27.Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruhlarida applikatsiya ishlari.
Reja:
1. Katta guruhda qirqib yopishtirish faoliyatlarini tashkil qilish.
2.Qirqib – yopishtirishga o’rgatish vazifalari.
3.Qog’ozni qirqish usullari.
4. Qirqib-yopishtirish faoliyatining turlari.
Bu yoshdagi bolalarning tevarak – atrof haqidagi bilimlari kengayib, qiyib – yopishtirish usullarini egallab olgan bo’ladilar. Bolalardagi harakatlarning aniq bo’lishi ularda ta’limning murakkab shakllarini hal etishga yordam beradi. Qirqib – yopishtirish faoliyatlarida bolalar buyumlarning har xil shakllari haqidagi bilimlarni egallaydilar. Ular geometrik figuralarning burchaklari, tomonlarini topishga va taqqoslashga o’rganadilar. Ularga yangi vazifa – ranglarni och, to’q ekanligini ajratish, qirqib – yopishtirish uchun rang tanlash, ranglar uyg’unligini seza olishga o’rgatish kabi vazifalar qo’yiladi.
Faoliyattlar jarayonida ular baland – past, tor – keng, yo’g’on – qisqa, yuqorida – pastda, o’rtada, yonma – yon kabi fazoviy tasavvurlarni ham egallaydilar.
Qaychi bilan ishlashga o’rgatish davom etib, bolalar o’rta guruhda egallagan qiyishning sodda turlari bilan birga, ikkiga to’rtga buklangan qog’ozdan simmetrik qirqish garmoshka tarzida ham qiyishni o’rganadilar.
Katta guruhda qirqib – yopishtirish faoliyatlari markazlarda o’tkaziladi. Yilning boshida bolalar o’rta guruhda egallagan doira shaklidagi buyumlarni qirqib – yopishtirish usullarini mustahkamlaydilar. So’ng qog’ozdan buyumlarning qismlarini qirqib, garmoshka tarzida buklab bir xil predmatlarni qiyishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar ishining asosiy mazmuni, buyumlarni applikatsiya qilishda yassi usuli asosida yasashdir. Ular bir buyumni qiyishning to’g’ri chiziq bo’ylab va aylantirib qiyish usullari orqali ham o’rganadilar.
Bolalar dumaloq shaklli buyumlarni qirqishda kuzgi barglar, meva va sabzavotlar, gullar, quyoncha, jo’ja, qushlar kabi mavzularni misol qilib olishlari mumkin.
Garmoshka tarzida esa bargli novda, gullar, archa o’yinchoqlarini olishlari mumkin. Bolalar naqshli applikatsiya qilishda elementlarni juft – juft qilib joylashtirishga o’rganadilar. “Qo’g’irchoqning ko’ylagi, sochig’i, gilamchasini bezaymiz” mavzularida o’tkazish mumkin. Katta guruhda bolalar mazmunli va tabiatni tasvirlash asosida ham qirqib – yopishtirishlari mumkin. Bunga misol qilib “Quyon bo’g’irsoq bilan uchrashdi”, “Bayramona bezatilgan uy”, “Gullar ochildi” kabi mavzularni olish mumkin. Bundan tashqari bolalar bayramlar uchun guruh xonalari, zallarni bezatishga, tabrik otkritkalari, ularda chuqur iz qoldirgan taassurotlar asosida qirqib – yopishtirsh mashg’ulotlarini o’tadilar.
Katta guruhda applikatsiyaga o’rgatishda qog’ozni qirqib tasvir hosil qilishga oid ko’nikmalarni mustahkamlash.Narsalar tasvirini uzun va qisqa tasmalarga ajratib kesish, yassi to’g’ri to’rtburchak, kvadrat shakl uchlarini aylana qilib kesib, doira hosil qilish, kvadratdan 2-3 ta uchburchak, dumaloq va yassi shakldan kvadrat yoki kichik to’g’ri burchak kesib olish, qismlardan tasvir yaratish. Bolalarni qog’ozdan qat-qat qilib taxlangan shakl. Ustma-ust taxlangan simmetrik shakllar kesib olishga o’rgatish.Obrazlarga ifodaviylik berish uchun bolalarga siluetli applikatsiyalar kesish va ajratish usullarini o’rgatish. Syujetli kompozitsiya yaratish. Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkaziladigan bayramlarda ishlatiladigan bezaklarni jamoa bo’lib tayyorlash.Zalni bayramga tayyorlash, ota-ona va do’stlarga sovg’alar tashkil etish hamda guruhlarni jihozlashda bolalarning mustaqil faoliyatini rag’batlantirish.
Savol va topshiriqlar:
1.Katta guruhda applikatsiyaga o’rgatishning ahamiyati nimada?
2.Soya –surat applikatsiya deganda nimani tushunasiz?
3.Katta guruhda applikatsiyaning qanday turlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |