgazmalar: taxtachalar yoki dastgohlar, ikki-uch xil yog’och qalamlar, loy, plastilin kerak. Bolalar faoliyatga tayyorgarlik ko’rishda faol ishtirok etadilar, navbatchilar barcha zarur narsalarni tarqatadilar. Ba’zan qo’yilgan vazifalarga qarab tarbiyachi bolalarga o’z ishlari uchun mustaqil holda ko’rgazma tanlab olishni taklif qiladi.
Buyumning o’ziga yoki tasavvuriga asosan narsalar yasash, bunda bolalarga yasalayotgan narsalarning xarakterli xususiyatlari va bo’laklari uyg’unligini saqlash. Tasviriy ifodalarning o’ziga xos xususiyatlari, shakllar sirtinin bezashni o’rgatish. Yaxlit bo’lakdan foydalanish va yog’och qalamni qo’llashga o’rgatish. Bolalarni mazmunli tasvirlar yaratishga yo’naltirish, sopol taglikka figuralarni joylashtirishni o’rgatish. (Mushuk bolalari bilan, bola qushlarga don bermoqda).Barmoqlar bilan ishlash jarayonida narsalarning mayda qismlarini yasashga o’rgatiladi.

Savol va topshiriqlar:


1.Katta guruhda loydan buyum yasashga o’rgatisning vazifalari nimadan iborat?
2.Tarbiyachi bolalarga loy bilan ishlashda qanday usullardan foydalanadi?
3.Loydan buyum yasashga o’rgatishning dastur mazmunini aytib bering.

Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish