30.Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlarida applikatsiya ishlari.
Reja:
1.Maktabga tayyorlov guruhda qirqib – yopishtirishga o’rgatish vazifalari.
2.Maktabga tayyorlov guruhda qirqib – yopishtirishga o’rgatishning dastur mazmuni.
3.Qirqib-yopishtirishga o’rgatish usullari.
4.Maktabga tayyorlov guruhida qirqib-yopishtirish faoliyatlarini o’tkazish.
Tayyorlov guruhda qirqib – yopishtirish mashg’uloti.
Mashg’ulotning mavzusi: “Bayramingiz bilan”.
Dastur mazmuni: Bolalarni tevarak atrofga bo’lgan munosabatlarini o’stirib borish, ularni odobli, mehnatsevar bo’lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarni o’rgatish. Kasb hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirib borish va kasbga yo’naltirish, qaychi bilan ishlash malakalarini mustahkamlash, ishni sifatini orasta bajarishga o’rgatish, do’stlarni ishlarini to’g’ri baholab berish.
Bolalarning mashg’ulotga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Ularga nafosat tarbiyasini berish. Ishni mazmunini tushungan holda ishni oxiriga yetkazishni o’rgatish, tarbiyachini so’zlariga diqqat bilan quloq solishga, o’rtoqlariga xalaqit bermaslikka odatlantirish.
Kerakli jihozlar:
Qo’l mehnatidan namunalar, atributlar va qaychi, rangli qog’oz, yelim, artqich, mo’yqalam va boshqalar.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar men sizlarni muzeyga olib boraman degan edim, eslaringdami? Bugun muzeyga boramiz, yo’lga chiqish oldidan ozgina suhbatlashib olamiz, deb yil fasllari, xafta kunlari, Vatan, Marg’ilon qanday shahar, siz qanday hunarmandlarni bilasiz savollar berib, javoblarini to’ldirib beradi.
Tarbiyachi boshchiligida yo’lga chiqishadi. Yo’lda ketayotib ikki qizchani o’yinchoq talashib urishayotganini ko’rib qolishadi, ularni murosaga keltirib, bolalardan bu voqea haqidagi fikr mulohazalarini biladi, haq va xuquqlari, burchlari nimalardan iboratligini ikki qizchaga aytishadi va ularni ham muzeyga olib borish taklifini berishadi. Qizchalar xursand bo’lib yo’lda davom etishadi.
Shu payt issiqqina yopilgan nonning xidi taraladi nonvoyxonaga tashrif buyurishib, u yerdagilarni kuzatadilar. Nonvoy bolalardan ularni salom aliklaridan xursand bo’lib ularga kulcha nonlar beradi. Yo’lda davom etadilar.
Tarbiyachi bolalarga shu yerda ajoyib chevar qizlar bor. Sarvinozni qo’g’irchog’ini ko’ylagini tiktirib chevarni ishlarini kuzatamiz deb chevarxonaga kirishadi.
Chevar har xil gazlamalardan namunalar ko’rsatib qo’g’irchoqqa ko’ylakcha sovg’a qiladi, qizlar xursand bo’lishib chevar bilan xayrlashib yo’lda davom etadilar. Tarbiyachi bolalar nima taqqillayapti deb so’raydi. Bir bola shu yerda duradgor ustaxonasi borligini aytadi va bolalar duradgorxonaga kiradilar. Duradgor mehnatini kuzatib, muzey tomon davom etadilar va yetib keladilar.
Tarbiyachi muzeydagi qo’l mehnati namunalaridan kulolchilik, zardo’zlik va milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi namunalar bilan tanishtiradi va muzeydan yaxshi taassurotlar bilan bog’chaga qaytib keladilar va guruhda bemurosa bo’layotgan qaychi, rangli qog’oz, yelimga duch keladilar. Tarbiyachi va bolalar ularni ham o’z o’rinlari haqida tushuncha berib men kimning harakatini bajarayapman o’yinini o’ynaydilar. Tarbiyachi harakatini aytib beradilar va o’zlari ham bajaradilar.
Tarbiyachi bolalardan ertaga qanday bayramligini so’raydi. Shu munosabati bilan qaychi, rangli qog’oz yordamida onajonlar va bog’cha opalarga sovg’a tayyorlaymiz, qurish yasashda yasagan savatchamizni gullar bilan bezaymiz va bahoriy kayfiyatlar bilan she’rlar aytib ona va opalarni qutlaymiz deydi.
Savol va topshiriqlar:
1.Amaliyot jarayonida maktabga tayyorlov guruhda qirqib yopishtirish faoliyatini san‘at markazida kuzatish.
2.Maktabga tayyorlov guruh uchun dastur asosida qirqib yopishtirish faoliyati loyihasi yozish.
3.Dastur mavzulari asosida qirqib yopishtirish namunalari yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |