26.Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rta guruhlarida applikatsiya ishlari.
Reja:
1.O’rta guruhda qirqib – yopishtirish faoliyatining turlari.
2.O’rta guruhda qirqib-yopishtirishga o’rgatishning dastur mazmuni.
3.O’rta guruh uchun qirqib yopishtirish ta’lim faoliyati loyihasi tuzish.
O’rta guruh uchun qirqib- yopishtirish mashg’uloti.
Mashg’ulotning mavzusi: Doira ichiga gullar appikatsiyasini yopishtirish.
Mashg’ulotning maqsadi:
Bolalarning tevarak- atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, xalq amaliy san’atining naqqoshlik san’ati haqidagi bilimlarini boyitish, qirqilgan doira ichiga naqsh elementlarini to’g’ri yopishtirishga o’rgatish.Gullar, barglar uchun to’g’ri rang tanlay olish malakalarini o’stirish.
Bolalarning applikatsiya mashg’ulotiga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish,tarbiyachi so’zlarini diqqat bilan tinglashga, bergan topshiriqlarini o’z vaqtida bajarishga, qaychidan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar:
Al’bom varag’i, qirqib qo’yilgan doira, rangli qog’ozlar, qaychi, yelim, mato, mo’yqalam.
Mashg’ulotning borishi:
Biz uchun eng aziz bo’lgan qaysi bayram yaqinlashib kelmoqda?
To’g’ri, 8 mart, onajonlarimiz, opalarimiz, buvijonlarimiz bayramlari yaqinlashib kelmoqda.Albatta, biz ularga chiroyli sovg’alar tayyorlashimiz kerak. Kelinglar, bugungi qirqib yopishtirish mashg’ulotimizda bizlar sovg’a uchun doira ichida gullar bilan bezatib, chiroyli, naqshli, bezakli applikatsiyalar bajaramiz. Naqshlarni qayerda ko’rgansizlar?Uylarning shiftlarida naqshlar chizilgan.Onalarimiz,opalarimiz gullarni judayam yahshi ko’radilar.Shuning uchun biz naqshda gullarni tanladik.Hozir men sizlarga bu applikatsiyani qanday qilib qiyib yopishtirishni ko’rsatib beraman. Sizlar meni diqqat bilan kuzatib turinglar.
Mana, qo’limda doira, shu doiraga naqsh yopishtiramiz. Mana bu yashil rangdagi qog’ozdan barglarni qirqib olamiz. Mana endi qizil va sariq rangli qog’ozlardan gullarning har biridan uch tadan qirqamiz. Endi ularni doira ichiga joylashtirib chiqamiz. Barglarni doiraning o’rtasiga, barglarning orasiga esa qizil, sariq gullarni navbatma- navbat joylashtiramiz. Gullarning o’rtasiga ko’k doirachalarni yopishtiramiz. Endi mo’yqalam yordamida yelimdan oz- oz surtib yopishtirib chiqamiz.Yopishtirib bo’lgach mato bilan bosib qo’yamiz. Mana , applikatsiya tayyor.
Qani, kim aytadi, bugun biz qanday applikatsiyani qiyib yopishtirar ekanmiz ?
Judayam to’g’ri. Endi hammalaring stollarga qarab o’tiringlar oldilaringdagi qaychidan ehtiyotkorlik bilan foydalanib qirqinglar va doira ustiga joylashtiringlar. Men ularni ko’rib chiqaman va ruhsat berganimdan so’ng yopishtirasizlar. .
Mashg’ulotning yakuni:
Bolalar ishni bajarib bo’lishgach tarbiyachi ularning ishlarini belgilangan joyga qo’yishlarini taklif etadi.Bolalardan biror tasiga chiroyli qilingan applikatsiya namunasini tanlashni taklif qiladi.Mana bolalar bugun biz sizlar bilan aziz onajonlarimizga sovg’a uchun applikatsiya yopishtirdik. Sizlar ularni judayam chiroyli qilib bajardilaring. Endi ular sizlardan judayam hursand bo’ladilar.
Savol va topshiriqlar:
1.Amaliyot jarayonida o‘rta guruhda qirqib yopishtirish faoliyatini san‘at markazida kuzatish.
2.O’rta guruh uchun dastur asosida qirqib yopishtirish faoliyati loyihasi yozish.
3.Dastur mavzulari asosida qirqib yopishtirish namunalari yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |