1-mavzu. Kirish: akademik yuridik yozuv uslubi, ahamiyati, boshqa yozuv turlaridan farqi. Funksional uslublar. Rasmiy uslub leksikasi Mavzuning asosiy masalalari


Rasmiy uslubda matn tuzishda qanday leksik xususiyatlarga e’tibor qaratish lozim?



Download 30,73 Kb.
bet4/4
Sana03.06.2022
Hajmi30,73 Kb.
#631876
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU MATNI

Rasmiy uslubda matn tuzishda qanday leksik xususiyatlarga e’tibor qaratish lozim?
Rasmiy uslubda yoziladigan hujjatlar turli-tuman bo‘lganligidan, ularning lingvistik xususiyatlari ham boshqa uslublardan farq qiladi. Bu uslubda qo‘llaniladigan lug‘aviy birliklar, terminlar boshqa uslublarda uchramaydi. Ayniqsa, yuridik hujjatlar tiliga nazar tashlasak, mazkur hujjatlar matnlari tarkibida qo‘llaniladigan so‘z va terminlar katta bir leksik qatlamni tashkil etadi: ma’muriy javobgarlik, bosqinchilik, tovlamachilik, firibgarlik, aybdor, retsidiv jinoyat, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va hokazo.
Rasmiy uslubning termin va so‘zlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Diplomatiyaga oid terminlar: elchi, konsul, delegatsiya, bayonot, deklaratsiya, vakil, ultimatum, bitim, shartnoma, nota, konsulxona, elchixona, dekret, doktrina, ahdnoma, kommyunike, konvensiya, ratifikatsiya, memorandum, diplomat, protest, muzokara, uchrashuv, rasmiy vizit, murojaat, simpozium, rezolyutsiya, parlament, kongress va h.k.
2. Huquq, qonunga oid terminlar: huquq, qonun, konstitutsiya, qonunlar loyihasi, modda, jinoyat, jazo, bosqinchilik, firibgarlik, notarius, kriminalistika, yengil jazo, og‘ir jazo, ayblov hukmi, jinoyat obyekti, mahkum, o‘ta xavfli retsidivist, huquqiy ong, da’vo va h.k.
3. Davlat qurilishi va boshqaruvi bilan bog‘liq terminlar: davlat, suveren davlat, unitar davlat, totalitarizm, respublika, davlat gerbi, davlat bayrog‘i, davlat madhiyasi, konstitutsiya, prezident, parlament, Vazirlar Mahkamasi, prezident devoni, tuman, viloyat, hokim va b.
4. Rasmiy uslub hujjatlarida eskirgan so‘z va iboralar ma’lum maqsadda qo‘llanadi: janob, janobi oliylari, shoh, shahzoda, malika va h.k. Bunday so‘z va iboralar, asosan, hukumatlararo tabrik xatlarida qo‘llaniladi.
Rasmiy uslub o‘ziga xos grammatik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi:
a) shaxs otlari ko‘p qo‘llaniladi: guvoh, da’vogar, tergovchi, prokuror, ijrochi, javobgar, jinoyatchi, er, xotin, Davlat maslahatchisi, vazir, Vazirlar Mahkamasining raisi;
b) fe’lning buyruq maylidagi lug‘aviy birliklar faol ishlatiladi: yuklansin, topshirilsin, aniqlansin, tayinlansin, ozod qilinsin, bajarilsin;
d) fe’lning majhul nisbatdagi shakllari ham rasmiy uslubga xosdir: ko‘riladi, tayinlanadi, saylanadi, bajariladi;
e) qisqartma otlar ham qo‘llaniladi: MDH, BMT, JK, JPK,FK, FPK, IIV, YUNESKO va b.
Rasmiy uslubning sintaktik qurilishi qat’iy va odatdagi so‘z tartibiga rioya qiladi, ya’ni ega gapning boshida kelsa, kesim gapning oxirida keladi. Shuningdek, aniqlovchi bo‘laklar aniqlanmishlardan oldin qo‘llansa, to‘ldiruvchi fe’l kesimga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi.
Rasmiy hujjatlar matni uchun asosan ikki bosh bo‘lakli sodda gaplar va murakkablashgan sintaktik butunliklar xos bo‘lib, bu gaplarning aksariyati darak hamda buyruq mazmunida bo‘ladi. Bunday gaplarning kesimi, asosan, buyruq maylida, majhul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi. Uyushiq bo‘lakli va turli murakkablashgan qurilmalar, olmoshli va bog‘lovchi sintaktik aloqalar, rasmiy-yuridik matnlarga xos (yoyiq aniqlovchilar, uyushiq bo‘laklar bilan kengayib keladigan)...ga muvofiq, -ga asosan,- binoan kabi kiritmalar rasmiy uslub sintaksisining asosiy lisoniy belgilaridir.
Yuristlar amaliyotida rasmiy uslub xizmat qilishi shubhasiz. Shuning uchun bu uslubning lingvistik va ekstralingvistik (tilga bog‘liq bo‘lmagan) xususiyatlarini yetarli o‘rganish ularning kelgusi ijtimoiy hayotida suv va havodek zarur. Yuristlar tuzgan hujjatlarning barchasi rasmiy uslubda, adabiy til me’yorlari asosida tuzilmog‘i lozim. Bunga rioya qilmaslik uslubiy xatolarni keltirib chiqaradi.
Download 30,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish