- mashq
O‘rindiqlar bilan mashq qilish jarayoni
Aynan avvalgi mashq qaytariladi.
Endi boshqa joyga o‘z o‘rindig‘ingiz bilan o‘tasiz. Joy almashtirishda o‘rindiqni shartli holatda ushlamoq kerak: old tamonda, yon tomonda, yuqorida. Avvaliga vaqt chegaralanmaydi. So‘ng vaqt birligi bilan bajaramiz.
Men o‘ngacha sanayman. Harakatlarni shunday taqsimlab olinglarki, berilgan vaqtda shovqinsiz joylashish mumkin bo‘lsin. Bir sanog‘ida turasiz va o‘tishni boshlaysiz. O‘n soni aytilganda yangi joyga o‘tirasiz.
O‘rindiqlar bir – biriga urilmasin! Ustaxonada bironta tovush eshitilmasin! Tasavvur qiling, ko‘rinishlar orasidagi qisqa vaqt ichida, sahnadagi dekoratsiyalarning joyini o‘zgartiryapsiz. Qorong‘ulik, parda ochiq, tomoshabinlar bironta shovqinni eshitmasliklari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |