1-mavzu. Kirish: akademik yuridik yozuv uslubi, ahamiyati, boshqa yozuv turlaridan farqi. Funksional uslublar. Rasmiy uslub leksikasi Mavzuning asosiy masalalari



Download 30,73 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2022
Hajmi30,73 Kb.
#631876
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU MATNI


1-mavzu. Kirish: akademik yuridik yozuv uslubi, ahamiyati, boshqa yozuv turlaridan farqi. Funksional uslublar. Rasmiy uslub leksikasi
Mavzuning asosiy masalalari:

  1. Til, nutq va huquq, ularning o‘zaro uzviyligi

  2. Funksional uslublar

  3. Rasmiy uslub va uning yurist faoliyatidagi o‘rni

  4. Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari.

Zaruriy adabiyotlar:



  1. Усмонов С. Юристнинг нутқ маданияти. T., 2007

  2. Sаidоv А., Sаrkisyans G. Yuridik til vа huquqshunоs nutqi. T.: 1994.

  3. Bailey Stephen. Academic writing. A Handbook for international students., London, 2015.

  4. Ярская-Смирнова Е.Р. Создание академического текста. М.: ООО «Вариант»: ЦСПГИ, 2013. Гл. «Структура академического текста», «Раздел, содержащий программу исследования», «Рецензирование текста».

  5. Водина Н.С. Культура устной и письменной речи делового человека. М.: Флинта, 2012.

Har qanday ijtimoiy aloqa, fikrlashuv va muloqot, jumladan, barcha huquqiy munosabatlar ham til orqali namoyon bo‘ladi. Tilsiz fikrni ifodalash mumkin bo‘lmaganidek, til ham o‘z ifodasini fikrsiz shakllantira olmaydi. Binobarin, huquq insonlarning asosiy ehtiyojlari va manfaatlarini ta’minlaydigan, kafolatlaydigan vosita bo‘lsa, til ana shu huquqning voqe bo‘lishida, reallashuvida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.


Huquqqa oid har qanday fikr, tushuncha, belgi, harakat-hodisa va munosabat so‘zlarda o‘z ifodasini topadi, ya’ni so‘zlardan, iboralardan, atama va terminlardan tarkib topgan ifoda qolipiga, ifoda shakliga tushmaguncha munosabat, ijtimoiy aloqa, muomala (fikrlashuv) yuzaga chiqmaydi. Fikrning, xususan, yuridik fikrning voqeligi ham, mavjudligi ham tilda namoyon bo‘ladi. Tilsiz, so‘zsiz hech qanday aniq va tayyor holdagi yuridik fikr bo‘lmaydi. Yuridik tilda fikr so‘zlar, terminlar va bular ishtirokida tuzilgan muayyan sintaktik qurilmalar - gap modellari orqaligina shakllanadi va nutqda o‘z ifodasini topadi: til huquqning “yashash” shartidir. Shuning uchun ham til va huquq jamiyatga xizmat qiluvchi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy hodisalar hisoblanadi, til huquqqa ruh baxsh etadi.
Bo‘lajak yuristlarning yuridik yozuv madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish uchun turli mavzularda yozma ishlar yozishi maqsadga muvofiqdir. U talabaning mustaqillik, ma’naviyat, milliy mafkura, milliy istiqlol g‘oyasi to‘g‘risidagi dunyoqarashini ham shakllantiruvchi vositadir. Yozma nutq bilan shug‘ullanmagan talabaning nutqi nochor, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Yozma ish jarayonida talaba falsafiy mushohada qilishga, fikrlashga majbur bo‘ladi. Favqulodda noyob fikrlarni ijod qilishga harakat qiladi, tug‘ilayotgan har bir fikr bilan so‘zlar uyg‘unlashuvini hosil qilishga imkoniyat qidiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar, qonunlarning moddalari mazmunini kengaytirib yozish, har bir modda yuzasidan mulohazalar, izohlar, sharhlar tuzish mashqlari o‘tkazish bo‘lajak yuristlarning savodxon bo‘lib yetishuviga yordam beradi.
Funksional uslublar
Tilning funksional uslublari leksik, grammatik, fonetik tizimlarga xos barcha vositalarning ma’lum kommunikativ maqsadga xizmat qilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, nutq uslublari tilning ijtimoiy hayotdagi vazifasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham ular funksional (vazifaviy) uslublar deb nomlanadi. Funksional uslublarni nomlash ularning qanday aloqa, muloqot doirasida qo‘llanilganligiga qarab belgilanadi: 1) rasmiy (ma’muriy-huquqiy) uslub; 2) ilmiy uslub; 3) badiiy uslub; 4) so‘zlashuv uslubi; 5) publitsistik uslub.

Download 30,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish