O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kichik guruhlarida qurish yasash



Download 5,09 Mb.
bet117/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

31. Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kichik guruhlarida qurish yasash.
Reja:
1.Qurilish o’yinlari ijodiy o’yin turidir.
2. MTT ning turli yosh guruhlarida qurish-yasashga o’rgatish usullari.
3. MTT da qurish-yasashning turlari
Qurish-yasash faoliyatlari bolalarning mehnat faoliyatlariga yaqin bo’lib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan bajariladigan faoliyatlar bolalar tafakkurini rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o’ziga xos xususiyatini ajratib ko’rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o’xsash va farq qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to’g’ri hal qilishga o’rgatadi.
Bolalar qurish-yasash faoliyatlari jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o’ynash bolalarning ma’naviy dunyosiga ham ta’sir etadi.
Qurilish materiallari bilan o’ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javobgarlikni his etgan holda munosabatda bo’lish hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning qizig’i shundaki, u bolalarga zo’r zavq-shavq bag’ishlaydi.
Bolalarni ba’zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalashda faqat bitgan qurilish inshootlarini ko’rsatish yetarli emas, balki ularni qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o’zlarini qatnashtirish ham muhim ahamiyatga ega.
Qurish-yasashga o’rgatishning asosiy usullari.

  1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko’rsatadi.

  2. Tarbiyachi biror narsani o’zi qurib ko’rsatadi va bunga kirgan har bir qismni tahlil qilib beradi.

  3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko’rsatiladi.

  4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko’rsatadi (tomini yasashni, qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi).

  5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo’yilgan qurilishni bolalarga qurib bitkazishni taklif qiladi.

  6. Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.

  7. Har kim hohlagan mavzuda qurishini taklif qiladi.

  8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, qanday detallar ishlatilganligini tahlil qilib beradi.

Qurish-yasash usullari bolalarga qurilish markazida o’rgatiladi.
Kichik guruhda qurish-yasashga o’rgatish o’yin tarzida o’tkaziladi.Kichik guruhda qurish-yasash ishining mazmuni bolalarni kub, uch va to’rt qirrali prizma shakllarni tanishga; balandda, pastda singari fazoviy tushunchalarni tasavvur etishga imkon beradigan hamda ularni katta va kichikni, yo’g’on va ingichkani, uzun va qisqani, baland va pastni bir-biridan farq qila bilishga o’rgatadigan qurilish materiallaridan foydalanishni talab qiladi.Bolalarning ta’lim tashkilotiga kelishining ikkinchi hafta oxiri yoki uchinchi hafta boshida ularning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlariga asoslanib, qurish-yasash o’yinlarini o’ta boshlash kerak.
Bolalarda qurish-yasash faoliyatiga nisbatan qiziqishni tarbiyalash, asosiy qurilish materiallarini farqlash, nomini aytish va qo’llay olishga o’rgatish. Detallarnul, gorizontal tarzda joylashtirishni o’rgatish. Bolalarni o’zlari qurgan yangi qurish-yasash ob’ektida o’ynashga, syujetli tarzda bir qurish-yasash ob’ektini boshqasi bilan birlashtirishga o’rgatish: masalan, uy, yo’lak va ko’cha; stol, stul va qo’g’irchoqlar uchun divan, mebel kabilar. Bolalarda o’z rajalari asosida qurish-yasash ishlarini amalga oshirish, hohish-istagini rivojlantirish.O’yin tugagach, qurish-yasashda ishlatilgan barcha materillarni tartib bilan buzib olib, ularni saqlash,qutisiga qaytadan tartib bilan taxlab qo’yishga o’rgatishni davom ettirish.
O’quvchilar to’rt kichik guruhgachalarga ajratiladi.Guruhchalarga matnlar tarqatiladi,matn fikrlarini ular narvon yoki zinapoya shaklida joylashtiradilar.
1- matn. Qurish-yasash lotin tilidan olingan bo’lib,turli buyumlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish degan ma’noni bildiradi. Bolalarning qurish-yasashida qurilish materiallaridan foydalaniladi.Qurilish materiali mayda va yirik gemetrik figuralardan iborat. O’z mazmuniga ko’ra bolalar qurish-yasashi kopincha o’yin faoliyati bilan o’xshashdir.Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi.Masalan, onalarga sovg’a uchun, guruhni bezatish uchun, o’yinlar uchun.
2-matn. Qurish – yasash faoliyati amaliy faoliyat bo’lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir.Qurish-yasash faoliyatiga o’rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi.Bolalarda tevarak-atrofdagi buyumlarni tahlil qilish ko’nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlari tarkib topa boshlaydi.Bularning barchasi esa bolalarni maktabda o’qishga tayyorlaydi.MTT larda qurish-yasashni o’rgatishda turli jihozlardan foydalaniladi.Jihozlarning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
3- matn. Bolalar qisqa yo’lka, keng yo’lkalar quradilar.Keyinchalik temir yo’li qurishni bolalardan talab qilish mumkin. Bu faoliyatlarning asosiy maqsadi- bolalarga g’ishtchalarni bir tekislikda joylashtirishga, uzun-qisqa, tor-keng tushunchalarni o’rgatish.Keyingi mashg’ulotda bolalar g’ishtchalarni vertikal holda joylashtirishni o’rganadilar.Shundan keyin tarbiyachi bolalarga darvoza yasashni o’rgatadi.Bularni bolalar ma’lum ketma-ketlikka asoslangan holda bajaradilar.
4- matn. Ta’limiy o’yinlar orqali ham bolalarga tushuncha berib boriladi.Qurish-yasash faoliyati yanada qiziqarli o’tishi uchun tarbiyachi ertak parchalari, she’r, topishmoqlardan foydalanishi mumkin.Bu tarbiyachining mahoratiga bog’liq.Tarbiyachi qurish-yasash jarayonida bolalarning ishlarini to’g’ri bajarishlarini, jihozlardan to’g’ri foydalanishlarini kuzatib boradi.Agar tarbiyachi bolalarning biron-bir xatosinin ko’rsa, u paytda qaytadan tushuntirib, ko’rsatib berishi mumkin.Faoliyat yakunida bolalarga qurilish materiallarini yig’ib, joyiga joylashni ham ko’rsatib beradi.
Savol va topshiriqlar:
1.MTT larda o’tkaziladigan qurish-yasash faoliyatining qanday ahamiyati bor ?
2.Qurish-yasash faoliyatining turlarini aytib bering.
Qurish-yasashga o’rgatishning qanday usullari bor?



Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish