O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/77
Sana11.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#442631
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
pdffox.com ozbkistn-rspubliksi-liy-v-ort-mxsus-tlim-vzirligi

Nikola Pussen
(1594-1665) klassitsizmning yirik vakili sifatida uning 
butun imkoniyatlarini rо‘y-rost namoyon qildi. N.Pussen Fransiyaning shimoliy shaharchalaridan 
birida harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Tasviriy san’at asoslarini shu yerdagi rassomlardan 
о‘rgandi. 1610 yil boshlarida Pussen Italiya bо‘ylab sayohat qildi, uyg‘onish davri san’ati namunalari 
bilan tanishdi. Ayniksa Rafael ijodi unda katta taassurot qoldirdi. Rassomning diniy voqealarga 
ishlagan suratlarida barokko ta’siri seziladi (“Avliyo Erazmanini jazolash”, “Butdan tushirish”). 
Aksincha uning mifologiya asosida ishlagan suratlarida Titsianga xos rang his qilish hayotni tо‘laqonli 
anglash seziladi. Bu suratlar kо‘tarinki ruhda chizilgan. Yozuv uslubi ham erkin, koloriti iliq, nurga 
boy. Shu davrda yaratilgan mashhur asarlaridan biri "Uxlab yotgan Venera" da rassom ijodiga xos 
xususiyatlar о‘z ifodasini toptan. 1620 yil oxirlaridan boshlab, Pussen ijodida klassitsizmning о‘ziga 
xos tomonlari kо‘rina boshladi. Ishlagan asarlarida obrazlarni ideallashtirish va kompozitsiyani aql-
idrok orqali tartibga keltirishga intilish seziladi (masalan, "Germanikning о‘limi" 1627, “Gо‘daklarni 
о‘ldirish", "Tankred va Erminiya" 1630). “Tankred va Erminiya" asarida rassom Amazonka 
Erminiyaning о‘z raqibi yaralangan ritsar’ Tankredga nisbatan uyg‘ongan muhabbati 
tasvirlanadi.
Asarda yaralangan Tankredni juda ehtiyotkorlik bilan kо‘tarayotgan Badrin(Tankredning dо‘sti) 
va oq otidan tushib, о‘z qilichi bilan sochini kesib, yarador Tankredning yarasini bog‘lash uchun 
harakat qilayotgan Erminiya kо‘rsatiladi. Asarda ikki qarama-qarshi obraz bir tomondan, hayotdan 
kо‘z yumayotgan Tankred va ikkinchi tomondan, hayajonlanayotgan Erminiya hatti-harakatlari 
ta’sirchan ifoda qilingan. Tankred va uning dо‘sti ustidagi temir niqob va hilpirayotgan Erminiya 
kiyimlari asarning dramatikligini oshiradi. Botib borayotgan quyoshning shafaq nurlari esa bо‘lib 
о‘tgan voqealardagi qayg‘uni bildiradi. Pussen ijodiga xos muhim xususiyatlardan biri voqelikni 
harakatda tasvirlashdir. Bu rassom harakatini "gavdaning tili" deb ta’riflaydi. Rassom gavda harakati, 
yuzda bо‘ladigan mimik о‘zgarishlar, imo-ishoradan shaxsning ichki dunyosini ta’riflashda 
foydalanadi. 1630 yillarga kelib, Pussen ijodida hayot tо‘g‘risidagi mungli falsafiy qarashlar namoyon 
bо‘la boshladi. Inson hayoti nihoyatda qisqa va о‘tkinchi ekanligini achinish bilan ifodalaydi. "Arkad 
chо‘ponlari" (1632) asarida bu yaqqol seziladi. Surat syujeti qadimgi afsonalardan olingan bо‘lib, 
rassom unga falsafiy mazmun bergan. Qabr toshidagi "Men ham Arkadiyada bо‘lgan edim" degan 
yozuv yosh chо‘ponlarni о‘ylantirib qо‘ygan. 1640 yil oxirlariga kelib, Pussen manzara janriga 
murojaat qila boshlaydi.Tabiat kо‘rinishidagi ulug‘vorlik, bepoyonlik, sirga tо‘la holat rassomni 
hayajonlantiradi. Pussen tabiatni odamlarsiz tasavvur eta olmaydi. Rassom asarlarida tabiatni ulug‘vor 
va cheksizligini ifoda qiladi . Ularda inson va tabiat uyg‘unligi, inson tabiat oldida kichik zarra 
ekashshgi talqin etiladi. Pussen ijodining sо‘nggi bosqichi namunasi "Polifemli manzara","Gerkules va 
Kakus 
jangi","Manzara" 
asarlari 
hisoblanadi. 
Gerkules va Kakus jangi" asari syujeti I asr Rim yozuvchisi Vergiliyning "Eneida" poemasidan 


56 
olingan. Unda antik qahramon Gerkulesning Kakus bilan bо‘lgan jangi hikoya qilinadi. 
Kompozitsiyada tabiat kо‘rinishi asosiy о‘rinni egallaydi. Mahobatli tog‘, baland daraxtlar, osmondagi 
bulutlar ulug‘vor, tabiat kо‘rinishini yaratadi. Shu tabiat qо‘ynida tasvirlangan Gerkules va 
mag‘lubiyatga uchragan Kakus kо‘rinishi bu ulug‘vorlikni buzmagandek. Rassomning yil tо‘rt fasliga 
bag‘ishlangan asarlari inson hayotining tо‘rt fasl ramzi sifatida namoyon bо‘ladi. Pussen ijodida 
qalamsurat ham alohida о‘rin tutadi. Bu suratlar bо‘lajak asarning yaratish paytida ishlangan bо‘lib, 
rassom har bir asari kompozitsiyasi ustida uzoq vaqt ishlaganligini va kompozitsiya yaratish borasida 
izlaganligini kо‘rsatadi. Uning qalam suratlardagi tabiat kо‘rinishlari tasviri tasdiqlaydi. Pussen ijodi 
fransuz san’ati tarixida muhim о‘rinni egallaydi. U yaratgan mumtoz uslub fransuz san’atida keyingi 
asrda davom etdi, rivojlantirildi. Pussen vafotidan keyin shogirdlari qolmagan bо‘lsa ham, lekin XVII 
asr ikkinchi yarmidan boshlab, kо‘pgina rassomlar uning ijodiga qiziqish bilan qaray boshladi. Uning 
haqiqiy davomchisi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarda yashab ijod etgan Jak 
Lui 
David
bо‘ldi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish