28.Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruhlarida applikatsiya ishlari.
Reja:
1.Katta guruhda qirqib – yopishtirishga o’rgatishning dastur mazmuni.
2.Qirqib – yopishtirishga o’rgatish vazifalari.
3.Katta guruhda qirqib yopishtirish mashg’ulotlarini tashkil etish.
Katta guruhda qirqib – yopishtirish mashg’uloti.
Mashg’ulotning mavzusi: Bezatilgan archa.
Dastur mazmuni:
Bolalarni tevarak – atrofga bo’lgan munosabatlarini o’stirib borish. Fasllar haqidagi tushunchalarini mustahkamlash, sevimli bayramlarga bo’lgan qiziqishlarini oshirib borish. Qirqib yelimlash mashg’uloti orqali bolalarni qaychi bilan ishlashga, ish sifatini orasta bajarishga va do’stlarini ishlarini to’g’ri baholab borishga o’rgatishni davom ettirish.
Ishni mazmunini tushungan holda ishni oxiriga yetkazishni o’rgatish, tarbiyachini so’zlariga diqqat bilan quloq solishga, o’rtoqlariga xalaqit bermaslikka odatlantirish.
Kerakli jihozlar:
Bezatilgan archa, qaychi, yelim, rangli qog’ozlar, artqich, mo’yqalam va boshqalar.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalar bilan qish haqida va qishki o’yinlar, archa bayrami haqida suhbatlashadi.Shu payt eshik taqqillaydi va Qorbobo kirib keladi.
Bolalar: Qorboboni salom berib kutib oladilar.
Tarbiyachi Qorbobodan nima uchun ertaroq kelib qolganliklarini so’raydi.
Qorbobo: O’rmondan archa topa olmadim, uzoq o’rmonga boray desam hassamni yo’qotib qo’ydim, o’zim ham qarib qolibman, deydi. Shunda tarbiyachi bolalar bilan sizga yordam beramiz. Bobojon nima qilaylik desa, Qorbobo “Men bog’chalarga, maktablarga archa olib boraman degan edim, shuning uchun hijolatman”, - deydi.
Tarbiyachi: Bobojon biz sizga, bolalar bilan chiroyli archalar bezatib beramiz. Siz ozgina dam oling. Sizga bolalar she’r aytib berishadi, deydi.
She’r: Rozaxon, Abduqodir, Salomatxon.
Qorbobo bolalarni rag’batlantiradi.
Tarbiyachi: Bobojon endi biz bilan birga raqsga tushasiz deydi.
“Landi – landi o’yini”
Musiqa ostida bolalar o’ynashadi va raqsdan so’ng, shakllarni hohlaganlarini olib, “Top – top o’z uyungni top o’yini”. Bolalar qo’llaridagi shakllarga qarab o’z joylarini topib o’tirishadi va tarbiyachi namunasini diqqat bilan kuzatishadi va bolalar ham ishni davom ettirishadi. Tarbiyachi, Qorbobo bolalarni qilayotgan ishlarini kuzatib borishadi. Bolalarni rag’batlantirishadi, bolalar ham bir – birlarini ishlarini kuzatishadi. Tarbiyachi bobojon endi biz bilan birga ashula aytasiz deydi, Qorboboni topishmoqlari aytiladi. Bolalar to’g’ri topishadi.
Qorbobo: Endi bezatilgan archalaring ham qurib qolgandir. Men boray bolalarim, yangi yil bayramida, albatta sizlarga ham ajoyib sovg’alarimni olib kelaman. Men kelgunimcha sehrli hassamni topib qo’yinglar deb hayrlashib chiqib ketadi.
Tarbiyachi bolalarni ochiq havoga chiqib, o’yinlar o’ynashlarini aytadi.
Savol va topshiriqlar:
1.Amaliyot jarayonida katta guruhda qirqib yopishtirish faoliyatini san‘at markazida kuzatish.
2.Katta guruh uchun dastur asosida qirqib yopishtirish faoliyati loyihasi yozish.
3.Dastur mavzulari asosida qirqib yopishtirish namunalari yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |