1-mavzu. Kirish: akademik yuridik yozuv uslubi, ahamiyati, boshqa yozuv turlaridan farqi. Funksional uslublar. Rasmiy uslub leksikasi Mavzuning asosiy masalalari



Download 30,73 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2022
Hajmi30,73 Kb.
#631876
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU MATNI

Rasmiy uslub. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi.
Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladi.
Rasmiy uslub huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llanuvchi nutq uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi);
2. Idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma);
3. Diplomatik uslub (nota, bayonot, bitim, konvensiya va boshqalar).
Uslub yaratuvchi vositalar. Avvalo, har bir uslub turini yaratuvchi vosita uning mazmunidir: badiiy tasvir - badiiy uslubni, ilmiy fikrlar (teorema, aksioma, qoida, ta’rif) - ilmiy uslubni, rasmiy munosabatlar - rasmiy uslubni, axborotlar - ommabop uslubni hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir uslubni yaratuvchi leksik va grammatik vositalar ham bo‘ladi.
Rasmiy uslub va uning yurist faoliyatidagi o‘rni
Rasmiy uslub tilning boshqa uslublaridan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va vazifasi jihatdan yuridik, diplomatik va ma’muriy faoliyatga xizmat qiladigan nutq ko‘rinishidir. Bu uslub, asosan, hujjatlilik belgisi bilan boshqa funksional uslublarga nisbatan tarixiydir. Rasmiy uslubning dastlabki ko‘rinishlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi hoqonliklar, davlatlar va xonliklarning qonunlari, amr va farmonlari, yorliqlari, har xil arznomalar, rasmiy xatlar, vaqfnomalar, vasiqalar va boshqa turli xil hujjatlar; hokimliklar, bekliklar va tumanlar o‘rtasidagi o‘zaro har xil yozishmalar rasmiy uslubning ancha ilgari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘sha davrlardagi hujjatlar tilida faol qo‘llangan hoqon, budun, tuzukot, hirovul, chopovul, dorug‘a, qushbegi, qozi, qozikalon, qozixona, a’lam, munshiy, mirzo, devonbegi, amir, xon, vazir kabi davlatchilik va huquqqa oid leksik birliklar (terminlar) ishtirok etgan matnlar, dastxatlar o‘z davri yozma nutqining dastlabki namunalaridir.
Bu uslubning ijtimoiy vazifasi hozirgi kunda ham juda keng bo‘lib, barcha rasmiy hujjatlar mana shu uslubda yoziladi.

Download 30,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish